Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:47

Buxorolik Shahram G‘iyosov professional boks bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi


Shahram G‘iyosov amerikali raqibi Emmanuel Teylor bilan birinchi marta o‘n raundlik jang o‘tkazdi.
Shahram G‘iyosov amerikali raqibi Emmanuel Teylor bilan birinchi marta o‘n raundlik jang o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov professional ringda sakkizinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi va Jahon boks assotsiatsiyasi – WBA chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Kaliforniyada 27 aprel kuni o‘tgan shou doirasida 28 yoshli amerikalik Emmanuel Teylor bilan 63,5 kilogacha bo‘lgan vazn toifasida ringga tushgan Shahram G‘iyosov birinchi marta o‘n raundli jang o‘tkazdi.

2017 yilning may oyidan beri ringga chiqmay qo‘ygan Teylor professional ringda 20ta jang o‘tkazib, undan 14tasida g‘alaba qozongan edi, 25 yoshli Shahrom G‘iyosov esa professional ringda o‘tkazgan sakkizta jangidan birortasida mag‘lubiyatga uchramagan.

Sport sharhlovchilarining bildirishlaricha, ikki bokschi o‘rtasidagi musobqa juda og‘ir kechgan. Dastlabki daqiqlarda Shahrom G‘iyosov raqibining chap qo‘l bilan bergan mushtini yedi. Biroq u o‘zini tutib oldi va jangni munosib davom ettirdi.

Emmanuel Teylor beshinchi raundgacha faol bo‘ldi va raqibiga ketma-ket zarbalar berdi. Biroq 5 raundan o‘ninchi raundgacha Shahram G‘iyosovning qo‘li baland keldi.

Hakamlarning yakdil qarori bilan Shahram G‘iyosov mazkur jangning g‘olibi va WBA chempioni deb e’lon qilindi.

Avvalroq o‘tgan haftada Shahram G‘iyosov yana bir o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev bilan birgalikda Matchroom Boxing promouter shirkati bilan shartnoma imzolagani xabar qilingan edi.

Bunga qadar buxorolik taniqli bokschi Shahram G‘iyosov raqiblarini o‘ninchi raundga yetkizmay mag‘lub etar edi.

Masalan, Shahram G‘iyosov o‘tgan yilning avgustida AQShning Nyu-York shahrida ganalik Albert Mensaga qarshi ringga chiqib, uni uchinchi raunddayoq nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Albert Mensa o‘shanda professional ringda endigina to‘rtinchi jangga chiqqan Shahram G‘iyosovdan ancha tajribali bo‘lib, 39 marta ringga chiqqan va shundan 31 tasida g‘alaba qozongan edi. Shahram G‘iyosov uni ilk bor nokautga uchratdi.

Shahram G‘iyosovning professional boksga o‘tgani to‘g‘risida 2017 yil oxirida ma’lum bo‘lgan.

Jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan 2017 yilda qit’aning eng yaxshi bokschisi deb e’lon qilingan edi.

U 2016 yildagi Rio olimpiadasi kumush medali sovrindori bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG