Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:24

Tarbiyachining bolalarni kaltaklashi videoyozuvga tushdi. Onalar chora ko‘rilishini so‘ramoqda (VIDEO)


Кузатув камералари боғча болаларини калтакланишдан ҳимоя қила олмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:45 0:00

16 oktabr kuni kuzatuv kamerasiga yozilgan videotasvir.

Ozodlikka taqdim etilgan videotasvirlarda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan.

Videolarni Ozodlikka jo‘natgan ota-onalarning iddaosicha, ular (videotasvirlar) Xorazm viloyat, Urganch tuman markazida joylashgan 2-MTM da keyingi 10 kun davomida kuzatuv kamerasiga tushgan.

Ota-onalarning aytishicha¸ kuzatuv kamerasi xotirasida saqlanadigan 15 kunlik yozuvlarda 4 yashar bolalar guruhiga tarbiyachilik qilayotgan Sevara Sultonovaning bolalarni chizg‘ich bilan urishi¸ qattiq chimchilashi¸ shuningdek, bolalarga ovqat bermasdan¸ soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan.

Ozodlik gaplashgan ota-onalar¸ bunday tasdiqlarga qaramay¸ tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarini tarbiyachiga tegishli chora ko‘rish va uni bolalar tarbiyasidan chetlatish so‘rovini pisand qilmay kelayotganlikda aybladi.

Sevara Sultonova ​Ozodlikka “Manga qarang¸ davlatning bog‘chasi deb mani kim yomonlag‘an bo‘lsa¸ man shu odam bilan o‘zim gaplashajak yerimda gaplashaman. Bo‘ldi endi” dedi.

Na Maktabgacha ta’lim vazirligi va na uning hududiy bo‘limlari axborot xizmatlari raqami jamoatchilikka ochiqlanmagani bois¸ Ozodlik bu tizim mutasaddilari bilan bog‘lanib¸ ulardan izoh olishga muvaffaq bo‘la olmadi.

Bog‘chadan momotaloq bo‘lib qaytayotgan bolalar

Ozodlikka Urganch tumanidagi 2-bog‘chada bolalarning kaltaklanishi surunkali tus olgani haqida xabar yuborgan ota-onalar o‘zlari va bolalari shaxsi ochiqlanmasligini so‘radi.

Bolamiz bog‘cha opa haqida shikoyat qilsa¸ bu bog‘chada ularni yanayam qattiq jazolashadi. Qizchalardan bittasi tarbiyachi o‘zini rasm chizishga qo‘ymasdan¸ yakkalagani haqida onasiga aytib bergan. Onasi bog‘chaga borib bu haqda shikoyat qilsa¸ o‘sha qizchani qo‘rqitib¸ bir kun ovqat bermasdan jazolashgan. 3 yashar bolalarga stul ko‘tartirib¸ ovqat bermagani haqida shikoyatlar bo‘ldi. Oxiri¸ bolaga battar bo‘ldi. Bolalarimizni yanayam yomonroq jazolashlari mumkinligidan ismimizni ochiqlashni istamaymiz”¸ deb izohladi bunday so‘rov sababini Ozodlikka gapirgan onalardan biri.

Ozodlikka yuborilgan videoyozuvlarda 20 nafardan oshiq bola qaramog‘iga topshirilgan yosh ayolning¸ avvaliga ularni qarovsiz qoldirgani¸ so‘ngra esa hammasini bir chekkadan chizg‘ich bilan urib chiqqani aks etgan.

Bog‘chada o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasi bu voqealardan birining 16 oktyabr kuni tonggi soat 9 dan boshlanganini ko‘rsatadi.

Bolam uyga hadeb qo‘l-oyoqlari ko‘karib kelaverdi¸ so‘rasam¸ gapirishga qo‘rqadi. Bog‘chada ularni uyga borib bog‘chadagi narsalarni aytsang¸ jazo olasan¸ deb qo‘rqitisharkan. Boshqa bolalarning onalari bilan gaplashsam¸ ular ham bolalarining momotaloq bo‘lib kelganini aytdi. Biz to‘planib bog‘cha mudirasi Laylo Qodirovaning oldiga bordik. Videokameradagi yozuvlarni oldirib¸ bizga ko‘rsatishni talab qildik. Kamera xotirasiga 15 kunlik yozuv sig‘arkan¸ ko‘rsak¸ Sevara Sultonova bolalarimizmi bo‘lar-bo‘lmasga lineyka bilan urarkan¸ ularni qattiq chimchilarkan. Tarbiyachi asosiy vaqtini gap sotish va telefonda o‘tirish bilan o‘tkazarkan” dedi 2-bog‘chaga qatnovchi bolalardan yana birining onasi.

Ozodlik gaplashgan ota-onalar¸ tarbiyachining noqonuniy hatti-harakatlari videotasdig‘ini topganiga qaramay¸ unga hech kim chora ko‘rmayotganidan qattiq tashvishda ekanlarini aytdi:

Sevara Sultonovaga mudiraning kuchi yetmayapti¸ uni tuman MTB boshlig‘i Dilfuza Bekiyeva qo‘ygan va hamma narsani bosti-bosti qilayapti. Bu ayolni bolalarning yaqiniga yo‘latish mumkin emas. Lekin shikoyat qilganni “u qilaman¸ bu qilaman¸ orqamda odamlarim bor” deb qo‘rqitadi”. Hokimlikdan to MTB rahbarlariga qadar bu tarbiyachiga chora ko‘rishni istamayotir” dedi Ozodlik gaplashgan onalardan biri.

2-bog‘cha kuzatuv kamerasi yozuvlaridan nusxa olingani aytilgan videotasvirlarda Sultonovaning boshqa kunlari ham qo‘lida lineyka bilan bolalarni urishi¸ hatto rasm chizib jim o‘tirganlarni ham urib ketishi aks etadi.

Tarbiyachi bilan telefon suhbati – “xo‘jayinning tahdidi”

Ozodlik 3-4 yoshdagi bolalarga nisbatan bunday munosabatni izohlashini so‘rab¸ Urganch tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Sevara Sultonovaning o‘zi bilan bog‘landi.

Ozodlik savolini eshitgan Sultonova¸ uni darhol erkak kishiga uzatdi.

O‘zini “man Sevaraning ari Sultonboyman”¸ degan erkak Ozodlik muxbiriga sansiragan holda do‘q qilishga o‘tdi.

Qaysi jurnalist bo‘lsangam Xorazma¸ Urgancha bir gal¸ san bilan zakonniy gaplashib olamiz”¸ dedi jumladan Sultonovadan so‘ralgan savolga po‘pisa bilan javob qilgan erkak.

Ozodlik muxbirining savol Sultonovaning davlatga qarashli maktabgacha ta’lim muassasasidagi faoliyati bilan bog‘liqligi va bu savolga uning o‘zi javob berishi lozimligini tushuntirishi ortidan telefonni yana Sultonovaning o‘zi oldi.

Manga qarang¸ davlatning bog‘chasi deb mani kim yomonlag‘an bo‘lsa¸ man shu odam bilan o‘zim gaplashajak yerimda gaplashaman. Bo‘ldi endi” deb suhbatni uzib qo‘ydi Sevara Sultonova.

Bu suhbat ortidan Ozodlik qayta bog‘langan urganchlik onalar¸ Sultonovaga e’tiroz bildirganlarning hammasi shu taxlit tahdid va po‘pisaga uchrashini ta’kidladi.

Jamoatchilikka yopiq vazirlik

Ozodlik 24 oktabr kuni O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilaridan bu voqeaga izoh olishga harakat qildi.

Bu harakat davomida na vazirlik mutasaddilari va na uning axborot xizmati¸ prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi talablariga qaramay OAVlar uchun yopiq qolayotgani ayon bo‘ldi.

Ayni shuningdek¸ vazirlikning na Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi va na Urganch tuman bo‘limi telefon raqamlari ochiq manbalarda mavjud emas.

Vazirlik va uning bo‘limlari uchun berilgan yagona ishonch telefoniga ajratilgan raqamlar (+998 71 239 33 79/ +99862) 12-34-456 ) yo tarmoqda yo‘q¸ yoki hech kim ko‘tarmaydigan bo‘lib chiqdi.

O‘zbekiston prezidentining ikkinchi qizi Shahnoza Mirziyoyeva joriy yil Maktabga ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Vazirlik va uning rahbarlari mamlakat maktabga ta’lim tizimini tubdan isloh etish¸ uni rivojlangan davlatlar¸ xususan¸ Janubiy Koreya modeliga yaqinlashtirish haqida gapirib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG