Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:29

Moskvada "Paxtakor"ning afsonaviy treneri Ishtvan Sekech xotirlandi (FOTO+VIDEO)


Ishtvan Yojefovich Sekech
Ishtvan Yojefovich Sekech

79 yoshida vafot etgan mashhur sport ustasi Ishtvan Yojefovich Sekech 28 yanvar kuni Moskvaning Mitino qabristonida tuproqqa qo‘yildi. 4 fevral kuni Moskvada o‘tkazilgan xotira marosimiga uning shogird va yaqinlari yig‘ildi.

Ishtvan Sekechga bag‘ishlangan tadbirda uning o‘g‘li Ishtvan Sekech, 1981-85 yillarda “Paxtakor” jamoasi yarimhimoyachisi Marat Kabaev, “Paxtakor”ning sobiq himoyachisi Vladimir Kisera, “Pomir” sobiq o‘yinchisi Rashid Rahimov,Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, terma jamoa sobiq murabbiysi Muhsin Muhamadiev, FIFA mutaxassisi Alisher Aminov, “Paxtakor”ning boshqa o‘yinchilari Oleg Sinelobov, Aleksandr Juravlyov, Aleksandr Tixonov va boshqalar qatnashdi.

- Sekech Sovet Ittifoqining eng buyuk murabbiylaridan biri edi! U bejiz ham Tojikiston, ham O‘zbekiston, ham Ukraina respublikalarida xizmat ko‘rsatgan trener emas edi. U shu qadar ko‘p futbolchi shogirdlarni tarbiyaladiki, ularni sanab o‘tishga vaqtimiz etmay qoladi. U o‘z davrida ittifoqning eng yaxshi murabbiylari beshligiga kirgan! – dedi Muhsin Muhamadiev.

Ўзбекистонда "Пахтакор" тренерини хотирлашмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:46 0:00

Taniqli o‘zbek futbolchisi Marat Kabaev Sekechning hozirgi trenerlardan farqli zamonaviy uslublarni qo‘llagani, paxtakorchilarning jismoniy jihatdan yaxshi tarbiyalay olgan murabbiy bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Kabaev¸ Sharof Rashidov 1979 yilda aviahalokatda nobud bo‘lgan “Paxtakor” jamoasi o‘rniga yangi jangovar komandani tuzish vazifasini aynan Ishtvan Sekechga topshirganini aytadi.

Sekech bu ishonchni to‘liq oqlab, O‘zbekiston tarixiga kirgan: atigi bir yildan keyin - 1982 yili “Paxtakorni” SSSR chempionatlari tarixida komanda erishgan eng yuqori daraja- 6-o‘ringa olib chiqqan.

Ishtvan Sekech va "Paxtakor" jamoasi
Ishtvan Sekech va "Paxtakor" jamoasi

O‘sha yillari¸ eslanishicha¸ Sekech qo‘l ostidagi paxtakorchilar jamoasi chempionatda “avtoritetlar dahshati” nomini olgan.

- Biz 6 yilcha birgalikda bitta jamoada bo‘ldik. U trener, men esa futbolchi tarzida. U biz uchun nafaqat trener – bizning tarbiyalovchimiz edi. Biz uni otamizdek yaxshi ko‘rardik, zero u juda adolatli, insofli va ochiqko‘ngil inson edi!- dedi Marat Kabaev.

Ishvan Sekechning bir qizi va bir o‘g‘li bor. Uning o‘g‘li Ishtvanga otasining ismi berilgan. Ozodlik bilan suhbatda yosh Ishtvan o‘zini “Paxtakor” razdevalkasida tanigani va uning birinchi ustozlari va do‘stlari – Toshkentning “Paxtakor” jamoasi futbolchilari bo‘lganini esladi.

- Otam eng avvalo harakatga undovchi, yosh o‘yinchilarni kashf qila oladigan, ularga ishonch bildirishni xush ko‘rgan trener edi, dedi Ishtvan Sekech.

Shogirdlar “Paxtakor”ning sobiq trenerini o‘ta kamtarin, insofli va to‘g‘riso‘z odam sifatida yodga oldilar, uning printsipialligi tufayli “yog‘li” lavozimlar va “daromadli” kontraktlardan mosuvo qolganini eslashdi.

Xotira tadbiriga to‘planganlardan ayrimlari¸ bugungi O‘zbekiston futbol tizimi rahbarlarini Sekechning o‘tmishda o‘zbek futboli uchun qilgan mehnatini hurmat qilmaganlikda aybladi.

- O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga bugungi kunda o‘z tarixini bilmaydigan odamlar keldi. Hozirgi bekorchi amaldorlar qisqa vaqt ichida o‘zbek futboliga ulardan ko‘proq foyda ko‘rsatgan buyuk murabbiy xotirasi va hurmatini joyiga qo‘yishdan ko‘ra, ular allaqanday sirk tomoshasiga Roberto Karlosni taklif qilishni afzal bilmoqda. O‘zbekiston federatsiyasidan biror kishi uning oilasiga ta’ziya ham bildirmadi, qo‘ng‘iroq ham qilib qo‘ymadi, nima yordam kerak¸ demadi, dedi “Zvezda-Jizzax” jamoasi sobiq boshlig‘i, hozirda FIFA mutaxassisi Alisher Aminov.

Sekechni xotirlagan shogirdlari
Sekechni xotirlagan shogirdlari

Vengr millatiga mansub Ishtvan Sekech 1939 yilda Ukrainaning Beregovo shahrida tug‘ilgan.

O‘zi yoshligida to‘ptepar bo‘lgan Sekech murabbiylik faoliyati davomida «Pomir», «Karpati», «Okean», «Luch», «Andijon» kabi klublarda o‘ynagan.

XS
SM
MD
LG