Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:32

Maxfiy qaror: Islohotlarni qo‘llagan sayt va blogerlarga “moliyaviy rag‘bat”, qo‘llamaganiga “qonuniy chora”


O‘zbekistondagi "islohotlarni ijobiy yoritayotgan" blogerlarni rag‘batlantirish jarayonida ularning prezident bilan selfi tushishiga ham imkon yaratildi.
O‘zbekistondagi "islohotlarni ijobiy yoritayotgan" blogerlarni rag‘batlantirish jarayonida ularning prezident bilan selfi tushishiga ham imkon yaratildi.

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 4 sentabr sanasi bilan rasmiylashtirilgan maxfiy qarori ilovasining alohida bobi ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlariga qarshi kurash yo‘l-yo‘riqlariga bag‘ishlangan.

4437m maxfiy qarori va uning ilovasida berilgan topshiriqlar “diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish” maqsadini ko‘zlagan bo‘lsada¸“axborot xurujlariga qarshi tegishli choralar ko‘rish” ko‘lami mamlakatdagi nafaqat diniy¸ balki ijtimoiy-siyosiy¸ iqtisodiy vaziyatga oid ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Axborot xurujlariga qarshi kurashda prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)ga katta vakolatlar berilgan; mamlakatdagi kuchishlatar salohiyatiga ega tizimlar¸ xususan¸ DXX¸ IIV va Bosh prokuratura¸ shuningdek Adliya vazirligi va Oliy sud esa bu kurashda agentlikning asosiy hamkori etib belgilangan.

Maxfiy hujjatning ayni bobida berilgan aniq ko‘rsatmalar¸ nega ayrim sayt va faol blogerlarning AOKA rahbarlarining shaxsiy himoyasiga olingani¸ ayni paytda¸ shu kunlarda taqdiri muhokamada qolayotgan bloger Nafosat Olloshukurovaning nega jazoga tortilgani¸ qolaversa¸ mamlakatdagi vaziyatni tanqidiy ruhda yoritgan Togri.uz saytining nega to‘satdan yopilganiga bilvosita oydinlik kiritadi.

AOKAga “axborot tahdidlariga" qarshi kurashda ulkan vakolatlar berildi

Prezident maxfiy qarori ijrosi batafsil belgilab berilgan “Yo‘l xaritasi”ning IX bobi “Ijtimoiy tarmoqlarda (internet) axborot tahdidlariga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish¸ milliy¸ ma’naviy¸ madaniy qadriyatlarni targ‘ib qilish” deb nomlanadi.

Bu sohada qilinishi buyurilgan ishlar uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov mas’ul etib tayinlangan.

Bu vazifalarni bajarishda O‘zbekistonning eng qudratli tizimlari – DXX¸ IIV¸ Bosh prokuratura¸ Adliya vazirligi¸ Oliy sud Allamjonovning “hamkor tashkilotlari” etib belgilangan.

Maxfiy hujjatning bu bobida berilgan birinchi vazifa “diniy sohaga oid axborot xurujlarini barvaqt aniqlash va tegishli choralar ko‘rish”dir.

Shu maqsadda Allamjonov va uning kuchishlatar vakolatiga ega qudratli hamkorlariga quyidagi topshiriqlar yuklatilgan:

“1.Hamkor tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish va ish rejasini ishlab chiqish.

2.Internet va ommaviy axborot vositalarida berilayotgan sohaga oid materiallarni tahlil qilish va ma’lumot tayyorlash.

3.”Uz” domenida faoliyat yuritayotgan diniy-ma’rifiy mazmundagi Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda radikal tashkilotlar g‘oyalariga ilmiy asoslangan raddiyalarni tizimli ravishda joylashtirib borish”.

Bu topshiriq ijrosiga davlat kuchishlatar tizimlari bilan bir qatorda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita¸ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham jalb etilgan; uni bajarish uchun 10 sentabrdan dekabrga qadar muddat berilgan.

Maxfiy hujjatda axborot xurujlariga qarshi qilinishi lozim yettita katta vazifa topshirilgan.
Maxfiy hujjatda axborot xurujlariga qarshi qilinishi lozim yettita katta vazifa topshirilgan.

Bloger qarshisidagi tanlov – shirinkulcha yoki kaltak?

Jamoatchilik¸ xususan¸ xorij hukumatlariga o‘zini O‘zbekistondagi matbuot erkinligi uchun faol kurashchi qilib ko‘rsatib kelayotgan Komil Allamjonov va uning agentligiga topshirilgan yana bir turkum vazifalar blogerlar faoliyati bilan bog‘liq.

