Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:45

Chelyabinsk gubernatori 8 odamni qutqargan o‘zbek muhojirini medal bilan taqdirladi


Gubernator Boris Dubrovskiy, ombudsman Margarita Pavlova va Olamafruz Abdullaev
Gubernator Boris Dubrovskiy, ombudsman Margarita Pavlova va Olamafruz Abdullaev

Magnitogorsk fojiasi qahramoni 23 yashar surxondarelik Olamafruz Abdullaev Rossiya Hukumati va O‘zbekiston konsulligi tomonidan taqdirlandi. Olamafruz 7 fevral kuni Toshkentga uchib ketdi.

O‘zbekistonlikka “Yaxshilik qilishga shoshiling” medali topshirildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy va hududning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Margarita Pavlova O‘zbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullaevga tantanali ravishda “Yaxshilik qilishga shoshiling” (“Speshite delat dobro”) medalini topshirdi.

Faxriy yorliqda yozilganidek, Olamafruz Abdullaev “Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi bilan mustahkamlab qo‘yilgan inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” medal bilan taqdirlandi.

Medal Chelyabinsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, har yili jamiyat uchun muhim ishlarni amalga oshirgan va og‘ir turmush sharoitlariga tushib qolganlarga ko‘maklashgan shaxslarga topshiriladi.

O‘zbek muhojiri bilan birga bir nechta rossiyalik ham gubernator tomonidan munosib taqdirlandi.

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

5 fevral kuni surxondaryolik Olamafruz Abdullaev bilan O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsuligida uchrashuv o‘tkazilgan edi.

- Uchrashuvda unga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a va O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi faxriy yorlig‘i topshirildi, deya xabar qildi O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi konsuli Abdusalom Hatamov o‘zining Feysbuk sahifasida.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» unga Yekaterinburg-Toshkent reysi uchun bepul chipta taqdim etdi.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi konsulligida Ozodlikka Olamafruz Abdullaev 7 fevral kuni O‘zbekistonga uchib ketganini bildirishdi.

"Olamafruz 8 kishini qutqardi"

Olamafruz Abdullaev 2018 yilning 31 dekabr kuni Magnitogorskda portlash oqibatida vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uy vayronalari ostidan qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar sakkiz kishini qutqargan edi.

Portlash oqibatida 39 kishi halok bo‘lgandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi bu hodisaga tabiiy gaz portlashi sabab bo‘lganini bildirgan.

Hodisa joyiga birinchilar qatorida yetib kelgan Olamafruz avvaliga keksa ayol, yosh qizcha va yana bir ayolga portlab ketgan pod’ezddan eson-omon chiqib olishga ko‘maklashgan.

Shunda ayollardan biri bolasini olib chiqishni undan so‘ragan.

Binoning qulab tushgan plitalari orasida muhojir yigit Shuhrat Ulfatov ismli tojikistonlik boshqa bir muhojirni ko‘rib qolgan. Olamafruzning aytishicha, u og‘ir jarohatlangan va hushidan ketayotgan Shuhrat bilan qutqaruvchilar kelgunigacha gaplashishga va ko‘nglini ko‘tarishga urinib o‘tirgan.

Keyinroq, bu portlashda 26 yashar tojikistonlik Shuhrat Ulfatovning rafiqasi Rajabmo va uch farzandi xalok bo‘lgani aniqlanadi.

23 yashar surxondaryolik Olamafruz Abdullaev Magnitogorskka 2012 yilda kelgani va qurilishda ishlab yurgani ma’lum.

U Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida qolgan otasi-onasi, ukasi va ikki singlisining asosiy boquvchisi ekani ham aytildi.

XS
SM
MD
LG