Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:42

AQSh sobiq prezident Bakiev davrida o‘g‘irlangan pulni Qirg‘izistonga qaytardi


Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiev bugungi kunda Belarusda qochqinlikda yashamoqda.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiev bugungi kunda Belarusda qochqinlikda yashamoqda.

AQSh Qirg‘izistonga sobiq prezident Qurmanbek Bakiev davrida noqonuniy yo‘llar bilan xorijga olib chiqib ketilgan mablag‘ning bir qismini qaytaradigan bo‘ldi.

АҚШ собиқ президент Бакиев даврида ўғирланган пулни Қирғизистонга қайтарди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

Uells: Bu pullarning qaytarilishi hamkorligimiz cho‘qqisi bo‘ldi

Bu boradagi shartnoma AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uellsning Bishkekka qilgan tashrifi doirasida 25 fevral kuni imzolandi.

- Sobiq prezident Qurmanbek Bakievning oilasi o‘g‘irlagan 4 million 600 ming dollar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv ikki davlat hukumatlarining, aniqrog‘i huquq-tartibot tuzilmalarining ko‘p yilik hamkorligining cho‘qqisi bo‘ldi. Bu pullarning qaytarilishi esa ikki tomonlama munosabatlarimizni mustahkamlovchi omildir,-dedi Elis Uells.

Qirg‘iz rasmiysi: Xalqdan o‘g‘irlangan pulni xalqqa qaytaramiz

Qirg‘iziston moliya vaziri Baktigul Jeenbaeva AQSh qaytarayotgan mablag‘ ijtimoiy loyihalar uchun sarflanishini ma’lum qildi.

-Bu xalqdan o‘g‘irlangan pul ekanini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Shuning uchun Qirg‘iziston hukumati bu pulni qonuniy egasi - Qirg‘iziston xalqiga qaytarib beradi. Bu pul hisobidan xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi,-dedi Baktigul Jeenbaeva.

Qirg‘iziston moliya vaziri Baktigul Jeenbaevaning aytishicha, sobiq prezident Bakiev oilasi tomonidan xorijga jami 250-300 million dollar noqonuniy olib chiqib ketilgan. Qirg‘iz hukumati bu mablag‘ni qaytarish masalasida ham ish olib bormoqda.

Nyu-York sudining qarori

Rasmiy ma’lumotga qaraganda, Nyu-York sudi sobiq prezident Bakievning o‘g‘li Maksimning eng ishonchli odamlaridan biri bo‘lgan Yevgeniy Gurevichni moliyaviy jinoyatlarda ayblab sudga tortgan.

Sud jarayonida Gurevich Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘l bilan 6 million dollarni olib chiqib ketgani aniqlangan. AQSh mana shu 6 million dollarning 4 million 600 mingini topishga muvaffaq bo‘lgan va uni Qirg‘izistonga qaytarmoqda.

AQSh va Qirg‘iziston munosabatlarini "ilitish uchun" tashlangan qadam

Siyosatshunos Emil Jo‘raevning aytishicha, AQSh tomonidan 4,6 million dollarning Qirg‘izistonga berilishi Vashington va Bishkek aloqalarini 2015 yildan oldingi darajaga qaytaradi.

-​-2015 yilda Bishkekda AQSh bazasi yopilganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashib, turli ziddiyatlarga sabab bo‘lgan edi. Qirg‘iziston AQSh bilan strategik hamkorlik shartnomasini ham bekor qilgan. Pullarning qaytarilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘z o‘rniga qaytayotganidan darak beradi, -dedi Emil Jo‘raev.

Qirg‘izistonning ikkinchi prezidenti bo‘lgan Qurmanbek Bakiev 2010 yil 7 aprelida muxolifat liderlari hibsga olinganidan norozilik bildirib namoyishga chiqqan minglab odamlar bilan to‘qnashuvlardan so‘ng hokimiyatdan ag‘darilgan edi.

O‘sha to‘qnashuvlarda kuchishlatar tuzilmalar bilan yuz bergan otishmalarda yuzga yaqin norozi halok bo‘lgan.

Qurmonbek Bakiev va uning oilasi xozirda turli xorij davlatlarida qochqinlikda yashaydilar.

O‘zbekiston bilan paralellar

O‘zbekistonda ham sobiq prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova to‘plagan noqonuniy boylikni mamlakatga qaytarish harakati olib borilmoqda.

Shveysariya 2012 yili Jeneva va Surixdagi banklarda Gulnora Karimovaga qarashli ekani gumonlanayotgan 800 million frankni muzlatib qo‘ygan. Shveysariya prokuraturasi bu pulning 686.7 millionini musodara qilish va O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risida qaror chiqargan. Biroq hozircha bu pullarni O‘zbekistonga qaytarish muddati aniq emas.

Ayni paytda kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan AQSh fuqarosi Mansur Maqsudiy Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan pullarining 100 millioniga da’vogarlik qilmoqda.

Mansur Maqsudiy O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov qizining sobiq eridir. Gulnora Karimova Mansur Maqsudiyga 1991 yilda turmushga chiqqan edi. Ular 2001 yilda ajrashib ketganlar.

Mansur Maqsudiy ajrashganidan so‘ng O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mulklari, jumladan, Coca-Cola Bottlers Uzbekistan shirkatidagi ulushlari tortib olinganini bildirgan.

Gulnora Karimova O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan trillionlab so‘m daromadni soliqdan yashirganlik¸ o‘zgalarning trillionlab so‘mlik mulkini tovlamachilik yo‘li bilan tortib olish va qariyb 2 milliard AQSh dollarini xorijda bekitish kabi jinoyatlarda aylanmoqda.

XS
SM
MD
LG