Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:21

"Mahalla" kanali binosidagi yong‘in ortidan telekanalning o‘nlab xodimi ishsiz qoldi


Yong‘in oqibatida tahririyat xonalari, texnik jihozlar, arxiv hujjatlari yonib kul bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida tahririyat xonalari, texnik jihozlar, arxiv hujjatlari yonib kul bo‘lgan.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Mahalla" kanali binosida ro‘y bergan yong‘in ortidan telekanalning o‘nlab xodimi ishsiz qolgan.

21 avgust kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hududidagi “Mahalla” telekanali joylashgan binoda yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Ammo, mahalliy matbuotda ushbu yong‘in yetarli yoritilmadi.

Ismi ochiqlanmasligini istagan telekanal xodimlaridan birining Ozodlikka aytishicha, yong‘in oqibatida ular ishlagan tahririyat xonalari, texnik jihozlar, arxiv hujjatlari yonib kul bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida zaruriy xujjatlarini, o‘z ishi, nonini yo‘qotgan xodimlarga hech qanday tushuntirish va yoki kompensatsiya ham berilmagan

- Xodimlarning 90% hozirgi kunda ishsiz qolgani holda, boshqa joydan ish qidirmoqdalar. Ish topganlari esa, hujjatlarini qayta tiklash uchun arxivma-arxiv sarson bo‘lmoqdalar....Yong‘in oqibatida zaruriy hujjatlarini, o‘z ishi, nonini yo‘qotgan xodimlarga hech qanday tushuntirish yoki kompensatsiya ham berilmagan..., - dedi telekanal xodimasi.

21 avgust kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hududidagi “Mahalla” telekanali joylashgan binoda yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Xodimlar yongan hujjatlarini qayta tiklash uchun arxivma-arxiv sarson bo‘layotganliklarini aytishmoqda.
Xodimlar yongan hujjatlarini qayta tiklash uchun arxivma-arxiv sarson bo‘layotganliklarini aytishmoqda.

Ammo, yong‘in oqibatida telekanal qanchalik zarar ko‘rgani haqda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi to‘liq ma’lumot bermadi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xodjayev telekanal saytida qisqa izoh bilan chegaralangan edi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xodjayevning telekanal saytidagi izohi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xodjayevning telekanal saytidagi izohi.

Yong‘in haqida matbuotda yetarli axborot berilmagani esa telekanal xodimlari orasida yong‘in "ataylab uyushtirilgan" degan farazlarni urchitgan.

- Ajablanarli hol shunda-ki, ushbu yong‘in haqida mahalliy matbuotda yetarli ma’lumot berilmadi. .... Huddi jinoyatni yo‘qotish uchun “rejalashtirilgan ssenariy” asosida qilinganday ...Yong‘in oqibatida telekanalda mavjud barcha me’yoriy xujjatlar, arxiv va boshqa zaruriy ashyolar yo‘q bo‘lib ketgan, - dedi telekanal xodimi.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Yong‘in telekanal binosiga kiraverishdagi oshxonadan boshlanib, binoning oxirigacha davom etgan.

"Mahalla" telekanali binosidagi yong‘indan so‘ng olingan surat.
"Mahalla" telekanali binosidagi yong‘indan so‘ng olingan surat.

Yong‘in elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.

Yong‘inda o‘lgan yoki tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Ammo, Ozodlik suhbatlashgan telekanal xodimlariga ko‘ra, kompyuterlar, telekameralar, televizorlar yonib kul bo‘lgan.

"Mahalla" телеканалидаги ёнғиндан сўнг
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

- "Mahalla" telekanali joylashgan binoning xonalari soni taxminan 30ga yaqin bo‘lib, ularning barchasi yondi. Har bir xona ichida kamida 3ta kompyuter, 1 televizor, 1 konditsioner va mebel jihozlari bo‘lgan, - dedi telekanal xodimi.

"Mahalla" telekanali binosi hozirgi kunda oppoq bo‘z bilan o‘ralib qo‘yilgan bo‘lib, u yerga hech kim kiritilmayapti.

O‘z ishini, xizmat vazifasini sevgan jurnalistlar ayni damda sarsongarchilikda va tushkun kayfiyatda kun o‘tkazmoqdalar... Telekanalda faqat arxiv ko‘rsatuvlar aylantirilyapti.

- O‘z ishini, xizmat vazifasini sevgan jurnalistlar ayni damda sarsongarchilikda va tushkun kayfiyatda kun o‘tkazmoqdalar... Telekanalda faqat arxiv ko‘rsatuvlar aylantirilyapti. Jurnalistlar nima qilishlarini bilmaydi, - dedi telekanal xodimlaridan biri.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbari yordamchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, yong‘in “Mahalla” telekanalining efir vaqtiga o‘z ta’sirini o‘tkazmagan.

Ammo, yonib ketgan binoda ishlagan xodimlarning taqdiri nima bo‘ladi? Ular endi qaysi binoda ish faoliyatini davom ettiradi?

Bu savolni telekanal rahbari yordamchisi javobsiz qoldirdi.

XS
SM
MD
LG