Линклар

Шошилинч хабар
30 декабр 2024, Тошкент вақти: 00:59

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi korrupsiya janjali ortidan iste’fo berdi


Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Idris Kadirkulov.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Idris Kadirkulov.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Idris Kadirkulov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Bu boradagi farmonni 15 may kuni prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov imzoladi.

Қирғизистон Миллий хавфсизлик қўмитаси раиси коррупция жанжали ортидан истеъфо берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

Kadirkulov tergovga halaqit qilmaslik uchun iste’fo berganini bildirdi

Idris Kadirkulov yozma ravishda e’lon qilgan rasmiy bayonotida Davlat ro‘yxatga olish xizmatidagi korrupsiya janjali va bu tashkilotdagi korrupsiyaga aloqasi borligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqatilgani ortidan ist’efo berganini bildirdi.

“Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Davlat ro‘yxatga olish xizmati rahbarlarining noqonuniy faoliyati yuzasidan yetarli dalil-isbotlarga ega ekani bir necha marotaba xabar qilindi. Shunga qaramay, bu voqea jamoatchilik orasida qizg‘in baxs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, men tergov ishlariga to‘sqinlik qilishim mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlarni rad etish maqsadida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari lavozimidan iste’fo berishga qaror qildim”, deyiladi Idris Kadirkulov bayonotida.

Deputat maxsus xizmat rahbarini tekshirish uchun komissiya tuzishni taklif qildi

Ayni paytda 15 may kuni parlament deputati Dastan Bekeshov Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining Davlat ro‘yxatga olish xizmatidagi korrupsiyaga aloqadorligi to‘g‘risidagi iddaolarni tekshirish uchun maxsus deputatlar komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.

-Matbuotda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi ham bu ishlarga aloqasi bor, degan xabarlar paydo bo‘ldi. Parlament bu ma’lumotlarga munosabat bildirishi lozim. Aks holda xalq bizni tushunmaydi. Shuning uchun komissiya tuzib, ma’lumotlarni o‘rganib, jamoatchilikka oshkor etsak to‘g‘ri bo‘ladi, - dedi Bekeshov.

Parlament raisi Dastan Jumabekov komissiya tuzilishiga qarshi emasligini bildirdi.

Mavzu tarixi

Avvalroq Davlat ro‘yxatga olish xizmati raisining o‘rinbosarlari Ruslan Saribaev, Daniyar Bakchiev, «Infokom» davlat shirkati rahbari Talant Abdullaev “korrupsiya” ayblovi bilan qo‘lga olingan edi.

Ular pasport blankalarini tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda Litva shirkatini qo‘llab-quvvatlaganlikda hamda pasport ishlab chiqarish sohasida korruptsiyaviy sxemalarni tashkil etganlikda ayblanmoqda.

Mazkur janjal ortidan davlat ro‘yxatga olish xizmatining raisi Alina Shaikova ishdan bo‘shatilgan.

Alina Shaikova 2018 yilning 6 dekabrida Idris Kadirkulov va prezident maslahatchisi Dastan Dogoevni Shveysariyaning «KBA NotaSis S.A.» shirkati manfaatlarini olg‘a surganlikda ayblab, bayonot bergan edi.

Shaikovaga ko‘ra, Idris Kadirkulov uni Bishkekdagi restoranlardan biriga taklif qilgan va pasport blanklarini ishlab chiqaruvchi Shveysariya shirkati vakillari bilan tanishtirgan.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Shaikovaning bu bayonotini tasdiqlagan va bunday uchrashuv bo‘lganini tan olgan. Biroq xavfsizlik qo‘mitasi bu uchrashuv “davlat manfaatlaridan kelib chiqib tashkillashtirilgan tadbir” bo‘lganini ta’kidlagan.

O‘zbekiston bilan paralellar

O‘tgan haftada O‘zbekiston matbuoti 2018 yil 31 yanvarda DXX raisi vazifasiga tayinlangan va 2019 yil 8 fevralda lavozimidan bo‘shatilgan Ixtiyor Abdullaev korrupsiyada ayblanayotgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

Jumladan, Xabar.uz nashri 4 may kuni “U “xizmat”ning avvalgi gegemonlik kayfiyatini qo‘msashda, huquqiy chegaradan chiqib, korruptsiya va poraxo‘rlik botqog‘iga botganlikda ayblanmoqda. Prezident bu holatda g‘alvirni baland ko‘tarishga majbur bo‘ldi va unga siyosiy ishonchsizlik bildirdi”, deb yozgan edi.

Mazkur xabar Ozodlik radiosining Ixtiyor Abdulalev qamoqqa olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarini bilvosita tasdiqladi.

Ozordlik 53 yashar Ixtiyor Abdullaev nisbatan 11 fevralda qamoqqa olinganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG