Линклар

Шошилинч хабар
25 декабр 2024, Тошкент вақти: 09:16

Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan nizo ortidan qirg‘iz-tojik hukumati boshlagan muzokara yakunlandi


Qirg‘iz-tojik chegarasida nizo chiqqan hududni qo‘riqlayotgan qirg‘iz chegarachilari.
Qirg‘iz-tojik chegarasida nizo chiqqan hududni qo‘riqlayotgan qirg‘iz chegarachilari.

Qirg‘iz-tojik chegarasida 13-14 mart kuni odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan nizo ortidan vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan boshlangan ikki davlat hukumatlarining muzokaralari yakunlandi.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizodan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatni yumshatishga qaratilgan muzokaralar 14 mart kuni boshlangan edi. Ikki davlat Bosh vazirlarining o‘rinbosarlari darajasida o‘tkazilgan uchrashuv 4 kun davom etdi va 18 mart kuni kechga yaqin yakunlandi.

13 mart kuni boshlangan nizo paytida qirg‘izistonliklar Tojikistonning Vorux anklavi yo‘lini, tojikistonliklar esa Aqsay-Tamdiq yo‘lini to‘sib qo‘ygan edilar.So‘zlashuvlar natijasida bu yo‘llar ochiladigan bo‘ldi.

-Yo‘llar bugun ochiladi va hech qanday postlar bo‘lmaydi. Ikki mamlakat fuqarolari ham to‘siqlarsiz o‘taverishadi. Fuqarolar uchun zarur bo‘lgan yo‘llar qurilishini davom ettirishga kelishdik. Eng asosiysi – o‘zaro tushunib, manfaatlarni hisobga olib, bir qarorga keldik, -dedi Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razaqov.

Tomonlar mojaroning chiqishiga sabab bo‘lgan aybdorlarni topishga, jabrlanganlarga keltirilgan zararni birgalikda to‘lab berish borasida bir qarorga keldilar.

-Biz prokuraturaga aybdorlarni topishni topshirdik. Negaki, odamlar o‘ldi, har birining orqasida uchtadan bolasi qoldi. Bu achinarli holat. Kelajakda bunday ishlar qaytalanmasligi kerak. Shu sababli aybdorlar topiladi va jazolanadi, -dedi Tojikiston bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim.

13-14 martda Qirg‘izistonning Aq-Say va Tojikistonning Mehnatobod qishlog‘i yashovchilari o‘rtasida Aq-Say-Tamdiq yo‘lining qurilishi yuzasidan nizo chiqqan. Natijada bir necha odam jabrlangan.

13-14 mart kunlari qirg‘iz-tojik chegarasida chiqqan nizo paytida otilgan o‘qlardan Tojikistonning ikki fuqarosi - Rafouddin Teshaev va Husayn Hakimov halok bo‘ldi.

Qirg‘iziston tomoni esa uch fuqaro o‘qotar quroldan yaralanib kasalxonaga yotqizilganini bildirgan.

Bundan tashqari har ikki tomondan bittadan uy va avtomashina yoqib yuborilgani ham aytilgan.

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, qirg‘iz-tojik chegarasida 13-14-mart kuni sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha 7 jinoiy qo‘zg‘atildi.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat ishlari “Ommaviy tartibsizlik”, “Qaroqchilik”, “Milliy nafrat tufayli tahdid qilish” kabi moddalar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Tergovni Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlikda tuzilgan qo‘shma tergov guruhi olib boradi.

XS
SM
MD
LG