Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:50

OzodTa'sir: Vazirlik bolalarni urgani videoga tushgan tarbiyachi ustidan prokuraturaga murojaat qilmoqchi


Кузатув камералари боғча болаларини калтакланишдан ҳимоя қила олмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:45 0:00

16 oktabr kuni kuzatuv kamerasiga yozilgan videotasvir.

25 oktabr kuni soat 16:00 da Urganch tumanidagi 2-son bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari, MTM Kuzatuv kengashi a’zolari, viloyat prokuraturasi, kasaba uyushmasi, ichki ishlar idorasi vakillari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi belgilandi. Yig‘ilish videotasvirga olinadi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmatining bu bayonotini O‘zA axborot agentligi e’lon qildi.

  • 24 oktabr kuni Ozodlik radiosi Urganch tumani 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Sevara Sultonova o‘zi rahbarlik qiladigan guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatayotgani aks etgan videolarga asoslanib vaziyatni o‘rgangan va maqola e’lon qilgan edi.
  • Ota-onalar Ozodlikka taqdim etgan videoyozuvlarda 4 yashar bolalar guruhiga tarbiyachilik qilayotgan Sevara Sultonovaning bolalarni chizg‘ich bilan urishi¸ qattiq chimchilashi¸ shuningdek, bolalarga ovqat bermasdan¸ soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan.
  • Ozodlik gaplashgan ota-onalar¸ bunday tasdiqlarga qaramay¸ tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarini tarbiyachiga tegishli chora ko‘rish va uni bolalar tarbiyasidan chetlatish so‘rovini pisand qilmay kelayotganlikda aybladi.
  • Sevara Sultonovaning o‘zi Ozodlikka “Manga qarang¸ davlatning bog‘chasi deb mani kim yomonlag‘an bo‘lsa¸ man shu odam bilan o‘zim gaplashajak yerimda gaplashaman. Bo‘ldi endi” dedi.

Ozodlik maqolasi e’lon qilingan kunning ertasiga - 25 oktabrda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, "ayni kunda ushbu holat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan nazoratga olindi. MTT kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlarni bolalarga nisbatan qo‘llanilgan noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha dalil sifatida tegishli huquq tartibot idoralariga qonuniy chora ko‘rish uchun taqdim etish maqsadida, videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlanuvchi xona muhrlandi".

Vazirlikka ko‘ra, holat yuzasidan to‘la ma’lumot yig‘ish maqsadida 25 oktabr kuni soat 16:00da Urganch tumanidagi 2-son bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari, MTT Kuzatuv kengashi a’zolari, viloyat prokuraturasi, kasaba uyushmasi, ichki ishlar idorasi vakillari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi belgilandi. Yig‘ilish videotasvirga olinadi.

"Ushbu holat bo‘yicha tarbiyachiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab Urganch tumani prokuraturasiga murojaat qilinishini bildirib o‘tamiz. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va uning borishi bo‘yicha barcha tafsilotlar keng jamoatchilikka taqdim etiladi" deyilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati.bayonotida.

XS
SM
MD
LG