Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:49

Mirzacho‘lda paxta terayotgan namanganliklar: Sovuqda boshpanasiz, yeguliksiz qoldik!


O‘zbekistonda o‘n minglab hasharchilarni ommaviy ravishda pozdda boshqa viloyatlarga safarbar etish o‘tgan yildan boshlangan edi.
O‘zbekistonda o‘n minglab hasharchilarni ommaviy ravishda pozdda boshqa viloyatlarga safarbar etish o‘tgan yildan boshlangan edi.

Namangan viloyatidan Jizzaxning Mirzacho‘l tumani dalalariga paxta terimiga poezdda olib kelingan terimchilar sovuqda boshpanasiz, yeguliksiz qolgani haqida shikoyat qildi.

Ozodlik bilan suhbatda terimchilar hokimlikning yaxshi sharoitlar yaratilishi haqidagi va’dalariga uchib Mirzacho‘lga kelgani, lekin ularni hech kim kutib olmaganini aytdi.

O‘zbekistonda o‘n minglab hasharchilarni ommaviy ravishda pozdda boshqa viloyatlarga safarbar etish o‘tgan yildan boshlangan edi.

2017 yilgi paxta mavsumida Toshkent, Sirdaryo , Jizzax viloyatlariga poezdda jo‘natilgan minglab hasharchilar, paxtani terib bo‘lgach, o‘z yonlaridan xarajat qilib uyga qaytishga majbur bo‘lgandi.

8 oktabr kuni Namangan viloyatidan 1200 dan ziyod terimchi poezdda Jizzax viloyatiga olib kelindi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan ayrim namanganlik terimchilarning aytishicha, ularni Mirzacho‘lda hech kim kutib olmagan, oqibatda yetmishga yaqin odam yegulik va boshpanasiz sovuqda qolib ketgan.

- Namangandan poezdda kelgan 1200dan ortiq terimchini tumanlarga bo‘lishdi. Men bilan birga bo‘lgan yetmishga yaqin terimchini Mirzacho‘l tumanining Toshkent qishlog‘iga olib kelib tashlashdi. Qaerga borishimizni ham bilmaymiz, hech kim bizni kutib ham olgani yo‘q, o‘sha kuni qor-yomg‘ir yog‘ib tashqarida qolib ketdik, nima qilishimizni ham bilmaymiz, bularga terimchi kerak emasga o‘xshaydi, - dedi ismini aytishni istamagan namanganlik terimchi.

Мирзачўлга олиб келинган наманганлик теримчи билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:41 0:00
Бевосита линк

Terimchilarning aytishicha, Namangan viloyatida mahalla raislari ishsiz fuqarolardan Jizzaxga borib paxta terishni so‘ragan.

Jizzaxda yaxshi yashash sharoitlari, issiq ovqat berilishini va’da qilishgan.

- Mahallamiz raisi menga telefon qilib, Jizzaxga bir o‘ynab kelmaysizmi, sharoitlari zo‘r, uch mahal ovqat bo‘ladi, poezdda olib borishadi, olib kelishadi, kilosiga 900 so‘mdan 1200 so‘mgacha berishadi, dedi. Rozi bo‘ldik. Pop tumani temir yo‘lidan bizni huddi urushga ketayotganday qilib jo‘natishdi. Sahar soat uchlarda Mirzacho‘lning bir avloq joyiga olib kelib tashlashdi, sovuq, o‘sha kuni qor ham yog‘di. Ikki kundan so‘ng tashlandiq, derazalari yo‘q, usti ochiq joyni berishdi. Ko‘pchilik Namanganga qaytib ketamiz, deyishyapti, qaytishga pul ham yo‘q, paxta terib pul ishlab qaytamiz degan edik-da. Agar pul berishsa qaytamiz, deb turibmiz, - dedi namanganlik terimchi.

Ozodlik namanganlik terimchilarning shikoyati yuzasidan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani hokimligiga bog‘landi.

O‘zini tuman hokimining yordamchisi deb tanishtirgan mulozim Namangandan poezdda kelgan terimchilarni o‘zi shaxsan kutib olgani va lozim sharoitlar bilan taminlanganini aytdi.

- Meni o‘zim ularni kutib oldim. Hozir, to‘g‘ri sovuq, shuning uchun ularni xonadonlarga joylashtiryapmiz. Uch mahal ovqat, berilyapti. Bular hammasi bepul, hokimiyat hisobidan. Ovqat uchun tergan paxta pulidan ushlab qolinmaydi. Bu terimchilar ishlab topgan pullarini yuz foiz o‘zlari bilan olib ketishadi. Agar qaysidir terimchi sharoitdan norozi bo‘lsa hokimiyatga murjaat qilsin, hal qilamiz, - dedi Mirzacho‘l tumanining ismini aytmagan mulozimi.

Мирзачўл тумани ҳокимлиги мулозими
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:54 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda aholi zich bo‘lgan Farg‘ona vodiysidan odamlarni Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining aholisi oz bo‘lgan tumanlarga paxta terimiga safarbar etish o‘tgan yilidan boshlangan.

O‘tgan yili Andijon shahridan Toshkent viloyati tumanlariga paxta terimiga majburan poezdda olib kelingan terimchilar, hokimiyatning yo‘lkira va oziq-oqvat bepul bo‘lishi haqidagi va’dalariga qaramay, ulardan "poezd haqi va ovqat" uchun ushlab qolinganidan Ozodlikka shikoyat qilgan edi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlariga poezdda jo‘natilgan minglab hasharchilar, paxtani terib bo‘lgach, o‘z yonlaridan xarajat qilib uyga qaytishga majbur bo‘lishgandi.

XS
SM
MD
LG