Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:34

Musiqa yuqori qon bosimini boshqarishga ko‘maklashishi mumkin


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Izlanishlar gipertenziyaga qarshi dorilarni ichgandan keyin musiqa tinglash yurak urishini yanada ko‘proq yaxshilashini ko‘rsatdi.

Musiqa janrlarida orasida klassik musiqa arteriyalardagi bosimni eng samarali tushiradi.

San-Paulu tadqiqot jamg‘armasi qo‘llovi bilan o‘tkazilgan izlanish mualliflarining taxminicha, musiqa dori bemorlar tanasiga yaxshiroq singishiga olib kelishi mumkin.

Yuqori qon bosimidan aziyat chekuvchi shaxslar shifokor tavsiya qilgan dori-darmonni ichish hamda jismoniy mashq qilish bilan birga musiqa tinglab, dorilar ta’sirini yaxshilashlari mumkin.

Scientific Reports jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, qon bosimini boshqaruvchi dori ichgandan keyin ko‘p o‘tmay musiqa tinglash dorining ijobiy ta’sirini yaxshilaydi.

Izlanish koordinatori Vitor Engratsiya Valenti:

- Biz gipertenziyaga qarshi dori berilganidan keyin taxminan bir soat o‘tganidan so‘ng musiqa yurak urishi hamda dorilar ta’sirini yaxshilashini kuzatdik, - dedi.

Tadqiqotchilar bir necha yil oldin asabiylik holatiga musiqaning ta’sirini o‘rgana boshlagan. Klassik musiqa yurak urishini sekinlatishi aniqlangan.

Bu safar esa yuqori qon bosimiga ega 37 bemor orasida musiqa ta’sirini o‘rganish uchun tajriba o‘tkazilgan.

- Musiqa tinglash gipertenziyaga qarshi dorilar ta’sirini yaxshilashini aniqladik, - dedi Valenti.

Olimlarning aytishicha, buning sababi musiqa parasimpatik asab tizimini faollashtiradi, simpatik asab tizimi faoliyatini esa sekinlatadi. Bu ikki tizim avtonom asab tizimini tashkil qiladi.

Simpatik asab tizimi yurak urishini tezlatadi, qon tomirlarini toraytiradi hamda qon bosimini oshiradi.

Parasimpatik asab tizimi esa tanani dam olish paytda boshqaradi. Ya’ni, mazkur tizim qon bosimini tushiradi hamda qondagi shakar va adrenalin miqdorini barqarorlashtiradi.

XS
SM
MD
LG