Линклар

Шошилинч хабар
28 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:39

Qirg‘iz parlamenti maxsus komissiyasi sobiq prezident Atambaevni olti ayblov bo‘yicha aybdor deb topdi


Sobiq prezident Almazbek Atambaev Qirg‘izistonni 2011-2017 yillarda boshqargan edi.
Sobiq prezident Almazbek Atambaev Qirg‘izistonni 2011-2017 yillarda boshqargan edi.

Qirg‘iziston parlamenti maxsus komissiyasi 18 iyun kuni sobiq prezident Almazbek Atambaevni 6 ayblov bo‘yicha aybdor deb topdi.

-Qirg‘iz Respublikasi eks-prezidenti Almazbek Atambaev bildirilgan 9 ayblovdan oltitasi bo‘yicha huquq-tartibot organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi asoslandi. Qolgan uch ayblov bo‘yicha uning aybdorligi tasdiqlanmadi, - deb e’lon qildi komissiya raisi Qanibek Imanaliev.

Қирғиз парламенти махсус комиссияси собиқ президент Атамбаевни олти айблов бўйича айбдор деб топди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Komissiya Atambaevni o‘z siyosatiga qarshi chiqqan faollar va jurnalistlarga bosim ko‘rsatganlikda, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uy qurish uchun noqonuniy ravishda yer olganlikda, qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukaevning qamoqdan noqonuniy bo‘shatilishiga aloqadorlikda, “Aka invest” shirkati bilan bog‘liq mojaroda va Bishkek issiqlik elektr stansiyasini ta’mirlash jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda aybdor deb topdi.

Komissiya Atambaev noqonuniy ravishda Rossiyaning 123 fuqarosiga hadya sifatida qurol bergani, “Frunze-Rezort” shirkati va 35 gektardan ortiq yerni noqonuniy o‘zlashtirgani yuzasidan ayblovlar tasdig‘ini topmaganini ham bildirdi.

Komissiya tinglovida ishtirok etgan faollar parlament deputatlarini amaldagi prezident ham kelajakda shu kabi ayblovlarga duchor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdilar.

-Hozirgi deputatlar amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovga hokimiyatni uzurpatsiya qilish uchun yo‘l ochmoqda. Sizlar bu jarayonni to‘xtatishingiz lozim, - dedi faol Aybek Mirza.

Konstitutsiyaviy palataning sobiq sudyasi Klara So‘o‘ronkulova esa:

- 2003-2007 yildagi prezidentlarga qaraganda, 2010 yilda qabul qilingan konstitutsiya asosida ishlagan prezidentning vakolatlari juda cheklangan edi. Biroq buni biror bir fuqaro his qildimi? Akaev va Bakiev konstitutsiyadagi cheksiz vakolatlaridan foydalanib hokimiyatni boshqargan bo‘lsa, Atambaev konstitutsiyani buzgan holda bu vakolatlarni o‘zlashtirib oldi. Bunga qarshi chiqqanlarning taqdiri inima bo‘lganini bilasiz. Biz hozir Atambaevdan o‘ch olishimiz kerak emas, unga tarixiy baho berishimiz zarur. U huquqlarini poymol qilgan insonlarning haq-huquqlarini tiklashimiz zarur,-deb bayonot berdi.

Ammo Atambaev rahbarligidagi hukumron Sotsial-demokratlar partiyasi parlament komissiyasi xulosasini siyosiy o‘ch olish sifatida baholamoqda.

-Hozirgi kunda deputatlar yozgi ta’tilga ketishdan oldin har qanday yo‘llar bilan Almazbek Atambaevni sobiq prezident maqomidan ajratib, uni jinoiy javobgarlikka tortish harakatida bo‘lmoqdalar. Bu jarayon uchun belgilab berilgan muddatlar buzilmoqda. Bizning hisobimizcha, buning uchun ikki-ikki yarim oy kerak bo‘lar edi. Parlament komissiyasi esa ikki hafta ichida ishning asosiy qismini yakunlab qo‘ydi. Bu esa qonunning buzilishidir, - dedi partiya rasmiy vakili Asel Koduranova.

Ayni paytda huquq-tartibot tuzilmalari Almazbek Atambaevga bildirilgan to‘rt ayblov yuzasidan guvohlar ko‘rsatmasi borligini aytmoqdalar. Atambaevga bildirilgan beshta ayblov yuzasidan huquq-tartibot tuzilmalari ma’lumotlarga ega emas.

O‘tgan yili Qirg‘izistonning sobiq Bosh vazirlari Sapar Isakov va Janto‘ro‘ Satvaldiev hamda sobiq prezident Atambaevga yaqin bo‘lgan boshqa qator amaldorlar korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olingani ortidan eks-prezidentdan ham daxlsizlik maqomini olib tashlash talabi yangray boshladi.

12 nafardan iborat parlament komissiyasi parlament vakillaridan 60 nafari Atambaevni prezidentlik paytida korruptsiyaga bog‘liq qator jinoyatlarni sodir etishda ayblagani ortidan 13 iyunda tashkil etilgan edi.

Komissiya xulosasi e’lon qilinganidan so‘ng Bosh prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga asos bor, deb hisoblasa, parlamentga murojaat qiladi.

Parlamentning 120 deputatidan 80 nafari rozi bo‘lsa, Atambaevning javobgarlikka tortilmaslik immuniteti bekor qilinadi.

XS
SM
MD
LG