Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:54

Ozodlik xabari ortidan Madaniyat vazirligi Toshkent sirkidagi ahvolni o‘rganmoqda


Toshkent sirki
Toshkent sirki

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining mas’ul mulozimi Toshkentdagi O‘zbek davlat sirkidagi vaziyatni vazirlik nazorat qila olmayotganini e’tirof etdi. Ismi oshkor etilishini Ozodlikka gapirgan vazirlik mulozimiga ko‘ra, o‘zbek tsirkida "vaziyat o‘ta abgor, sirk binosining ichki qismi axlatga to‘lib ketgan, xodimlar orasida munosabatlar tarang".

7 noyabr kuni Ozodlik Toshkent sirkida artist hayvonlar "kun sayin ozib, o‘lasi holga kelgan"i haqida xabar bergan edi.

Vazirlik mulozimining aytishicha, 8 noyabr kuni Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda tsirkdagi vaziyat muxokama qilingan va "bunday sirk bizga kerakmi?" degan savol o‘rtaga tashgangan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ozodlik yoritgan muammo "piramidaning uchi" xolos.

- Hozir sizlar piramidaning bir uchini ko‘ryapsizlar. Aslida o‘zbek sirkida vaziyat bundan-da abgor. Hozir masala shunday qo‘yilyaptiki, bu sirk bizga kerakmi, yo‘qmi? - dedi Madaniyat vazirligining mas’ul mulozimi.

Toshkent sirki ahlatlari.
Toshkent sirki ahlatlari.

7 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatba bo‘lgan sirk xodimlari davlat tarafidan mablag‘lar ajratilayotgani va tomoshalardan katta daromad ko‘rilayotganiga qaramay sirk hududi axlatga to‘lib toshgani, hayvonlar qarovsiz qolib ketayotgani haqida shikoyat qilishgan edi.

- Sirk axlatxonaga aylangan. Tezak hididan ishlab bo‘lmaydi. Ikki yil oldin boshlig‘imiz hamma dressirovshiklarni bo‘shatib yubordi. Hayvonlarga qaraydigan odam yo‘q, ularga ovqat ham berilmaydi, tagi ham tozalanmaydi.Qarovul hayvonlarga onda-sonda qarab turadi, lekin hayvonlar ozib o‘lasi holga kelib qolgan, - dedi sirkning ismi ochiqpanmasiligini so‘ragan xodimi.

Ozodlikka yuborilgan suratlarda sirk hududida axlatlar yig‘ilib qolgani, yirtqich hayvonlarning o‘ta nochor ahvoldaligini ko‘rish mumkin.

Toshkent sirkida hayvonlar o‘rgatuvchilarisiz qolgan.
Toshkent sirkida hayvonlar o‘rgatuvchilarisiz qolgan.

Sentyabr oyida sirkda delfin tomoshasiga deb 100-150 ming so‘mdan bilet sotilgan, lekin tomosha bo‘lmagan, sirk odamlarni pulini qaytarib bera olmayapti.

- Har kuni sirk binosi oldida janjal. Odamlar pulini so‘rayapti, - deydi sirk xodimi.

Ammo, O‘zbekistan Davlat Sirkini vaqtincha boshqarayotgan Rustam Majidov delfin tomoshasi bo‘lishini aytdi, hayvonlarga vaqtida ozuqa berilmayotgani haqidagi iddaolarni rad qildi.

- Texnik muammolar bo‘lgandi, shuning uchun kechikdi, lekin delfin tomoshasi albatta bo‘ladi. Endi sirkdagi ahvolga kelsak, hammasi yaxshi, davlatdan pul olamiz, hech qanaqa muammo yo‘q, - deya gapni qisqa qildi Majidov.

Ozodlikning sirk hududidagi ahvolini ko‘zdan kechirish va tasvirga olish so‘roviga esa Majidov yozma ariza bilan murojaat qilish zarurligini aytdi.

Rustam Majidov sirkning sobiq direktori, IIB tomondan tsirk mol-mulkini talon-taroj qilganlikda gumonlanib qidiruvga berilgan Bahrom Majidovning ukasidir.

Sirkning ismi sir qolishini istagan boshqa bir xodimi Bahrom Majidov rahbarligi davrida ham sirkdagi hayvonlarning belgilangan me’yor bo‘yicha mol go‘shti bilan emas, balki eshak go‘shti bilan boqilganini aytadi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Ozodlik suhbatlashgan mas’ul mulozimi "qanday qilib sirkning jinoiy qidiruvda bo‘lgan sobiq rahbarining ukasi uni o‘rniga rahbar etib tayinlanganini biz tushunolmayapmiz", - deb ta’kidladi.

Toshkentdagi sirkga 1914 yilda asos solingan edi.

Sirkning ilk binosi 1966 yilda Toshkentda ro‘y bergan zilzila oqibatida vayron bo‘lganidan so‘ng Hadra maydonida yangi sirk binosi qurilgandi.

XS
SM
MD
LG