Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:39

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov militsiya bo‘limida besh soat ushlab turilgan


Xorazm viloyatdagi og‘riqli mavzularni ko‘tarishi bilan taniqli Davlatnazar Ro‘zmetov o‘tgan yil oktabr oyida "bezorilik" aybi bilan 7 kunga qamalib chiqqan edi.
Xorazm viloyatdagi og‘riqli mavzularni ko‘tarishi bilan taniqli Davlatnazar Ro‘zmetov o‘tgan yil oktabr oyida "bezorilik" aybi bilan 7 kunga qamalib chiqqan edi.

Paxtada majburiy mehnat masalasini yoritib kelgan xorazmlik jurnalist, "Jamiyat" ijtimoiy-siyosiy gazetasi​ muxbiri Davlatnazar Ro‘zmetov 5 oktabr kuni hibsga olingan. Urganch militsiya bo‘linmasida besh soat ushlab turilgan Ro‘zmetov keyin qo‘yib yuborilgan.​

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi jurnalistning rafiqasi Leninza Aliyeva turmush o‘rtog‘ining hibsga olingani haqida Ozodlikka ma’lum qilgan edi.

Meni organdagilar olib ketayapti", deb aytdi. Keyin unga bog‘lanib bo‘lmadi

- Bugun kunduzgi 11larda uydan chiqqanidan yarim soat o‘tar-o‘tmas Urganch shahridan telefon qilib, "meni organdagilar olib ketayapti", deb aytdi. Keyin unga bog‘lanib bo‘lmadi, - degan edi jurnalistning turmush o‘rtog‘i.

Ro‘zmetovning hibsga olinishi sabablari Ozodlikka ma’lum emas.

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati Ozodlik muxbirining Ro‘zmetov borasidagi murojaatini e’tiborsiz qoldirdi.

Leninza Aliyeva turmush o‘rtog‘i besh soat ushlab turilganidan so‘ng qo‘yib yuborilganini aytdi.

Davlatnazar Ro‘zmetov o‘z sahifasi orqali 23 sentabr kuni adolat izlab Toshkentga, IIV vaziri bilan uchrashishi uchun yaqinlari bilan Xorazmdan piyoda yo‘lga chiqqan shoir va jurnalist Mahmud Rajabning harakatlarini yoritgan edi.

Ro‘zmetov 5 oktabr kuni majburan ruhiy shifoxonaga yotqizilgan bloger Nafosat Olloshukurovaning yaqinlaridan biri bilan uchrashayotgan vaqti ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlab ketilgan.

Jurnalist tanishlaridan birining iddaosicha, 23 sentabr kungi yurish ishtirokchilariga Urganch shahrida tashlangan va videotasvirga tushgan noma’lum ayol 5 oktabr kuni Ro‘zmetovga provokatsiya maqsadida hujum qilgan.

Ro‘zmetov militsiya bo‘limida hech kim menga hujum qilmadi, deb tilxat yozib berganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Leninza Aliyeva turmush o‘rtog‘ining xibsga olingani ovoza bo‘lgani sabab uni qo‘yib yuborishganini tahmin qilmoqda.

Xorazm viloyatdagi og‘riqli mavzularni ko‘tarishi bilan taniqli Davlatnazar Ro‘zmetov o‘tgan yil oktabr oyida "bezorilik" aybi bilan 7 kunga qamalib chiqqan edi.

Jurnalist o‘shanda kasbiy faoliyati uchun jazolanganini aytgan.

Ro‘zmetov o‘zining Facebookdagi sahifasida O‘zbekistonda bo‘layotgan voqealarga faol fikr bildirishi bilan mashhur bo‘lgan.

Xorazmda ikki hafta ichida uchinchi hibs

23 sentabr kungi yurish ishtirokchisi Mahmud Rajab va uning yurishini yoritib borgan xorazmlik bloger Nafosat Olloshukurova 10 sutkaga qamalgandi.

Mahmud Rajab jazo muddatini o‘tagach 3 oktabr kuni ozod etildi.

Nafosat Olloshukurova esa 10 kunlik qamoq jazosini o‘tab bo‘lganidan so‘ng majburiy tartibda ruhiy shifoxonaga yotqizildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Nafosat Olloshukurovaning ruhiy shifoxonaga majburan yotqizilganini tasdiqlagan.

Xabarda aytilishicha, 26 sentabr kuni qamoq jazosini o‘tayotgan Olloshukurova ruhiy holatida o‘zgarishlar sezilgan.

Tez yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan uni viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketishgan.

"Viloyat ruhiy asab kasalliklar dispanseri tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga murojaat qilib, fuqaro N.Olloshukurova ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligini, unda «Psixopodobniy sindrom, poronayalniy sindrom» kasalligi alomatlari kuzatilganligi, o‘zi yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, uning nochorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi sababli, psixiatriya muassasasiga joylashtirishni so‘ragan", deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

Shundan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 30 sentabrda hal qiluv qaroriga asosan, Nafosat Olloshukurova g‘ayriixtiyoriy tartibda Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilgan.

XS
SM
MD
LG