Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:52

OzodTa'sir: Moskvada o‘zbek muhojirlarini kaltaklagan politsiyachilarga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi


Ilhom Xolmatovning (suratda) oyog‘i singan va miyasi chayqalgan.
Ilhom Xolmatovning (suratda) oyog‘i singan va miyasi chayqalgan.

Moskva viloyatining Balashixa shahrida o‘zbekistonlik muhojirlar o‘tirgan kvartiraga bostirib kirgan va muhojirlarni kaltaklagan politsiyachilarga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi.

«Podmoskovye segodnya» nashrining Moskva viloyat politsiyasi matbuot kotibi Tatyana Petrovaga tayanib yozishicha, “bu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi har tomonlama va diqqat bilan o‘tkaziladi”.

-Politsiyachilarning aybdor ekani aniqlansa, ular ichki ishlar organlaridan ishdan bo‘shatiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari mazkur politsiyachilarning bevosita rahbarlari ham jazolanadi, - deb qo‘shimcha qildi Tatyana Petrova.

Ozodlik radiosi 24 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan hodisa to‘g‘risida maqola e’lon qilgan edi.

Maqolada aytilishicha, 20 sentabr, kech soat 10 larda o‘zbek muhojirlari o‘tirgan kvartiraga mahalliy politsiya bostirib kirgan. Ular bu xonadonda 10 kilo narkotik modda borligini iddao qilib, muhojirlarni kaltaklay boshlagan. Muhojirlardan ikki nafari 2- qavatdan sakrab, qochmoqchi bo‘lgan va og‘ir jarohatlar bilan reanimatsiyaga yotqizilgan.

Ikkinchi qavatdan qulagan ikki o‘zbekistonlik behush holatda pastda yotgan va ularni o‘tib ketayotgan tojikistonlik boshqa migrantlar ko‘rib qolib, "Tez yordam" chaqirgan.

"Tez yordam" kelishi bilanoq, migrantning kvartirasida bo‘lgan 3 politsiyachi pod’ezd ichkarisida kutib turgan boshqa sheriklari bilan hodisa joyidan qochib ketgan.

Moskva viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ozodlik radiosiga o‘zbek muhojirlariga qilingan hujum yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilishiga va’da bergan edi.

XS
SM
MD
LG