Линклар

Шошилинч хабар
25 декабр 2024, Тошкент вақти: 09:26

O‘shda oltita uy yonib, qirq odam ko‘chada qoldi (FOTOGALEREYA)


O‘shda yongan uylardan biri.
O‘shda yongan uylardan biri.

O‘sh shahrining Cheryomushki mavzeyida joylashgan Bobur tor ko‘chasi va Roziyaxon Mo‘minova ko‘chalarida oltita uyning yonib ketgani oqibatida qirqqa yaqin odam ko‘chada qoldi. Ularning yarmidan ko‘prog‘i yosh bolalardir.

Jabrlanganlarning aytishlaricha, yong‘in 8 avgust kuni tushdan keyin uylarning birida boshlangan. Yong‘in tezlik bilan boshqa uylarga ham o‘tgan va natijada 6 uy butunlay yonib kul bo‘ldi.

Bu uylar 2010 yil O‘sh voqealari chog‘ida kuyib ketgan va qayta tiklangan edi.

Uy egalarining aytishicha, 6 uyning hamda uy egalarining hujjatlari yong‘inda qolib ketgan.

Favqulodda xolatlar vazirligi ko‘chaga palatka o‘rnatib bergani bilan uning ichiga solib yashagani polos yoki ko‘rpa to‘shak xam qolmagan.

Uy egalari sahovatpesha insonlardan uylarini tiklab olishda yordam ko'rsatishlarini so‘rashadi.

Hozir mahalla ko‘y, qarindosh-urug‘ va tanish - bilishlar ularning yeb ichishidan va boshqa narsalardan habar olayotganiga ham guvoh bo‘ldik.

XS
SM
MD
LG