Линклар

Шошилинч хабар
28 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:01

Sud Atambaev va oilasining bank yacheykalari va hisoblarini tekshirishga ruxsat berdi


Atambaev Qo‘y -Tosh qishlog‘idagi uyida o‘z tarafdorlari bilan.
Atambaev Qo‘y -Tosh qishlog‘idagi uyida o‘z tarafdorlari bilan.

Bishkekning Birinchi May tuman sudi huquq-tartibot tuzilmalariga sobiq prezident Almazbek Atambaev, uning oila a’zolari, qarindoshlari va yaqin odamlariga tegishli bank yacheykalari hamda depozit hisoblariga oid hujjatlarni banklardan olishga ruxsat berdi.

Суд Атамбаев ва оиласининг банк ячейкалари ва ҳисобларини текширишга рухсат берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:57 0:00

24 iyun kuni ma’lum qilinishicha, sudning bu qarori 19 iyun kuni qabul qilingan. Ammo sud bu qarorni qanday jinoyat ishi doirasida qabul qilgani to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q.

Ayni paytda Bosh prokuratura 24 iyun kuni parlamentning Almazbek Atambaevni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini o‘rganib chiqish bo‘yicha qarori yetib kelganini bildirdi.

Qirg‘iziston parlamenti maxsus komissiyasi 18 iyun kuni sobiq prezident Almazbek Atambaevni 6 ayblov bo‘yicha aybdor deb topgan va 20 iyunda parlament bu ayblovlar naqadar asosli ekanini o‘rganib chiqishni Bosh prokuraturaga topshirish to‘g‘risida qaror chiqargandi.

Komissiya Atambaevni o‘z siyosatiga qarshi chiqqan faollar va jurnalistlarga bosim ko‘rsatganlikda va qator korrupsiyaviy harakatlarda gumonlamoqda.

Atambaev esa o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni “absurd, siyosiy muxolifatdan o‘ch olish”, deb baholamoqda. Atambaev 22 iyun kuni Qo‘y-Tosh qishlog‘ida o‘z tarafdorlari bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida:

“Men ular oldida o‘zimni oqlashni, ularning darajasiga tushishini istamayman. Men ularning sudiga ham boradigan odam emasman. Men Xudoning, xalqning va tarixning sudiga tayyorman”, deb bayonot berdi.

Parlamenti maxsus komissiyasi raisi Kanibek Imanaliev matbuotga Atambaev bilan bog‘liq jarayonnning keyingi bosqichlarini tushuntirar ekan:

-Endi Bosh prokuratura biz bildirgan gumonlar asosida tekshiruv o‘tkazib,asosli deb topsa, unda parlamentga “dahlsizlikdan ajratishga asos bor”, deb taklif kiritadi. Agar Bosh prokuratura “asossiz”, degan xulosa chiqarsa, unda komissiyaning ishi yo‘qqa chiqariladi, -deb aytdi.

Parlamentning qarori, Atambaevning bayonotlari qirg‘iz jamiyatida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Siyosatchi Azimbek Beknazarov parlament Atambaevga nisbatan xolis bo‘lganini shubhaga oldi.

-Atambaevni “uzurpatsiya qildi, korrupsiyaga aralashdi”, deb gapirishmoqda, lekin Atambaev yetti yil prezidentligi davomida bu ishlarni qilgan bo‘lsa, uni parlamentning yordami bilan qildi. Hukumatni parlament tayinlaydi va ishdan oladi, chet eldan kelgan pullarning hammasini nimaga sarflashni oldin parlament tasdiqlab beradi, keyin hukumat ishlatadi. Bundan tashqari Atambaevni tekshirgan komissiya tarkibi ham shubha tug‘diradi. Chunki unda Atambaevdan jabrlanganlar bor,-dedi Beknazarov.

Atambaev prezidentligi davrida “hokimiyatni bosib olishga uringanlik” aybi bilan qamalib chiqqan siyosatchi Bektur Asanov esa:

-Hokimiyatni uzurpatsiya qilish, jinoiy guruh tashkil qilish, korrupsiyaviy ishlarga aralashganlik ayblovlari bilan Almazbek Atambaevga o‘n kun ichida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamalashini talab qilishimiz shart,-deb aytdi.

Sobiq prezident Almazbek Atambaev bilan amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov o‘rtasidagi munosabatlar 2018 yilda ikki sobiq Bosh vazir Sapar Isaqov va Jonto‘ro‘ Satibaldiev, Bishkekning sobiq merlari Albek Ibraimov va Qubanichbek Kulmatov hamda qator boshqa nufuzli amaldorlar korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olingani ortidan sovuqlashgan edi.

Almazbek Atambaevning eng ishonchli va yaqin odamlari korrupsiyada ayblanib qamoqqa olingani ortidan, jamiyatda sobiq prezidentni ham javobgarlikka tortish talabi yangray boshlagan.

XS
SM
MD
LG