Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 07:17

Uch oqsoqol O‘shdan Toshkentgacha 300 kilometr yugurdi (FOTO)


Oqsoqollar marafonining uyushtiruvchisi 75 yoshli Husanboy Sotvoldiev.
Oqsoqollar marafonining uyushtiruvchisi 75 yoshli Husanboy Sotvoldiev.

O‘shlik uch nafar oqsoqol Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi, mashxur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining90 yilligi xamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O‘shdan Toshkenga yugurish marafoni o‘tkazdi.

O‘shlik 75 yoshli Husanboy Sotvoldiev, SSSR sport ustasi Zulumbek Habibullaev, sport ustaligiga nomzod Kursan Sidiqov O‘sh-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yugurish marafoni o‘tkazdi.

Asli kasbi feldsher bo‘lgan Husanboy ota Ozodlik radiosiga 420 kilometrlik O‘sh - Toshkent yo‘lining 100 kilometrdan ortig‘rog‘i bo‘lgan Qamchiq dovonini mashinada, qolgan 300 kilometrini yugurib o‘tishganini aytdi.

Bir necha kun avval oqsoqol marafonchilar o‘z vataniga qaytib keldi. Oqsoqollardan biri, tadbir tashkilotchisi Husanboy Sotvoldievga ko‘ra, marafondan maqsad yoshlarni sportga targ‘ib qilish bo‘lgan.Uning aytishicha, sport bilan shug‘ullangan odam tamaki chekish, spirtli ichimliklar va narkotik moddalar iste’mol qilish kabi turli illatlardan holi bo‘ladi.

Husanboy Sotvoldievning aytishicha, u avvaliga 17 avgust kuni O‘shdan chiqib, 1 sentabr kuni Toshkentda bo‘lishni rejalagandi. Biroq xujjat to‘g‘rilash ishlaridagi muammolar rejalangan muddatda marafonni boshlash imkonini bermagan. Ayni paytda unga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi tomonidan Toshkentga 9 sentabrga yetib kelish taklif qilingan.

- 27 avgust kuni bu yerdan chiqib ketdik, 8 sentabrga Toshkentning “Rohat” postiga yetib bordik. Bizni respublika sport vazirligi, vazirlar chiroyli kutib olishdi. Undan keyin bizga “9 sentabrda Toshkentda shahar ichida Mustaqillik marafoni bo‘ladi 10 kilometrga, shunda xam qatnashib bersanglar yaxshi bo‘lardi”, degan taklif bo‘ldi. Biz o‘sha taklifni ham qabul qilib, bajarib keldik, -deydi Husanboy ota.

Husanboy otaga ko‘ra, marafonda kamida 15-20 ming odam ishtirok etgan. U bilan Toshkentgacha yugurganSSSR sport ustasi Zulumbek Habibullaev, sport ustaligiga nomzod Kursan Sidiqov ham “Mustaqillik marafoni”da ishtirok etgan.Marafonda birinchi o‘rinni qirg‘izistonlik Kursan Sidiqov egallagan.

Suhbatdoshga ko‘ra, har bir ishning o‘z qiyinchiliklari bor. Toshkentga safarda ham ular shu kabi byurokratik to‘siqlarga duch kelishgan.

- Andijonda eng arzon mehmonxona 40 dollar ekan. Biz hisoblab chiqsak, cho‘ntagimiz bu pulga chidamadi. Shuning uchun tanishlarning uyida yotdik. Keyin O‘zbekistonda propiska qilmasak bo‘lmas ekan. Bizni mana bu qilgan xujjatlarimiz ular uchun ikki pul ekan. Bir oyga uchetga qo‘yishar ekan. Biz Andijonda 3 kun o‘sha ishni qildik, - deydi suhbatdosh.

Husanboy Sotvoldievning kasbi feldsher, sport ustaligiga nomzod. Bundan avval ham O‘sh va Bishkekda, Sovet davrida Rossiyada o‘tgan yugurish musobaqalarida ishtirok etgan.

- Yoshlar chekishni tashlasa, aroq ichishni tashlasa, yomon yo‘lga yurmasdan sportni qaysi turi bo‘lsa ham shug‘ullansa, men o‘zimni baxtli deb bilaman, maqsadimga etgan bo‘laman, - deydi 75 yoshli oqsaqol.

O‘shda Husanboy ota kabi sportga qiziqqan qariyalar anchagina. Masalan, shu yilning may oyida 70 yoshni qoralagan o‘shlik Mamit Tashtanov Toshkentga velosipedda sayohat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG