Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:43

Ipoteka-Bankning noto‘g‘ri tajribasi mingdan ortiq xodimning ishdan ketishiga sabab bo‘ldi


Ozodlikka O‘zbekiston Ipoteka-Bank ATIBda ishlayotgan bir guruh xodimlar nomidan kelgan maktubda, bankda bo‘layotgan o‘zgarishlar natijasida 1000dan ortiq ish o‘rni qisqartirilib, noroziliklarga sabab bo‘layotgani haqida yozilgan.

Matn tahrirsiz, imlosi va stilistikasi saqlangan holda berilmoqda.

Bank o‘z ish jarayoniga strategiyasi ishlab chiqilmagan, moddiy bazasi yaratilmagan, xodimlarning manfaatlari hisobga olinmagan yangilik kiritmoqchi bo‘ldi. Bu esa bankda xaosni keltirib chiqardi. Mingdan ortiq odam o‘z ish o‘rnidan ajrab qolish arafasida. Biz, bir guruh bank xodimi bu jarayonni analiz qilib, Ozodlikka yetkazishga qaror qildik.

Transformatsiya nima o‘zi?

2017 yil 7 sentabr kuni Bosh vazir A. Aripov tomonidan XMK va Ipoteka bank o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, institutsional transformatsiya qilish, bank aksiyalarini sotish va hokazo vazifalar belgilangan. Shulardan 2017 yilning 20 sentabrida kelishuvga asosan institutsional transformatsiya uchun 425 000 AQSh dollari evaziga, keyinchalik 2018 yil 12 sentabrdagi kelishuvga ko‘ra 1 000 000 AQSh dollari miqdorida ko‘rsatilgan konsultatsion xizmatlar uchun haq to‘lashni ko‘zda tutuvchi shartnoma tuzilgan. Unga ko‘ra barcha xizmatlar 2019 yilning 31 dekabriga qadar ko‘rsatilishi va tanlab olingan pilot filialda tajriba sifatida sinash, muvaffaqiyatli chiqsa 2020 yilning boshidan qolgan filiallarda joriy etish belgilangan. Lekin...

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi(XMK) bizga nima berdi?

Bugungi kunda filiallarga mazkur hujjatlarning 30% ham rasmiy ravishda jo‘natilmagan


Birma bir ko‘rib chiqaylik. 2018 yil 12 sentabrdagi kelishuvning Dopolnenie I bo‘limida jami 14 hil yo‘nalishda XMK ko‘mak berishi ishlab chiqilishida qatnashishi va xujjatlar bank kollegial organida tasdiqdan o‘tkazib filiallarga ijro uchun tushirilishi lozim edi. Bugungi kunda filiallarga mazkur hujjatlarning 30% ham rasmiy ravishda jo‘natilmagan, balki hali ishlab chiqilmaganlari ham bordur. Lekin shunga qaramay Pilot filial oxiriga yetmay transformatsiya jarayonlarini o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborildi.

Asoslanmagan shtatlar qisqartirishlari amalga oshirildi

Filiallar topshiriqlarni bajara olmay seytnot holatiga tushib qoldi


Xodimlarning ruhlantirish o‘rniga battar ruhan cho‘ktirishga qaratilgan ishlar olib borildi. Dasturiy ta’minotni joriy qilmay, ish yuklamalarini kamaytirmay, ish samaradorligini oshirmay qilingan bu pala-partish siyosat natijasida, filiallar topshiriqlarni bajara olmay seytnot holatiga tushib qoldi. Buni falajlanish deb atasa ham bo‘ladi. Bunga hali yana qaytamiz...

Bosh bankning yangi strukturasi, bloklar o‘rtasidagi jang

Bu jarayonlarga panja ortidan qaralishi natijasida anarxiya yuzaga keldi


Barcha jonzotlarda kuzatilgani kabi insoniyatda ham yashash uchun kurash qonuni amal qiladi. Bosh bank strukturasi qayta tuzilishi va funksiyalar qayta taqsimlanishi, yangi vazifalarni qo‘shilishi og‘riqsiz o‘tadigan jarayon emas albatta. Shu jarayonni tartibli o‘tkazish bank Boshqaruvining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu jarayonlarga panja ortidan qaralishi natijasida anarxiya yuzaga keldi. Filiallarning masalalarini hal etishdan ko‘ra o‘zaro urush, hodim va mansab talashish kabi illatlar bolaladi. Natijada filiallarda Bosh bank bilan aloqador masalalar bo‘yicha mijozlarning ehtiyojini to‘liq qondira olmaslik holatlari ko‘paydi. Bosh bank va filial o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishbilarmonlik muhitiga darz ketdi.

Filial kim va qaysi boshqarma bilan ishlay olmay xunobi oshdi. Telefonlarga yozilgan xatlarga reaksiya qilinmadi. Biznes bloki(Flagman) rahbariyatga yolchimaydi. Oyligi 2000$ lik xodimlar boshqarmasi boshlig‘i nima bilan shug‘ullanayapti bilmadik. Rais qaerga qarayapti? O‘zi bankni boshqarayaptimi yo‘qmi? Eshitishni biladimi?

Butun bank va filiallar falaj bo‘lib qoldi

Yangi server kelsa hammasi yaxshi bo‘ladi, programma tez ishlaydi degan xom xayol ekan


Amalga oshmayotgan va orqaga ketishga sabab bo‘layotgan faktlar Transformatsiya jarayoni puxta ishlab chiqilmagani butun bosh bank va filiallarni falaj qilib qo‘ydi Yangi server kelsa hammasi yaxshi bo‘ladi, programma tez ishlaydi degan xom xayol ekan. 1,3 mln. dollarga kelgan server hech narsani tezlashtirmadi. Gap boshqa yoqda demak. Uzkard terminali, bankomatini olib bera oladigan mard yo‘q. Defitsit hisobiga(o‘rtacha har bir filialga 150-200 ta terminal) yangi mijoz jalb qilib bo‘lmayapti. Yana 3 oy kutish kerakka o‘hshaydi. Xizmat ko‘rsatish sifati yo‘qolganligi oqibatida yillar davomida xizmat ko‘rsatilgan mijozlarning e’tirozi o‘rinli va ketib qolishiga asosiy sababdir.

Kreditlash 25 sentabrdan deyarli barchasi yopib qo‘yilgan. Mikroqarz to‘htatilgan. O‘ylanmay juda ko‘p noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinyapti. Kreditni markazlashtirish siyosati olib borilib, kreditlash faqat Bosh bank orqali amalga oshirilmoqda, bu PQ-3620 qarorga mutlaqo zid. Hodimlar o‘rtasida muhit ayanchli ahvolda, bir komanda bo‘lib ishlash yo‘q, faqat rais olib kelgan odamlar va eski ipoteka bank hodimlari 2 ta frontga ajralib olishgan. Rais vaziyatni faqat tomoshabin sifatida kuzatish bilan ovora.

Pilot haqida bir og‘iz so‘z

Qo‘ychivon ko‘paydiyu qo‘ylar harom o‘ldi


Pilot sifatida Toshkent shaharning Yunusobod filiali tanlandi. Umrida filialda ishlab ko‘rmagan, past balandini tushunmaydigan bosh bank hodimlaridan iborat guruh filialda o‘zi hohlagan og‘zaki topshiriqlarni berar, ertasi kuni boshqasi kelib buni nega bunday bajarayapsan deb urushib o‘zini yo‘liga solar, kunlar shu zaylda o‘tib borar edi. Chunki aniq tasdiqlangan rasmiy hujjat yo‘q edi. Bu bank Boshqaruvining katta hatolari sifatida tarixdan joy olsa kerak. Bora bora har hil topshiriqlardan filial hodimlari ma’nan, ruhan charchab aytilgan topshiriqlarni bajarmay qo‘yishdi. Qo‘ychivon ko‘paydiyu qo‘ylar harom o‘ldi. Bizga ma’lumki, biron loyihani amalga oshirishda hatolikka yo‘l qo‘yilsa qaysi bosqichida aniqlanishiga qarab harajatlar ko‘lamiga baho beriladi. Agar loyihalashtirish bosqichida aniqlansa 1% harajatga tushiladi. Agar loyihani sinash jarayonida(razrabotka) aniqlansa 10% harajatga tushiladi. Agar joriy qilish(vnedrenie) jarayonida aniqlansa 100% harajatga tushilishi iqtisodiy adabiyotlardan ma’lum.

