Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:42

OzodMikrofon: “Doktorlik ishim himoyasi arafasida noqonuniy ishdan bo‘shatishdi”


Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Inoyat Shiranov
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Inoyat Shiranov

Toshkent tibbiyot akademiyasi (1-ToshMI) birinchi klinikasi kardiorevmatologiya bo‘limi sobiq mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, 70 yashar Inoyat Shiranovning OzodMikrofonga arz qilishicha, u 2014 yilda mehnat ta’tilida bo‘lgan bir paytda bosh vrach uni ishdan noqonuniy bo‘shatib yuborgan.

“Men doktorlik dissertatsiyamni nihoyasiga yetkazib, himoyaga tayyorlanayotgan bir paytda, bosh vrach noqonuniy tarzda mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qildi. Garchi men arz qilgan idoralar bu yerda mehnat qonunchiligi buzilganini aytib turgan bo‘lsa ham sud bosh vrach foydasiga qaror chiqardi. To‘rt yil davomida men murojaat qilmagan idora qolmadi, lekin hech kim adolatni qaror toptirishni istamayapti”, degan olim uning ilmiy ishi noyob ekanligini ta’kidlaydi:

“Mening ilmiy ishim revmatizm bo‘yicha, O‘zbekistonda hech kim bu ishni qilmagan. 12 yil ishladim bu mavzu ustida. 711 nafar kasalni 10 yil davomida davolab, kuzatib kelganman. Chet elda ettita maqolam chiqqan. Igna bilan quduq qazib, quduq tayyor bo‘lay deganda, mana shu ahvol bo‘lib turibdi”, deydi tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Inoyat Shiranov.

OzodMikrofon: “Докторлик ишим ҳимояси арафасида ноқонуний ишдан бўшатишди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:05 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG