Fransiyaning Provans shahridagi o‘z uyida mashhur qo‘shiqchi Sharlь Aznavur 94 yoshida 30 sentabrdan 1 oktabrga o‘tar kechasi vafot etdi.
70 yil sahnadan tushmagan, 1 ming 400 qo‘shiqning muallifi bo‘lgan, 60ta filmda suratga tushgan va 180 million dona diski sotilgan Sharl Aznavur Parijda 1924 yilda Gruziyadan Fransiyaga ko‘chib kelgan armanlar oilasida tavallud topgan.
Sharl Aznavur birinchi marta 14 yoshida sahnaga chiqdi. 1950 yilda o‘zining birinchi qo‘shig‘ini yozgan. Uning qo‘shiqlarini Edit Piaf, Frenk Sinatra, Bob Dilan, Xulio Iglesias va boshqa jahonga mashhur san’atkorlar kuylashgan.
1998 yilda "Taym" jurnalining onlayin tanlovi natijasida u «Asr kuychisi» mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. U bu tanlovda Elvis Presli va Bob Dilandan o‘zib ketgan.
Qo‘shiqlarini bir necha tilda kuylagan Sharl Aznavur 92 mamlakatda gastrolda bo‘lgan. Aznavur o‘zining so‘nggi konsertlarini O‘zbekiston, Peterburg va Yaponiyada bermoqchi edi.
Sentabrda u Yaponiyaga borib konsert berdi. Biroq 2018 yilning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston va Peterburgdagi konsertlari bekor qilindi.
2005 yilda taniqli qo‘shiqchi Samarqandda “Sharq taronalari” festivalida mehmon sifatida ishtirok etgandi.O‘shanda u: “Bugun bolalik orzuim ushaldi – men Samarqand va Buxoroni tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘ldim”, deb aytgan edi.
O‘sha intervyusida Sharl Aznavur Samarqand haqida birinchi marta 12 yoshida Fransuz dramaturglaridan birining asrida o‘qiganini va Samarqandni ko‘rish orzusida yashaganini bildirgan.
Aznavur Fransiya Faxriy Legion ordeni komandori, Armaniston Milliy qahramoni unvoni va boshqa davlatlarning faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
2017 yilda Hollivuddagi Shuhrat hiyoboniga Sharl Aznavurning yulduzi o‘rnatilgan.