Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:16

19 yashar yigit halok bo‘ldi - Xo‘jaylida terimchilarni paxtaga olib ketayotgan "Damas" avariyaga uchradi


O‘zbekistonda odamlarning uzog‘ini yaqin qilayotgan Damas avtomashinalari
O‘zbekistonda odamlarning uzog‘ini yaqin qilayotgan Damas avtomashinalari

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida terimchilarni paxta dalasiga olib ketayotgan "Damas" avtomashinasi "Kobalt" avtomobili bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi.

Hodisa 22 sentabr, ertalab Xo‘jayli tuman kasalxonasi ro‘parasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan.

Xo‘jayli tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi avariyada bir kishi - 19 yashar yigit o‘lganini, "Damas" va "Kobalt" mashinalari ichida bo‘lgan o‘nga yaqin odam jarohatlanganini Ozodlikka tasdiqladi.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, "Damas" avtomobili ichida bo‘lgan terimchilardan biri halok bo‘lgan, qolganlar, shu jumladan "Kobalt" mashinasi ichida bo‘lgan haydovchi va sherigi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

"Damas"dagilar paxtaga ketayotgan bo‘lishgan. Ular orasida mening qarindoshim ham bo‘lgan, hozir kasalxonada yotibdi

- "Damas" ichida bo‘lgan bir odam o‘ldi, yana ikki odam og‘ir ahvolda reanimatsiyada yotibdi. "Kobalt" mashinasining ichida bo‘lganlar ham qattiq jarohatlandi. "Damas"dagilar paxtaga ketayotgan bo‘lishgan. Avariyaga uchraganlardan biri mening qarindoshim. Hozir kasalxonada yotibdi, shu menga aytib berdi, - dedi ismi ochiqlanmasligini istagan xo‘jaylilik yigit.

Suhbatdoshga ko‘ra, terimchilar hech qaerda ishlamaydigan odamlar bo‘lgan:

- Xo‘jaylida hokimiyatning oldidagi gimnaziyaning yoniga to‘plab, terimchilarni xo‘jaliklarga bo‘lishadi. Bularni "Nayman" fermer xo‘jaligi yerlariga paxta terishga jo‘natishgan. Hozir kilosiga 800 so‘mdan beryapti-da. Bular pul ishlaymiz, deb "Damas"da yo‘lga chiqishgan, kasalxonaning oldiga kelganda avariya bo‘lgan.

Xo‘jayli tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi avariyada bir odam o‘lgani, "Damas" va "Kobalt" mashinalari ichida bo‘lgan o‘nga yaqin odam jarohatlanganini Ozodlikka tasdiqladi.

Lekin, IIB navbatchisi avariyaga uchragan "Damas" mashinasi ichida terimchilar bo‘lganini tasdiqlay olmasligini aytdi:

- 2000 yilda tug‘ilgan yigit o‘lgan, qolgani jarohatlanib, bolnitsaga yotqizildi. Ular paxta terishga ketayotgan bo‘lganmi yoki boshqa joygami, buni bilmaymiz. "Damas" haydovchisi odam tashish bilan shug‘ullanar ekan, lekin odam tashishga litsenziyasi bo‘lmagan. Hozir bu bo‘yicha dastlabki surishtiruv ketyapti.

Xo‘jayli tuman kasalxaonasi vrachi Ozodlik savollariga javoban avariyaga uchragan odamlarga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgani, ularning ahvoli yaxshi ekanini aytdi.

- Hammasiga yordam ko‘rsatildi. Hammasi joyida, - deb suhbatni qisqa qildi Xo‘jayli tuman kasalxonasi vrachi.

Ozodlik Xo‘jaylida avariyaga uchrab, kasalxonaga tushganlarning o‘zlari bilan bog‘lana olmadi.

O‘zbekistonda har yili paxta mavsumi payti paxtaga majburan jalb qilingan ishchilar bilan turli baxtsiz hodisalar ro‘y bergani kuzatiladi.

O‘tgan yili Buxoroning Kogon tumanida terimchilarni paxtaga olib ketayotgan Isuzu avtobusida gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va yana 21 odam turli darajada jarohat olgan edi.

Ayrim viloyatlarda esa "Damas" haydovchilari paxta terimiga odam tashishga majburlanadi.

Andijon militsiyasi haydovchilarni paxta terish yoki hasharchilarni tashishga majburlagani haqda Ozodlik o‘tgan yili xabar bergan edi.

Xo‘jaylida terimchilarni olib ketayotgan "Damas" avtomashinasining avariyaga uchrashi esa 2019 yilgi paxta mavsumida Ozodlikka ma’lum bo‘lgan ilk fojiadir.

XS
SM
MD
LG