Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:49

Qirg‘izistonda mol-mulki va boyligini yashirgan 141 amaldor aniqlandi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Qirg‘izistonda 141 nafar davlat amaldorining soliq deklaratsiyasi Bosh prokuraturaga jo‘natildi. Ular deklaratsiyada daromadlari va mulklari to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni berganlikda gumonlanmoqda.

Қирғизистонда мол-мулки ва бойлигини яширган 141 амалдор аниқланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

1011 amaldordan 141 nafari mol-mulki to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot bergan

Davlat soliq xizmati raisining o‘rinbosari Iskender Asilkulov bu xabarni izohlar ekan, soliq xizmatiga jami 60 ming nafar davlat amaldori deklaratsiya topshirganini ta’kidladi.

- Bugungi kungacha 1101 nafar siyosiy, ma’muriy va maxsus lavozimlarni egallab turgan shaxslarning deklaratsiyalari tekshirib bo‘lindi. Ularning ichida 141 shaxs yolg‘on ma’lumotlarni berganlikda gumonlanmoqda. Ularning ishlari yuridik baho berilishi uchun Bosh prokuraturaga jo‘natildi,-deb aytdi Iskender Asilkulov.

Rasmiyning bildirishicha, Bosh prokuraturaga yuridik baho berish uchun jo‘natilgan soliq deklaratsiyalarining 19 tasi siyosiy lavozimlardagi, qolganlari esa munitsipal va ma’muriy xizmat lavozimlarini egallagan shaxslarga taaluqlidir.

Amaldorlar deklaratsiyada nimalarni yashirdilar?

Iskender Asilkulov ularning deklaratsiyalari tekshirilganida ko‘plab yer uchastkalari, qishloq xo‘jalik yerlari, ko‘p sonli avtomashinalar, bank hisoblari qayd etilmay qolgani aniqlanganini bildirdi.

Bundan avvalroq Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Duyshenbek Zilaliev davlat lavozimini egallab turgan holda noqonuniy ravishda millionlab dollar boylikka ega bo‘lgan, degan ayblov bilan qamoqqa olingan edi.

Sobiq bosh vazir o‘rinbosari olma sotib boyiganmidi?

Soliq xizmatining sobiq raisi, parlament deputati Ishoq Masaliev bosh vazirining sobiq o‘rinbosari uyidan topilgan million dollarga yaqin pul haqida fikr bildirar ekan:

-Zilalievga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi katta muammoning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, mol-mulki soliq deklaratsiyasida ko‘rsatilgan miqdorga to‘g‘ri kelmagan davlat amaldorini qamash kerakmi, degan savol paydo bo‘ldi. Bu savolga javob berish uchun, avvalo bu mol-mulk noqonuniy yo‘l bilan topilganini isbotlash zarur. Balki u bo‘sh vaqtida olma sotib boyigandir? Shuning uchun bu masalada aniq me’yorlarni belgilab olish zarur,-deb aytdi.

Deputat: Tekshiruv tizimida odam omilini kamaytirish zarur

Parlament deputati Abdivaxap Nurbaev esa:

-Deklaratsiyadagi ma’lumotlar tekshirilishi to‘g‘risidagi qonun yaqindagina kuchga kirdi. Menimcha, bu jarayonni avtomatlashtirish kerak va odam omilini ozaytirish zarur. Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarmoq vositasida tekshirib, jamoatchilikka ochiq bo‘lgan xulosalarni chiqarish lozim. Aks holda deklaratsiyalarni tekshirish tizimining o‘zi korrupsiyalashib ketishi mumkin, -deb fikr bildirdi.

Qirg‘izistonda ko‘p yillardan beri davlat amaldorlari har yili majburiy tarzda soliq deklaratsiyasi topshiradi va bu deklaratsiyada keltirilgan ma’lumotlar matbuotda jamoatchilikka ma’lum qilinadi.

Ammo deklaratsiyadagi ma’lumotlar naqadar to‘g‘ri ekanini tekshirish va noto‘g‘ri ma’lumot berganlarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi modda qonunchilikka 2017 yilning avgust oyida kiritilgan.

O‘zbekistonda qanday?

O‘zbekistonda ham amaldorlarga daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya to‘ldirish majburiyatini yuklovchi me’yor qabul qilinishi haqida O‘zbekiston bosh prokuraturasi joriy yilning 25 yanvarda xabar bergan edi.

Xabarda aytilishicha, vazirliklarda 2018 yilgacha mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi ishlab chiqilmoqda. Mazkur dasturda qayd etilgan tartibga binoan davlat amaldorlari va ularning oila a’zolari daromadlari haqida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.

Xabarda bugungi kunda mutaxassislar deklaratsiya to‘ldirish masalasini muhokama qilayotgani ham aytilgan. Muhokama yakunlariga ko‘ra, deklaratsiya to‘ldirish majburiy yoki ixtiyoriy bo‘lishi e’lon qilinadi.

Lekin 2018 yil yakunlanayotganiga qaramay, bu boradagi yakuniy qaror qanday bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

XS
SM
MD
LG