Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:18

O‘zbekiston birinchi marta eng katta harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishni boshladi


Mashg‘ulotda qatnashayotgan harbiy texnika vositalari.
Mashg‘ulotda qatnashayotgan harbiy texnika vositalari.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 26 noyabrdan mamlakat bo‘ylab harbiy qismlarning jangovar tayyorgarligini tekshira boshlaganini ma’lum qildi.

Ўзбекистон биринчи марта энг катта ҳарбий машғулотларни ўтказишни бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:09 0:00

Vazirlik matbuot kotibi Temir Nazrievning ma’lum qilishicha, bunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekshirilgan. Bu kabi keng ko‘lamli qo‘qqisdan tekshiruvlar O‘zbekiston armiyasida avval o‘tkazilmagan.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoevning tegishli farmoyishiga muvofiq, bugun, erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi. Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi tekshiriladi. U besh kun davom etib, to‘rt bosqichda amalga oshiriladi,- dedi Temir Nazriev 26 noyabrda tarqatilgan videoaxborotda.

Mashg‘ulotlar davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatining boshqaruvni amalga oshirishi hamda qo‘shinlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirishi, shuningdek, bo‘linmalarning uyushqoqlik bilan belgilangan hududlarga chiqib ketishi va tezkor vazifalarni bajarishga tayyor ekanligi bilan bog‘lik masalalar ko‘rib chiqiladi

O‘zbekiston o‘z Qurolli kuchlaridagi jangovar tayyorgarlikni tekshirishi haqida Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga 25 noyabrda nota topshirgani xabar qilingan edi.

“Tadbir O‘zbekiston Respublikasi boshqa mamlakatlarga nisbatan oldin qabul qilgan majburiyatlarga qat’iy amal qilingan holda o‘tkaziladi va qo‘shni davlatlarning manfaatlariga qarshi qaratilgan emas”, - deyiladi notada.

Global Firepower xalqaro harbiy tadqiqotlar markazining 2018 yil uchun e’lon qilingan jahon davlatlari qurolli kuchlari reytingi (Military Strength Ranking)da O‘zbekiston armiyasi qudrati bo‘yicha 136 davlat orasida 39-o‘ringa qo‘yildi.

2017 yilda O‘zbekiston armiyasi 48-o‘rinda edi. Joriy yil hisobotida o‘zbek armiyasi reytingi 9 pog‘ona yuqorilagan.

Markaz hisobicha¸ O‘zbekiston harbiylarining umumiy soni 76 500 nafarni tashkil etadi¸ ulardan 56 ming 500 nafari xizmatdagi harbiylar, 20 ming nafari zahiradagi askarlardir. Mamlakat armiyasi byudjeti 70 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, o‘zbek armiyasi 179 harbiy samolyot, 73ta vertolyot, 420ta tank, 715ta zirhli mashina, mingdan ortiq artileriya qurollariga egalik qiladi.

Harbiy qudrat reytingidagi birinchi uchlikni AQSh, Rossiya va Xitoy armiyasi egallagan.

MDH mamlakatlari orasida Ukraina 29-o‘rinda, O‘zbekiston 39-o‘rinda, Belarus 41-o‘rinda, Qozog‘iston 50-o‘rinda, Ozarbayjon 53-o‘rinda, Turkmaniston 80-o‘rinda, Qirg‘iziston 91-o‘rinda, Tojikiston 96-o‘rinda qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG