Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:39

“1995 yilda sotib olgan uyimdan 4 ta bolam bilan haydashmoqda”


Qashqadaryolik Lobar Alimova qizi bilan
Qashqadaryolik Lobar Alimova qizi bilan

Mazmunini sarlavhaga chiqarganimiz shikoyat bilan 4 yildan beri Rossiyada ishlab, Qashqadaryoda qolgan 4 bolasi va onasini boqib kelayotganini aytgan 44 yashar Lobar Alimova OzodMikrofonga murojaat qildi.

Uning aytishicha, Qarshi shahri, Paxtakor mikrorayoni, 50- uydagi ikki xonali 18- kvartirani bundan 24 yil muqaddam – 1995 yili bir harbiy xizmatchidan sotib olgan. Alimova uyni o‘z vaqtida o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan emas. Rasmiylashtirish uchun keyinroq boshlagan harakatlari esa, natijasiz tugagan. Oqibatda yillardan buyon kvartira mojarosi uning va bolalarining hayotini zaharlab kelmoqda. Lobarning aytishicha, kvartira bilan bog‘liq stresslar tufayli uning hozirda 21 yoshdagi o‘g‘li astmaga chalinib qolgan.

Qashqadaryolik Lobar Alimovaning farzandlari
Qashqadaryolik Lobar Alimovaning farzandlari

“Yaqindan beri yana kelishmoqda uyni bo‘shatib qo‘y deb”, deydi Lobar Alimova.

Alimovaning ko‘rgiliklari tafsilotlari u bilan o‘tkazilgan suhbat hamda ilova qilinayotgan ba’zi hujjatlarda.

“1995 йилда сотиб олган уйимдан 4 та болам билан ҳайдашмоқда”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:15 0:00
Бевосита линк

Lobar Alimovaning kvartirasi
Lobar Alimovaning kvartirasi

Lobar Alimovning kvartira mojarosiga oid hujjatlardan biri
Lobar Alimovning kvartira mojarosiga oid hujjatlardan biri

Lobar Alimovning kvartira mojarosiga oid hujjatlardan biri
Lobar Alimovning kvartira mojarosiga oid hujjatlardan biri

XS
SM
MD
LG