Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:46

Poezdni ko‘chki urgani haqidagi xabar rost. Rasmiylar nega xabarni yumshatishga harakat qildi?


Maqolaga ilova qilingan foto haqiqiy va u voqea joyida olingan. Bu haqda shaxsini ochiqlamaslik sharti bilan Ozodlik radiosiga O‘zbekiston Temir Yo‘llari kompaniyasining voqeaga bevosita guvoh bo‘lgan ikki xodimi ma’lum qildi.

Ularga ko‘ra, mashinist va provodniklarning hatti-harakati tufayli yo‘lovchilar omon qolib poezd butunligicha ag‘darilmagan.

"Ushbu "Toshkent - Sariosiyo" yo‘nalishidagi yo‘lovchi poezdi Dehqonobod stansiyasidan o‘tgandan so‘ng, Chashmai Xafizon stansiyasiga yaqinlashayotganda mashinist yon tomonda tushayotgan suv va tuproq oqimini ko‘rib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va poezdni to‘xtatdi. Provodniklar vagolarni bir-biridan ajratishni boshlaydi va yo‘lovchilarni havfsiz vagonga o‘tkazadi. Shuning uchun poezd sostavi butunligicha ag‘darilmay qoladi"

“Gazeta uz” o‘z xabarida “Qashqadaryo viloyatida «Sariosiyo-Toshkent» yo‘lovchi poezdi o‘tayotgan vaqtda ko‘chki sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q”, deb yozdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" esa ag‘darilib yotgan vagonlarning fotosurati yolg‘onligini va ta’mirlash-tiklash ishlari vaqtida olinganini, aslida vagonlar ag‘darilmaganini rasman ta’kidlamoqda.

Shirkatning 2 may kuni rasman ma’lum qilishicha, 30 aprel kuni kech soat to‘qqiz yarimlarda «Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on» temir yo‘lining Qashqadaryo viloyatidan o‘tuvchi 103-kilometrida ko‘chki tushgan. Buning oqibatida «Sariosiyo-Toshkent» yo‘lovchi poezdi bir oz vaqt harakatdan to‘xtab qolgan.

“Tuproqning ko‘chishi uchta vagonning harakatini cheklab qo‘ydi. Poezd brigadasining tezkor harakatlari natijasida yo‘lovchilar boshqa vagonlarga o‘tqazilgan va harakatni davom ettirgan. Yo‘lovchilardan hech kim jarohat olmagan. Shaxsiy buyumlar va hujjatlar keyinroq o‘z egalariga topshirilgan”, deyiladi shirkatning rasmiy xabarida.

Qudratli transport vaziri Ochilboy Ramatov nazorat qiladigan “O‘zbekiston temir yo‘llari” bu bilan matbuotning xabarini inkor qilmoqda va voqea tafsilotlarini yumshatishga harakat qilmoqda.

Ozodlikka ma’lumot sizdirgan rasmiyga ko‘ra, bir muddat avval aynan shu joyning o‘zida va ayni sababga ko‘ra poezd halokati sodir bo‘lgandi.

"Barcha yo‘lovchilar telefonlari olinib fotolar o‘chirtirilgan. Temir Yo‘l rahbariyati bu uchastkada yurish xavfsizligini ta’minlamagan. Tuproqni mustahkamlamay odamlar xavfsizligini o‘ylab boshqa kerakli choralar ko‘rmay yo‘lni ochib yuborgan. O‘ztemiryo‘lnazorat bunga mas’ul edi".

XS
SM
MD
LG