Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:30

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida otishma bo‘ldi, o‘lgan va yaralanganlar bor


Qirg‘izistonning otishma sodir etilgan Maksat qishlog‘i. Arxiv surat.
Qirg‘izistonning otishma sodir etilgan Maksat qishlog‘i. Arxiv surat.

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida sodir etilgan otishma oqibatida kamida to‘rt odam halok bo‘ldi va kamida 25 odam jarohatlandi. Tomonlar hodisada bir-birini ayblamoqda.

Қирғизистон-Тожикистон чегараси: Отишмада камида тўрт одам ҳалок бўлди, 25 одам жароҳатланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:05 0:00


Rasmiylarning bildirishlaricha, 16 sentabr kuni Qirg‘izistonning Laylak va Tojikistonning Bobojon G‘ofur tumani chegarasida sodir etilgan otishma kech soat 19da boshlanib, 21:30da to‘xtatilgan.

Ozodlik radiosi tojik xizmatining “Aziya Plyus” agentligiga tayanib xabar berishicha, hodisada uch nafar tojik chegarachisi – 1984 yilda tug‘ilgan podpolkovnik Rustam Uboydulloyev, 1998 yilda tug‘ilgan oddiy askar Ramazon Islomov va 2000 yilda tug‘ilgan oddiy askar G‘iyosiddin Suvonov halok bo‘ldi. Yana 12 nafar odam yaralangani aytilmoqda.

Ozodlik radiosi tojik xizmati hozircha bu xabar hukumat tomonidan rasman tasdiqlanmaganini, jurnalistlarning bu boradagi urinishlari samara bermaganini ta’kidlagan.

Qirg‘iziston Chegara xizmati otishmada 1978 yilda Toshkentda tug‘ilgan praporshchik Ravshan Mo‘minov halok bo‘lganini bildirdi. Qirg‘iziston tomoni Tojikiston chegarachilari granatomyotdan o‘t ochganini bildirmoqda.

-So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 13 odam jarohatlandi. Ulardan yetti nafari harbiy xizmatchilar va olti nafari mahalliy aholi vakillaridir. Harbiylardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Yaralanganlardan 11 nafari Bosh shtabning harbiy-transport samolyoti bilan Bishkekka olib ketiladi va o‘sha yerdagi kasalxonalarga joylashtiriladi, - dedi Qirg‘iziston Chegara xizmati rasmiy vakili Gulmira Bo‘rubayeva.

Tojikiston va Qirg‘iziston rasmiylari bildirgan ma’lumotlarda aytilishicha, otishma Qirg‘izistonning Maksat va Tojikistonning Ovchi Qal’acha qishloqlari tutashgan bahsli hududda sodir etilgan.

Ovchi Qal’acha jamoati boshlig‘ining o‘rinbosari Abduhamid Odinayev Ozodlik radiosi tojik xizmatiga hodisa 18:30larda boshlanganini aytdi. Unga ko‘ra otishmada kamida 12 nafar tojikistonlik jarohatlangan.

-Qirg‘iz tomoni sport maydonchasiga qurilish uchun shag‘al to‘ka boshlagani ortidan dahanaki janjal boshlanib ketdi. Mahalliy aholi juda g‘azabda edi, biroq janjal asta-sekin so‘na boshladi. Yarim soatlardan so‘ng qaerdadir o‘q otildi. “Tez yordam” mashinasi kasalxonaga 12 tojikistonlikni olib ketdi. Qancha odam yaralangani hozircha aniq emas, - dedi Abduhamid Odinayev.

Tojikiston Chegara xizmati mahalliy aholi o‘rtasida dahanaki janjal bo‘lgan hududga “Qirg‘iziston tomoni 250-300 kishidan iborat qo‘shimcha kuchlarni jalb qildi, shundan so‘ng ular provokatsion harakatlarni amalga oshirdi hamda Bahor mahallasining qurolsiz aholisiga qarab o‘q uzdi”, deb bildirdi.

Ammo Qirg‘iziston tomoni 16 sentabr kechqurun tarqatgan bayonotida Tojikistonni aybladi. Bayonotda aytilishicha, "Tojikiston chegarachilari Maksat chegara postiga birinchi bo‘lib o‘q otgan, shundan so‘ng ular Say postiga ham o‘q otganlar. Buning natijasida bir nafar qirg‘iz chegarachisi halok bo‘lgan".

16 sentabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan Tojikiston va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdilar.

Ayni paytda ikki davlatning yuqori darajali hukumat amaldorlari vaziyat keskinlashib ketmasligining oldini olish maqsadida muzokaralar o‘tkazayotgani xabar qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG