Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:39

Peterburgda jinsiy kasalliklardan davolanayotgan o‘zbekistonlik o‘zini otib o‘ldirdi


Peterburgda 58 yashar tanosil kasalliklardan davolanayotgan o‘zbekistonlik muhojir shifokorni to‘pponchadan yaraladi, keyin o‘zini otib o‘ldirdi. Yaralangan vrach ham o‘zbekistonlik ekani aniqlandi.

Врачни яралаган ўзбекистонлик ўзини отиб ўлдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00
Бевосита линк

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Insam” Sharq tabobati markaziga kelgan shaxs pistoletidan uni davolovchi vrachni uch yeridan yaralab, o‘zini otib o‘ldirdi.

Sankt-Peterburg viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi Ozodlikka tasdiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 25 dekabr kuni kunduzgi 15:40-larda igna sanchish terapiyasiga kelgan 58 yoshli shaxs davolanish uchun kelganini bildirgan, ammo vrach xulosasini tinglamasdan o‘q otishni boshlagan.

- Shaharning Markaziy tumanida joylashgan tibbiy klinikaga yordam so‘rab kelgan noma’lum shaxs ikkita travmatika pistoletidan shifokorga jarohat yetkazgan, undan so‘ng o‘zini otib o‘ldirgan. Tergov organlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 30 moddasi 3 qismi va 105 moddasi 1 qismi, ya’ni “qotillikka urinish” asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi, dedi hodisa sabablari o‘rganilayotganini bildirganSankt-Peterburg Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Sergey Kapitonov Ozodlikka.

Ozodlik o‘z manbalaridan “Insam” markazida o‘zini otib o‘ldirgan shaxs 58 yoshli Sergey ismli O‘zbekiston vatandoshi ekani, unda ruhiy kasalliklar alomatlari borligini aniqladi.

“Insam” klinikasida mazkur masala yuzasidan izoh berilmasligini ma’lum qilishdi.

Qornining ikki joyidan va oyog‘idan yengil yaralangan vrach Oksana Kim ham O‘zbekistondan ekani aniqlandi.

Oksana Kim 2003 yilda Toshkent Davlat birinchi tibbiyot institutining Urganch filialini tamomlagani va markazda igna va zuluk bilan davolovchi terapevt ekani, shuningdek tanosil kasalliklarni noan’anaviy uslublar yordamida davolovchi vrach ekani ma’lum bo‘ldi.

Jurnalistlarga bergan intervyusida davolovchi vrach Sergey jinsiy kasalliklardan davolanib kelgani va antidepressant moddalarini qabul qilib kelganini bildirdi.

- U qabulga keldi. Men uning shikoyatlarini tingladim. U birdan ortga qaytib, o‘q uzishni boshladi. Men mutlaqo kutmagan edim! Keyin men u yerdan qochib chiqdim. U bilan suhbatdan u antidepressantlar qabul qilayotganini bildim. U tabletkalarsiz uxlay olmas ekan, dedi hozirda o‘zi davolanayotganini gapirgan Oksana Kim.

“Insam” markazida asosan koreys millatiga mansub shifokorlar ishlayotganini hisobga olib, tergovchilar hujumchining ekstremistik va millatchilik motivlar asosida otishma boshlagani taxminlari ham tekshirilayotganini aniqlandi.

Ayni paytda, Moskvada yo‘lovchilarga tashlanib, o‘zini noadekvat hatti-harakatlari bilan boshqalar e’tiborini o‘ziga qaratgan yana bir o‘zbekistonlik muhojir ushlangani xabar qilindi. 38 yashar o‘zbek muhojiri uni hibs etmoqchi bo‘lgan ikki politsiya xodimiga tashlanib, birini yuziga tarsaki tushirgani, ikkinchisining qo‘lini yengil jarohatlagani xabari chiqdi.

Ekspertiza natijasida g‘irt mast holatda ekani aniqlangan o‘zbekistonlikka nisbatan “Hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish” moddasi asosida jinoyat ishi ochildi.

XS
SM
MD
LG