Ijrosi 10 sentabrdan boshlangan bu vazifa “ijtimoiy tarmoq va internet messenjerlari orqali ijtimoiy-siyosiy¸ iqtisodiy va diniy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan asossiz va uydirma ma’lumotlarni tarqatib kelayotgan blogerlar faoliyatiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish”dir.

Shu maqsadda AOKA rahbari va uning bu vazifa ijrosidagi hamkorlari – O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi¸ Nodavlat elektron OAVlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligiga quyidagilar buyurilgan:

1.Ijtimoiy tarmoq va internet messenjerlarida diniy mavzularda fikr bildiradigan bloger va influenserlar sahifalarining monitoringini olib borish.

2.Blogerlarning milliylik¸dunyoviylik masalalari bo‘yicha hamda huquqiy bilim va saviyasini oshirish uchun doimiy davra suhbati¸uchrashuv va seminar-treninglarni tashkil etish.

3. Ijtimoiy-siyosiy¸ iqtisodiy va diniy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan asossiz va uydirma ma’lumotlarni tarqatib kelayotgan blogerlarga qonuniy chora ko‘rish tizimini shakllantirish.

4.Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchi blogerlar faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish”.

Maxfiy hujjatda berilgan vakolatlar bilan AOKAga O‘zbekiston media maydonidagi saytlardan tortib to profillarga qadar hammasining taqdirini hal qiladigan qudratli idoraga aylandi.
Maxfiy hujjatda berilgan vakolatlar bilan AOKAga O‘zbekiston media maydonidagi saytlardan tortib to profillarga qadar hammasining taqdirini hal qiladigan qudratli idoraga aylandi.

Bloklanadigan sayt¸ profil va kanallarning “qora ro‘yxati”

AOKA va uning rahbari Komil Allamjonovga yuklangan navbatdagi vazifa “terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi axborot resurslarini bloklash va o‘chirish choralarini ko‘rish”dan iborat.

Shu maqsadda AOKA Din ishlari bo‘yicha qo‘mita¸ Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi¸ Bosh prokuratura¸ DXX¸ Oliy sud va Adliya vazirligi bilan 20 sentabrdan dekabrga qadar quyidagilarni amalga oshiradi:

“1. Terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilayotgan veb-saytlar¸ profillar va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar ro‘yxatini tuzish va aniqlangan materiallar yuzasidan sud idoralariga ma’lumot taqdim etish.

2. Sud qaroriga asosan terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi axborot resurslarini bloklash va o‘chirish choralarini ko‘rish.

3.Sud qaroriga asosan O‘zbekiston hududida tarqatilishi man qilingan ekstremistik va terrorchilik g‘oyalari targ‘ib qilinayotgan resurslar ro‘yxatini OAVlarida e’lon qilib borish”.

Saytga qarshi sayt¸ profilga qarshi profil bilan kurash rejasi

2019 yilning 4 sentabr sanasi bilan rasmiylashtirilgan prezident maxfiy qarorida AOKA va uning DXX¸ IIV¸ Bosh prokuratura¸ Oliy sud va Adliya vazirligi kabi hamkorlari tomonidan “ijtimoiy-siyosiy¸ iqtisodiy va diniy vaziyatni beqarorlashtirishga” urinayotgan deb topilganlarni jazolash bilan ayni paytda¸ hukumat siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilarni mukofotlab borish ham buyurilgan.

Maxfiy hujjatda yana AOKA va hamkorlariga “aholini ishonchli ma’lumot bilan ta’minlash va axborot muhitini sog‘lomlashtirish maqsadida milliy domendagi internet saytlari bilan profilaktik tadbirlar tashkil qilish” topshiriladi.

Bu vazifa esa¸ “internet saytlari bosh muharrirlari va jurnalistlari bilan “profilaktik-tushuntirish” va ular uchun seminar-treninglar uyushtirish va berilgan topshiriqlarni bajargan sayt va kanallarni mukofotlashni o‘z ichiga oladi:

“Internet makonida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy yoritib borayotgan sayt¸ akkaunt¸ profil va kanallarga maxsus grantlar taqdim etishni joriy qilish”.

“Qonuniy chora” ko‘rilgan bloger¸ yopilgan sayt

Prezidentning 4437m sonli maxfiy qarori nusxasi Ozodlik ixtiyoriga kelgan ayni kunlarda O‘zbekistonda jamoatchilikka tanilib ulgurgan mustaqil bloger va mahalliy domendagi mustaqil sayt bilan bog‘liq shov-shuvli voqea sodir bo‘ldi.

