Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:35

Qashqadaryoda uch farzandning 31 yashar onasi o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘ldi, uy ham yonib kul bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qashqadaryo viloyat, Chiroqchi tuman, Chiyali QFY, Qozoq mahallasida yashagan 31 yashar ayol 26 avgust kuni kechqurun o‘ziga va uyiga o‘t qo‘yib halok bo‘ldi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan voqea guvohlarining aytishicha, ayol kechqurun uch bolasini tashqariga chiqarib, o‘ziga benzin sepib yoqib yuborgan.

Tuman ichki ishlar bo‘limidan Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra, 90 foiz kuyish jarohati olgan ayol 27 avgust kuni kasalxonada vafot etgan.

Chiroqchi tuman prokuraturasi mazkur voqea yuzasidan tergovoldi surishtiruvi olib bormoqda.

Chiroqchi tumanining Qozoq mahallasida yashagan 31 yashar ayolning (ayol va uning erining ism-sharifi Ozodlikka ma’lum – tahririyat) o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabarni ismi sir qolishini so‘ragan mahalladoshlaridan biri Ozodlikka aytdi:

“Bu ayolning o‘n yashar qizi, ikki va bir yashar bolasi bor edi. 26 avgust kuni kechqurun uchala bolasini hovliga chiqarib o‘ynanglar deganu, o‘zi uyning ichiga kirib ustiga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan.

“Bu ayolning o‘n yashar qizi, ikki va bir yashar bolasi bor edi. 26 avgust kuni kechqurun uchala bolasini hovliga chiqarib o‘ynanglar deganu, o‘zi uyning ichiga kirib ustiga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan. Bolalar ham bilmagan. Molini daladan olib kelayotgan qo‘shnisi uydan tutun chiqayotganini ko‘rib qolib, yugurib kirgan. U menga, qarasam, ayol devorga suyanib turgan holatda yonib yotibdi, voy ham, dod ham demadi, dedi. Darhol ko‘rpachani olib ayolni o‘rab o‘tni o‘chiribdiyu, uni yerga yotqizib, ayolning qaynotasiga xabar bergani chiqib ketibdi. Qo‘shnisining aytishicha, u paytda uy hali yonmagan edi”.

Mahalladoshning aytishicha, qo‘shnilar eriga telefon qilgandan so‘ng, u

Na artezian quduq, na hovuz bo‘lgani uchun o‘tni o‘chirishga hech qanday imkon bo‘lmadi.

“Er kelganda uy yonayotgan bo‘lgan. U bir amallab kirib, xotinini ko‘tarib olib chiqqan. Lekin uyni asrab qolish imkoni bo‘lmagan. Jazirama issiqda qizib turgan uy, lovullab yondi. Bu joyda hali na artezian quduq, na hovuz bo‘lgani uchun o‘tni o‘chirishga hech qanday imkon bo‘lmadi. Yangi qurilgan uy butunlay yonib, kul bo‘ldi, chordevori fundamentlari qoldi, xolos”.

Ayol qo‘shnilarning mashinasida zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan, ammo u o‘ziga kelmay 27 avgust kuni ertalab vafot etgan.

Chiroqchi tuman ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, ayol 90 foiz kuyish jarohati olganini aytdi.

Chiroqchi tuman prokuraturasining o‘zini tanishirmagan xodimi, bu holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakati olib borilayotganini aytdi.

Chiyali QFYning ismi sir qolishini so‘ragan mulozimlaridan birining aytishicha, ayol non yopib, bozorda sotish bilan shug‘ullangan. Uning eri esa mavsumiy ishlarda mardikorchilik qilgan:

“Ayolning o‘ziga o‘t qo‘yishiga eri bilan biror janjal sabab bo‘ldi, deb taxmin qilsak, bu ayol biror marta mahallaga erining ustidan arz qilib bormagan. Eri o‘sha kuni velosipedda bemalol yurganini odamlar ko‘rgan ekan. Er ham "men hech narsani bilmayman, nega bunday qilganini" degan gapini ushlab turibdi. Prokuratura tekshiryapti, o‘zlari oydinlik kiritsa kerak”.

Suvsiz mahallaga o‘t o‘chiruvchilar suvsiz keldi

Qozoq mahallasi Chiyali QFYga qarashli o‘n beshdan ortiq mahallalardan biri. Suv tanqisligi bois har bir oila o‘ziga artezian quduq (kachalka) qurdirib olgan. Bu ayolning oilasi ham endi quduq kavlata boshlagan edi.

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, chaqirilgan o‘t o‘chiruvchilar suvsiz kelgan:

"Uy yonayotganini ko‘rgan kimdir 01ga telefon qilgan. Chiroqchining markazidan 24 kilometrdan yetib kelgan pojarniylar qaerda suv bor, deb odamlardan so‘ray boshlashdi. Axir sizlar suv bilan kelmaysizlarmi, deyishsa, ko‘rsatinglar qaerda suv bor, o‘sha yerdan tortib kelib o‘chiramiz, deyishdi. Ular ketib, qaerdandir suv topib kelguncha uy yonib kul bo‘ldi".

O‘zbekistonda maishiy muammolar sabab, fuqarolarning o‘ziga o‘t qo‘yish holatlari uchrab turishi haqida Ozodlik bir necha bor xabar bergan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrdagi hukumat majlisida mamlakatda suiqasd holatlari "soat sayin" ortayotganini aytgandi.

Joriy yildan prezident farmoni bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

2019 yilning 18 may kuni Samarqand viloyat, Tayloq tumanidagi Sochak mahallasida yashovchi uch bolaning otasi, 33 yashar yigit kadastr xodimlari oldida ustiga benzin quyib, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Yigit olgan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi.

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi boshchiligida 14 dekabr kuni ertalab fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tayotgan paytda, 29 yashar Nozima Ergasheva o‘ziga o‘t qo‘ygan. Voqea guvohlarining aytishlaricha, ayol MIB xodimlari uning gaz quvurini asossiz kesib tashlagani, ikki oydan buyon uning arz-dodlariga hech kim quloq solmayotganidan shikoyat qilgan.

XS
SM
MD
LG