Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:42

Mirziyoev prokuraturani nega yomon ko‘radi?


Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishida O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosatini muhokama qildik.

Eshittirishda Oliy Majlis Senatining 21 iyun kungi 20-yalpi majlisida bevosita qatnashgan "Amerika ovozi" jurnalisti Navbahor Imomova qatnashdi.

Suhbatdosh O‘zbekiston prezidentining sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov taqdiri haqida aytganlarini gapirib berdi.

Imomovaga ko‘ra¸ Shavkat Mirziyoev sobiq prokuror Otabek Murodov katta miqdorda pora olganlikda ayblanib¸ ustidan jinoyat ishi ochilganini ta’kidlagan.

Қурултой: Прокурорларнинг бугун мансабга қўйилиб эртага қамалиши кадрлар сиëсати таназзулими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:47:39 0:00

Otabek Murodovning ishdan olinishi so‘nggi 4 yil davomida to‘rtinchi marta O‘zbekiston bosh prokurori o‘zgarishi bo‘ldi.

2000 yil fevralidan O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lgan Rashid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etgan va uning o‘rnini Ixtiyor Abdullaev egallagan edi.

Abdullaev 2018 yil 31 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati (sobiq MXX) rahbari lavozimini egallagach, uning o‘rnida Otabek Murodov ish boshlagan edi. Ayni vaqtda ikki sobiq bosh prokuror - Rashid Qodirov va Ixtiyor Abdullaevga qarshi jinoyat ishi ochilgan va hozirda tergov amaliyotlari davom etmoqda.

"Qurultoy" eshittirishining yana bir ishtirokchisi¸ siyosatshunos Rafael Sattorov “prokurorlarning bugun mansabga qo‘yilib ertaga qamalishini kadrlar siyosati tanazzuli” deya atadi.

Eshittirishda ishtirok qilgan Chexiyadagi Bohemiya universtiteti o‘qituvchisi, Iqtisodiyot fanlari doktori Xolnazar Omonov nazarida “tizim o‘zgarmaguncha¸ kadrlarni qo‘lqopday almashtirish samara bermaydi.

XS
SM
MD
LG