“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qo‘shiqchi Shahlo Ahmedovaga 2018 yil 13 noyabrdan boshlab konsert faoliyatini taqiqlab qo‘ygani, bunday qarorga xonandaning yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoklipi sabab bo‘lgani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan edi.
“O‘zbekkonsert” o‘z qarorini videoklipning “milliy ma’naviyatga yot ekanligi” bilan izohlagan.
Toshkentda yashovchi shoira Dilorom Ishoqovani bugungi suhbatga chorlar ekanmiz, u kishidan Shahlo Ahmedovaning videoklipini ko‘rishni iltimos qildik.
Dilorom Ishoqova klipni ko‘rdi va bugungi suhbatda unga o‘z munosabatini bildirdi.
Sovuq xonadonlar, eskirgan quvurlar, Karimov davrida qamoqda o‘tirgan yozuvchiga keskin o‘zgargan munosabat, Mirziyoevning talaffuzi, diktant yozdirilayotgan direktorlar – bular bugungi suhbat davomida tilga olingan boshqa mavzulardir.