Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:49

G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylandi


Russia - Gafur Rakhimov at the AIBA Congress
Russia - Gafur Rakhimov at the AIBA Congress

AQSh Moliya vazirligining "qora ro‘yxati"ga kiritilgan o‘zbekistonlik tadbirkor G‘ofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti etib saylandi. Rahimov nomzodi AIBAning Moskvada 3 noyabrda o‘tgan kongressida tasdiqlangan. Uning saylovdagi raqibi tashkilot vitse-prezidenti Serik Qonaqbaev AIBA a’zolarining etarlicha qo‘lloviga ega bo‘lmagan.

67 yoshli G‘ofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida edi.

G‘ofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘rtasida kelishmovchilikka qaramay 3 noyabr kungi AIBA kongressida uning nomzodi tasdiqlangan.

Moskvada o‘tayotgan AIBA kongressi zalida bo‘lgan Ozodlik muxbiriga ko‘ra, 137 delegatdan 86tasi Rahimov uchun ovoz bergan.

Uning qozog‘istonlik raqibi Qonaqbaev 48 ovoz olgan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rahimovga o‘z nomzodini olishni tavsiya qilgan, aks holda Olimpiada dasturidan boks chiqarib yuborilishi haqida ogohlantirgan edi.

Bunday bosimlarga qaramay G‘.Rahimov nomzodi ma’qullandi.

G‘afur Rahimov AQSh Moliya vazirligining uyushgan xalqaro jinoiy guruh yetakchilariga qarshi joriy qilgan sanksiyalari ro‘yxatiga ilk bor 2012 yilning 23 fevral kuni "Yevroosiyodagi jinoiy sindikat" yetakchilaridan biri sifatida kiritilgan edi.

"Postsovet fuqarolaridan tashkil topgan “Birodarlik xalqasi” (Bratva) dagi belgilovchi shaxs bo‘lgan G‘afur Rahimov o‘zbek uyushgan jinoyat olami yetakchilaridan biri va u Markaziy Osiyoda narkotik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan. Rahimov dunyoning yirik narkosindikatlarida geroin kontrabandasi bilan bog‘liq operatsiyalarda qatnashib kelmoqda"¸ deb yozilgan AQSh Moliya vazirligi o‘z rasmiy saytida 2013 yil 30 oktabrida e’lon qilgan hujjat matnida.

Ayni shu sanada AQSh Moliya vazirligi G‘afur Rahimovga aloqador deb ko‘rilgan yana olti shaxs va to‘rt shirkatga nisbatan jazo choralari joriy qilgan edi.

Bu ro‘yxatga nomlari kiritilgan shaxs va shirkatlarning AQSh banklaridagi hisoblarini muzlatilgan va AQSh fuqarolarining ular bilan har qanday hamkorligi taqiqlangan.

XS
SM
MD
LG