Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:33

O‘zbekiston prezidentini nemis askarlari olqishladi


21 yanvar kuni Belvyu saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi.

Shavkat Mirziyoev va Frank-Valter Shtaynmayer Germaniyadagi barcha xarbiy qismlar vakillarini o‘zida jam qilgan faxriy qorovul yonidan yurib o‘tishdi.

Ayni tadbir ishtirokchisi Germaniyadagi urush va tinchlikni o‘rganish tadqiqot markazi xodimi Turonbek Qozoqovning Ozodlikka aytishicha¸ «nemis xarbiylarining O‘zbekiston prezidentini olqishlashi jiddiy ramziy ahamiyatga» ega.

Germaniya bu olqishlash bilan xarbiy soxadagi ikki davlat aloqalarini yangi saviyaga ko‘tarilishini istaydi dedi suhbatdosh.

Inson huquqlar bo‘yicha O‘zbekiston Germaniya forumi vakili¸ yaqinda O‘zbekistonga borib mulozimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelgan Lin Shvaysfusning Ozodlikka aytishicha¸ iqtisodiy¸ xarbiy munosabatlar yaxshilanishi mamlakatda siyosiy erkinliklar berilishi bilan parallel amalga oshirilsagina samara beradi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev kunning ikkinchi yarmida Federal kansler Angela Merkel va Bundestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

22 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Myunxen shahrida Bavariya bo‘lgasi bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG