Линклар

Шошилинч хабар
28 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:04

AQSh ning ikki shahrida sodir etilgan ommviy otishmada 30 odam halok bo‘ldi (VIDEO)


Texasdagi El-Paso shahrida 20 odam halok bo‘ldi.
Texasdagi El-Paso shahrida 20 odam halok bo‘ldi.

Yakshanba kuni Chikagodagi kasalxonalarga 3 soat ichida turli otishmalar oqibatida yaralangan 18 kishi olib kelingan, ulardan biri halok bo‘ldi. Chikagodagi otishmalardan avval AQSh ning boshqa ikki shihrida ikki ommaviy otishma sodir etildi.
Ularda kamida 30 odam halok bo‘lgani aytilmoqda.

Бир суткада АҚШнинг учта шаҳрида содир этилган отишмада 30 одам ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

Chikago politsiyasi boshlig‘i Eddi Jonson CNNga otishma uchta alohida joyda jinoiy guruhlar o‘rtasida sodir etilganini bildirdi. Ayrim xabarlarda esa Chikagodagi otishma mahalliy vaqt bilan 1dan 20 daqiqa o‘tganda bolalar maydonchasida sodir etilgani, noma’lum odam Chevrolet Camaro avtomatidan o‘q otgani aytilmoqda.

Avvalroq Deyton va El-Paso shaharlarida ham odamlarga qarata avtomatlardan o‘q uzilgan edi.

АҚШнинг турли жойларида чиққан уч отишмада 30 киши қурбон бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00

AQShning Ohayo shtatidagi Deyton shahrida 4 avgust kuni 24 yoshli shaxs o‘qotar quroldan to‘qqiz kishini otib o‘ldirdi, 16 kishini yaraladi.

Politsiya hozircha mazkur jinoyat motivlari noma’lum ekanini bildirdi. Deyton meri Nen Ueyli:

-Bir daqiqaga yetmagan muddatda Deyton politsiyasi o‘q otgan shaxsni jismonan yo‘q qildi. Bu shahrimiz uchun dahshatli kun bo‘ldi. Men politsiya tezkor harakat qilib, yuzlab odamlar hayotini qutqarib qolganidan mamnunman,- deb aytdi.

3 avgust kuni Texas shatining El-Paso shahridagi "Walmart" do‘koni oldida irqchi ekani aytilayotgan 21 yoshli Patrik Kruzius Kalashnikov avtomatidan o‘q uzib yigirma odamni o‘ldirgan, 26 odamni yaralagan edi. Bu voqea terror harakati sifatida baholanmoqda.

Politsiya qo‘lga olgan Patrik Kruzius odamlarni o‘ldirishga chiqishdan oldin Twitter sahifasida irqchilik manifestini e’lon qilib, Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidga 15 mart kuni 28 yoshli avstraliyalik irqchi Brenton Tarrant uyushtirgan hujumni olqishlagan. Shuningdek, u muhojirlar tufayli AQSh iqtisodiyoti va madaniyati oqsayotganini iddao qilgan.

Texas gubernatori Greg Ebbott hodisaga munosabat bildirar ekan:

-Bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat, u texaslik emas.. Qotilligi va nafrat asosida sodir etgan jinoyati uchun uni o‘ta jiddiy va agressiv ravishda ta’qib qilamiz. Biz juda, juda aniq tushunib olishimiz lozimki, bu kabi fikrlar, bu kabi harakatlar, bu kabi jinoyatlar Texas tomonidan qabul qilinmaydi, ular Texas uchun yotdir, - deb aytdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu voqealarni sharhlar ekan, “mamlakatimizda nafrat uchun imkon yaratilmasligi lozim”, deb aytdi. Ayni paytda Demokratik partiya Trampning muxojirlarga qarshi siyosati bu qonli voqealarga asos yaratib berdi, deb ayblamoqda.

4 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev El-Paso, Deyton va Chikago shaharlarida ro‘y bergan fojiali voqealarda ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donalьd Trampga samimiy hamdardlik bildirdi.

XS
SM
MD
LG