Sentabr oxirida jurnalist Mahmud Rajab va qarindoshlarining Toshkentga piyoda boshlagan norozilik yurishini yoritgan mustaqil bloger Nafosat Olloshukurova avvaliga 10 kunga qamaldi¸ tutqunlikdan chiqishiga sud hukmi bilan majburan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Olloshukurovaga nisbatan ilk “qonuniy chora” AOKAga “ijtimoiy-siyosiy¸ iqtisodiy va diniy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan asossiz va uydirma ma’lumotlarni tarqatib kelayotgan blogerlarga qonuniy chora ko‘rish tizimini shakllantirish” uchun muhlat berilgan 10 sentabrdan ikki hafta o‘tib qo‘llanildi.

Asosan huquq tizimlaridan norozi oddiy odamlar haqida ijtimoiy tarmoqda ma’lumot berib kelgan 32 yashar Olloshukurova Ma’muriy javobgarlik kodeksining"Mayda bezorilik"¸ "Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish" va "Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar¸ mitinglar¸ ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish"ga oid moddalari bilan jazolandi.

Uning ruhiy kasallar shifoxonasiga majburan yotqizilishi ham “qonuniy” qilindi – Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra¸ prokuratura bu haqda sanksiya berdi.

“Qonuniy jazo” qo‘llangan Olloshukurova ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan qoralov kampaniyasi davomida “prezident blogerlarni qo‘llab turgan bir paytda norozilik yurishini yoritgan axmoq”qa¸ shuningdek “O‘zbekiston tinchligini ko‘ra olmayotgan buzg‘unchi”ga chiqarildi.

Ozodlikka prezident maxfiy qarori ijrosining butun respublika bo‘ylab barcha frontlarda borayotganini bilvosita tasdiqlovchi xabarlar kelayotgan ayni kunlarda¸ O‘zbekistondagi vaziyatni mustaqil va tanqidiy ko‘z bilan yoritishga uringan yana bir sayt To’gri.uz yopildi.

Bu saytda ishlagan bloger va jurnalist Xurshid Yo‘ldoshevning Facebookda yozishicha¸ “moliyaviy muammolar bois muasssis tomonidan yopilgani” iddao qilinayotgan bu sayt¸ AOKA bosimiga uchragan¸ Allamjonov tomonidan “ma’lum bir shaxslar manfaatiga xizmat qilayotganlikda” ayblangan.

Jurnalist¸ shuningdek¸ o‘quvchilari soni muttasil oshib borayotgan yangi saytga bevosita AOKA tomonidan ikki marta bosim bo‘lganini ochiqladi.

Togri.uz’ga faqat ikki marta tashqaridan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va saytdagi bir-ikki xabarni o‘zgartirish so‘ralgan. Har ikki qo‘ng‘iroq ham AOKAdan bo‘lgan. (Birinchi qo‘ng‘iroq blogerlar haqidagi maqolani olib tashlash¸ ikkinchisi prezident qizi – AOKA rahbari o‘rinbosarining unga yoqmagan rasmini olib tashlash haqda bo‘lgan – tahr.)

Rasmni o‘chirtirishga yoki o‘chirishni so‘rashga qonuniy asos yo‘q edi, bo‘lganda ham o‘sha qonuniy asos keltirilmadi. AOKA biror narsani o‘chirishni so‘rashga haqqi bor, albatta. Ammo qonuniy asosni ko‘rsatib, shunchaki matbuot kotibining Telegramda yozishi bilanmas”¸ deb ëzdi o‘zi ham bir muddat AOKA ishlab¸ uning qanday vakolatlari borligidan xabardorligini ta’kidlagan Yo‘ldoshev.

Ozodlik 16 oktyabrь kuni gaplashgan O‘zbekistondagi sanoqli mustaqil blogerlar¸ bundan buën “erkinlik doirasining yanada torayib borishi” xususida xavotir bildirdi.

Sekulyar elita din bilan ishlashga munosib modelni boshidan topa olmagan edi. Shuning uchun Karimovning repressiv siësatiga qaytish faqatgina vaqt talab qildi. Boshqacha ishlashni bilishmaydi. Bularning hammasi kutilgan narsalar”¸ deb sharhladi O‘zbekiston axborot hududidagi bloger va saytlarni ikkiga – hukumat islohotlarini qo‘llovchilar va vaziyatni beqarorlashtirishga urinuvchilarga ajratish siësatini sharhlagan taniqli blogerlardan biri.

XS
SM
MD
LG