Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:26

O‘zbekiston AQShning "alohida xavotirga molik davlatlar" ro‘yxatidan chiqarildi


Toshkentdagi Minor masjidida taroveh va xatmona o‘qilayotgan payt.
Toshkentdagi Minor masjidida taroveh va xatmona o‘qilayotgan payt.

AQSh Davlat departamenti 11 dekabr kuni jahondagi diniy erkinliklar vaziyati to‘g‘risidagi navbatdagi yillik hisobotini e’lon qilar ekan, O‘zbekiston "alohida xavotirga molik davlatlar" ro‘yxatidan chiqarilganini ma’lum qildi.

Ўзбекистон АҚШнинг "алоҳида хавотирга молик давлатлар" рўйхатидан чиқарилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

O‘zbekiston mazkur ro‘yxatga mamlakatdagi diniy erkinlik vaziyati keskin yomonlashib ketgani va minglab dindorlar qamoqlarga tashlangani ortidan 2006 yilda kiritilgan.

O‘zbekiston bu ro‘yxatda Xitoy, Eritreya, Eron, Mьyanma, Shimoliy Koreya, Sudan, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston bilan bir qatorga qo‘yilgan edi.

Biroq yangi hisobotda O‘zbekiston hamon diniy erkinlik tamoyillariga amal qila boshlagan davlat sifatida tan olingani yo‘q.

AQSh O‘zbekistonni “maxsus nazorat qilinadigan davlatlar” ro‘yxatiga kiritdi.

O‘zbekiston diniy erkinliklarni kafolatlash yo‘nalishida sobit ekanini namoyish etuvchi jarayonlarni bundan buyon ham davom ettirsa, yaqin kelajakda vaziyat yaxshilanayotgan yoki yaxshilangan davlatlar qatoriga qo‘shilishi mumkin.

Joriy yilning may oyida AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda diniy erkinliklar vaziyatini yaxshilashga qaratilgan qadamlar tashlanayotganini olqishlagan holda, bu jarayon sekinlik bilan olib borilayotganini e’tirof etgan edi.

Shuning uchun Davlat departamentining may oyida e’lon qilingan hisobotida O‘zbekiston diniy erkinlik hamon cheklangan mamlakatlar ro‘yxatida qoldirilgani bildirilgan.

Shundan so‘ng tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yetakchiligidagi delegatsiya 24-27 iyul kunlari AQShda diniy erkinlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan vazirlar anjumanida ishtirok etgandi.

Anjumanda O‘zbekistonda diniy erkinliklarni ta’minlash sohasida "keskin ijobiy o‘zgarishlar" bo‘layotgani e’tirof etilgan.

18 sentabr kuni AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Sem Braunbek Toshkentga kelgan va Shavkat Mirziyoev bilan uchrashgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 8 dekabr kuni Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida diniy ekstremistik guruhlarga aloqador ko‘rilgan 20 mingdan ziyod fuqaro nazoratdan chiqarilganini ma’lum qilgan.

"Bir paytlar diniy ekstremistik guruhlarga aloqasi bor, deb nazoratga olingan 20 mingdan ziyod fuqaro “maxsus hisoblar”dan chiqarildi. Man etilgan tashkilotlarga adashib kirib qolgan, qilmishiga pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi", deb aytgan prezident.

Mirziyoev o‘tgan yilning 1 sentabrida mamlakatda “diniy-ekstremist oqim a’zolari ro‘yxati”da bo‘lgan 17 ming odamdan 16 ming nafari nazoratdan chiqarilgani, ulardan 9 ming 500 nafari ish bilan ta’minlanganini ham aytgan edi.

XS
SM
MD
LG