Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:39

Qiynoqqa tutilganini iddao qilgan mahkum o‘z badanini tilib tashladi (VIDEO)


Қийноққа тутилганини иддао қилган маҳкум ўз баданини тилиб ташлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:32 0:00

Bezorilik aybi bilan jazo o‘tayotgan Sherzod Usmonov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 43-son manzil-koloniya tartibot xizmati xodimlarini uni qiynoqqa solganlikda aybladi.

22 yashar Sherzod Usmonov o‘z do‘stiga video xabar yo‘llab, koloniya xodimlari bosimlariga isyon qilib¸ o‘z badanini tilib tashlaganini iddao qiladi.

Videoda badanidagi yaralarni ko‘rsatgan Usmonov jazoni ijro etish xodimlarining shafqatsizligidan shikoyat qiladi.

Jazoni ijro etish Bosh Boshqarmasi (JIEBB​) mutasaddisi holat yuzasidan tekshiruv boshlatilganini bildirdi.

“Yalang‘och haqiqat”

Videoni mahkumning yaqin o‘rtog‘i Ozodlikka yetkazdi.

Қийноққа тутилганини иддао қилган маҳкум ўз баданини тилиб ташлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:32 0:00

Ozodlik tasarrufidagi mazkur videoda belidan yuqorisi yalang‘och mahkum yigit, o‘z ta’birida, "tazyiq" va "qiynoq"lar natijasida o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylaganini aytadi:

- Tazyiq¸ tazyiq¸ ruhiy tazyiq o‘tqazaveradi. Odamni qiynashadi. Bu qiynoqlar ortidan o‘zimni o‘ldirish¸ so‘yish ham xayolimdan o‘tadi. Prokuraturaga 150 marta telefon qildim. Prezident portaliga ham¸ Ichki ishlar vazirligiga ham murojaat qildim. E’tibor ham berishmadi. Hech kimdan najot yo‘q. Yordam yo‘q. Doktor yordam bermayapti, ishonasizmi?! Bo‘ynimga pichoqni tirab: "Meni kolonkadan olib chiqib ketmasang, o‘z jonimga qasd qilaman¸ o‘zimni o‘ldiraman", dedim doktorga. Doktor e’tibor ham bermadi¸ - deydi mahkum.

Bu videoni Ozodlikka jo‘natgan mahkumning o‘rtog‘i Ozodlik bilan suhbatda do‘stining bilagidagi qon tomirini kesib tashlaganini ma’lum qildi:

- Kim bilandir urushib qoluvdi Sherzod. Sud uni bezorilikda ayblab, 277-modda bilan ichkariga obkirib qo‘yuvdi. Juma kuni kolonkadagi nozirlar uni rosa urib, jonidan to‘ydirishgan. Shundan keyin Sherzod pichoq bilan o‘z badanini tilib-tilib tashladi. Bilagidagi vena qon tomirini kesdi¸ - deydi o‘z xayotiga ham tazyiq bo‘lishidan qo‘rqib ismi oshkor qilinishini istamagan mahkumning do‘sti.

"Tekshiruv"

JIEBBga qarashli Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 43-son Jazoni ijro etish muassasasida shu yilning 28 iyunida ro‘y bergani iddao qilingan bu videoni Ozodlik JIEBB mutasaddisiga taqdim qildi.

Matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi tufayli ismi sir qolishini istagan JIEBB vakilining Ozodlikka bildirishicha¸ “mahkumni urib yarador qilganlik borasidagi bu iddao tasdig‘ini topsa, tartibot nazoratchilari JIEBB tizimidan chetlashtiriladi":

-Xalq orasida “kolonka” deb aytiladigan Bo‘kadagi 43-son muassasasida yuz bergan bu hodisani JIEBB ichki xavfsizlik tizimi xodimlari o‘rganmoqda. O‘sha kuni navbatchilik qilgan tartibot va qo‘riqlash bo‘limi nazoratchilaridan so‘rab surishtirildi. Kim aybdor¸ degan savolga tekshiruv natijasidan javob olasiz. Tekshiruv endi boshlandi¸ - deydi JIEBB vakili.

O‘zini o‘ldirishgacha olib borish

Ozodlik Bo‘ka qamoqxonasidan yuborilgan videoni toshkentlik huquqshunos Odilbek Rahimberdievga ko‘rsatdi.

Unga ko‘ra, aristonlar jargonida "konsert" deb ataladigan bu voqea "aslida mahkumning zo‘ravonlikka qarshi isyonidir".

- Mahkumlar odatda zulmga sabrli bo‘ladi. Ularni o‘z badaniga pichoq tiqib, videomurojaat qilishgacha oborishi uchun dubaklar (Qamoqxona nozirlari - izoh) zulmi chandon haddan oshishi kerak. Bu mahkumni qiynaganlarni Jinoyat kodeksining 103-moddasida ("O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish") ayblab, tergovga tortish mumikin. Mahkumni qo‘rqitib, unga rahmsiz muomala qilib¸ muttasil kamsitish natijasida o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga olib borish holati O‘zbekiston zonalarida keng tarqalgan, - deydi huquqshunos.

Don kombinatidagi kamomadda ayblanib Qarshidagi¸ “Shayxali” qamoqxonasida jazo o‘tagan 56 yashar Muzaffar Boboqulovning aytishicha¸ "zonadagi istalmagan mahkumlarni o‘zini o‘ldirishga majburlash tizimi allaqachon shakllangan"

- Bir odamni "rasxod qilish" ("yo‘q qilish" - izoh.) kerak bo‘lsa, vertuxay ("nozirlar" - izoh) o‘z joniga qasd qilishni tashkillashtirishadi. Buning yo‘li ko‘p. Odamning nozik tomonini bilib ezish, "petux" qilib videoga olib: "O‘zingni o‘ldirmasang, sharmanda qilamiz", degan shantaj. Yo bo‘lmasa, bo‘g‘ib o‘ldirib, keyin osib qo‘yish praktikasi ham tarqalgan¸ - deydi sobiq mahkum.

2017 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi aybsiz vatandoshlarni qiynoqqa solgan va qonunga zid ravishda hibsda saqlagan ichki ishlar xodimlarini 4 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etgani haqida Ozodlik maqola e’lon qilgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining sobiq yuqori darajali xodimi Qodirjon Yusupov davlatga hiyonat qilishda ayblanib hibsga olingani ortidan o‘z joniga qasd qilishga uringan edi.

XS
SM
MD
LG