Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:28

Rossiyadagi o‘zbek elchixonasi muhojirlar savollariga javob berish uchun Call-center ochdi


O‘zbekiston elchixonasining Feysbukdagi rasmiy sahifasi
O‘zbekiston elchixonasining Feysbukdagi rasmiy sahifasi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi negizida 7 kanalli Call-center ishga tushirildi. Markaz xodimlari o‘zbek grajdanlari istalgan muammoli savollari bilan bu raqamlar orqali murojaat qilishi mumkinligini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi O‘zbekiston konsulxonalarining to‘liq manzili, elektron pochtasi va telefon raqamlarini e’lon qildi.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida bildirilishicha, Moskvadagi konsulxonada muhojirlarning talab va ehtiyojlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida 1 iyuldan boshlab 7 kanalli Call-center tashkil etilgan. Call-centerga murojaat qilganlar bilan o‘tkazilgan muloqot xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlash uchun yozib olinadi.

Call-center orqali O‘zbekiston fuqarolari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur bo‘lgan hujjatlar) olish imkoniga egalar”, deyiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida va qo‘ng‘iroqlar uchun markazning quyidagi raqamlari e’lon qilindi:

+7 499 2300076, +7 499 2383620.

Facebookning ayrim foydalanuvchilari o‘z sahifalarida Call-center bilan bog'lanish qiyin bo‘layotganini xabar qildi.

Ozodlik ko‘rsatilgan raqamlardan biriga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari qanday masalalar bilan murojaat qilayotganini so‘radi:

- Biz O‘zbekiston fuqaroligidan chiqish, xorijiy pasport masalalari, sertifikat olish, bolalariga dokumentlar qilish va boshqa shu kabi juda ko‘p savollarga javob beramiz. O‘zbekiston fuqarolari uchun juda ko‘plab joylarda konsulliklar ochilgan va shu bois bizlar faqat o‘zimizning territoriyamizga tegishli joylardan qabul qilyapmiz. Ayrim yangi ochilgan konsulliklar hali jihozlanmagan va biz bu yerda qabul qilayapmiz. Masalan, Kaliningraddagilar Peterburgga, Vladivostokdagilar esa, o‘sha yerdagi konsullikka murojaat qilishlari mumkin. Eng asosiysi – endi istalgan muammoli savollari bilan bizga murojaat qilishlari mumkin, dedi Call-markaz xodimasi.

Aytilishicha, Call - center orqali O‘zbekiston grajdanlari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy masalalarga doir axborotlarni olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Vazirlik rasmiysi ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinishi va murojaat qiluvchining kutish navbati ham aytilishini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy federal okrugi (Belgorod, Bryansk, Ivanovo, Kaluga, Kostroma, Kursk, Lipetsk, Moskva, Orlov, Ryazan, Smolensk, Tambov, Tver, Tula viloyati, Vladimir, Voronej, Yaroslav viloyatlari va Moskva shahri) kirishi aytib o‘tildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida Markaziy federal okrugdan boshqa konsulliklar manzillari va kontakt telefon raqamlarini ham o‘z saytida e’lon qildi:

- O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi (Uzoq Sharqiy federal okrug):690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy. e-mail: gkuzvlv@mail.ru, tel.: +74232604808, +74232604800;

- O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Ural federal okrugi):620075, Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi, 22-uy, 6-qavat. e-mail: abdusalomx@yahoo.com, tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222 faks: + 7 (343) 2723166

- O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi (Volgabo‘yi federal okrugi): 420107, Qozon shahri, Spartak ko‘chasi, 6-uy, “Suvar-plaza” biznes-markazi. e-mail: kaz.uzconsulate@mfa.uz, tel.: +7 843 5265565, +7 843 5265564, faks: +7 843 5265563;

- O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi (Sibir federal okrugi): 630005, Novosibirsk shahri, Lomonosov ko‘chasi, 55B-uy. e-mail: consul2011@inbox.ru, tel.: +7(383) 2460485, 2460484, 2460463, 2460464; Faks: +7(383) 2460462;

- O‘zbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi (Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrug): 344066, Rostov-Don shaxri, Suvorov kuchasi, 28. Tel: +7 (863) 285 50 57;

- O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Shimoli-g‘arbiy federal okrug): 190005, Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy; e-mail: gkruspb@mail.ru, Tel: +7 812 6010628, Telegramdagi raqam +7-965-029-41-49.

Bundan oldinroq Ozodlik Rossiyaning Rostov-Don, Vladivostok, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlarida O‘zbekistonning konsullik bo‘limlari ochilgani borasida xabar bergan edi.

Bundan bir necha yil oldin Rossiyada Novosibibirsk va Moskva shaharlaridagi konsulliklar xizmat ko‘rsatardi.

XS
SM
MD
LG