Demak, Yunusobod filialida to‘g‘irlanmagan kamchilik qolgan barcha 38 ta filialga joriy etila boshlandi. Buni “meva”sini ko‘ryapmiz. RMO guruhi rahbari Farrux kuyunib aytganda ko‘pchilik e’tibor bermagan bunga. Bu boshqaruvning navbatdagi hatosi. Poydevor bu dasturiy ta’minot. Shu asosga qurilmas ekan bu tizim ishlamaydi. Ish samaradorligiga erishilmay qilingan qisqartirishlar bugun bizga kerak deb olib qolgan xodimlarimiz zimmasiga tushgan. Uni hech kim bu ishlardan ozod qilgan emas. O‘qitish muammosi. Bu eng muhim jarayon. Agar tasdiqlangan xujjatlar hayotiy bo‘lsa.

Tankalariga ishonadigan vallomatlar bankni orqaga tortayapti

Rahbar Ipotekabankni tizimini sekinlatib emas ishni butunlay to‘xtatib qo‘ydi


Ammo Xukumat tomonidan imzolangan Halqaro Moliya Korporatsiyasi bn imzolangan va berilgan vazifalarga tizimni yo‘lga qo‘ymasdan 1000dan ortiq xodimlarni sokrashcheniya qilib bank tizimini uzgartiraman deb mijozlarni sarsongarchilikka va noqulay xizmat ko‘rsatishga olib kelish degani emas. Yoki bu Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan berilgan topshiriqmikan? 3 yil davomida o‘zi nima qildi XMK? Birinchi odamlarni ko‘chada qoldirib, O‘zbekistonda ishsizlarni sonini oshirishmikan, bank tizimini o‘zgartiraman deb Xaos yaratib bor tizimni xam ichidan parchalashmikan ularni niyati. Balkim Bizning rahbarlarimiz xaliyam o‘zini ko‘rsatish maqsadida sochini olib kel desa boshi bilan olib kelishyaptimikan. Pastni ko‘rgan, oddiy xodimni dardini eshitadi. Ammo Ipoteka bank rahbarlari bunaqa emas. Osmondan tushgan, dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan, orqasidagi Prezident apparatidan tankalariga ishonadigan vallomatlar bankni orqaga tortayapti. O‘zini o‘rinbosarlarini boshqa o‘rinbosari orqali gapini eshitadigan rahbar Ipotekabankni tizimini sekinlatib emas ishni butunlay to‘xtatib qo‘ydi. Ish tizimi yurmayapti, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muammolar yetarlik va xal qiladigan odamni o‘zi yo‘q.

Xodimlarni sokrashcheniya qilganlik oqibatida, qolgan xodimlar ish xajmi ko‘payganligi tufayli soat 18dan keyin xam qolib ishlashga majbur, optimizatsiya jarayoni filiallarda boshlanganligi uchun xodimlar yetishmovchiligi va ularni yangi tizimda ishlashni o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovsiz majburiy xolda shanba va yakshanba kunlari seminarlar, o‘quv treninglar qilgan xolga jalb qilinmoqda.

Eplay olmasangiz joyni bo‘shating


Savol: Bosh bank hodimlarini va filiallarni chetdan kelib, pul to‘lab kimdur o‘qitdimi, filiallardanchi, o‘quv materiallari prezentatsiyalari bo‘ldimi? O‘zi o‘qimagan odam qanday filialda o‘qitadi? Qachon o‘qitadi? Soat 17 dan keyin charchagan miya qabul qiladimi? Yoki sokrasheniyaga tushgan xodimning yuklamasiniyam qilishga ulgura olmayotgan muammosi yetarli emasmi xodimga? Xullas harajatsiz harakat nolga teng. Bosh bank tomonidan keti tugamaydigan hisobotlar Rais menga iqtisodiy tahlilchi, otchet qiladigan statist kerak emas. Bitta knopka bilan kerakli otchetni chiqarib olaman deganlar. Shtatni qisqartirdingizmi mard bo‘lib, BITTA knopkang bilan chiqarib olavering hisobotlaringizni, filiallarni qiynamay. Eplay olmasangiz joyni bo‘shating!

Bir guruh bank xodimlari

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Bu ruknda berilgan materiallar mualliflari qarashlari Ozodlik qarashlariga mos kelmasligi mumkin.​

XS
SM
MD
LG