Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:41

Turkmanistonda 14 yashar qizlar ginekologik ko‘rigidan o‘tkazilmoqda


Turkmanistonlik o‘quvchi qizlar Ashxoboddagi avtobus bekatida (illyustrativ surat)
Turkmanistonlik o‘quvchi qizlar Ashxoboddagi avtobus bekatida (illyustrativ surat)

Turkmanistonning Marv viloyatidagi maktab rahbarlari 14 yashar va undan kattaroq o‘quvchi qizlarni majburiy ginekologlar ko‘rigidan o‘tkazishga buyruq berdi va bu ish yoshlar yaxshi xulqqa ega bo‘lishini ta’minlashga oid davlat chora-tadbirlarining bir qismi sifatida tushuntirildi.

Bu haqda ota-onalarga 22 oktabrda boshlangan bir haftalik ta’til
oldidan e’lon qilindi
.

O‘quvchi qizlar voyaga yetmaganiga qaramay, maktab direktorlari ota-
onalarga rozilik berish-bermasligidan qat’i nazar, farzandlari
ginekologlar ko‘rigidan o‘tishi shartligini aytdi.

Ushbu ko‘rsatma haqida maktab direktorlari o‘tkazgan majlislarda
qatnashgan bir necha ota-ona “Ozodlik” radiosiga xabar qildi. Qattiq
nazorat ostidagi avtoritar davlatda amaldorlar ota-onalarga qarshi chora ko‘rishi mumkinligi sababli ular ismini oshkor etib bo‘lmaydi.

Majburiy ginekologiya ko‘riklarining aksariyat maktablarda
kasalliklarni oldini olish uchun o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlarga aloqasi yo‘q.

Ota-onalarga ko‘ra, ko‘rik yoshlarning yaxshi xulqqa ega bo‘lishi va o‘smirlar orasidagi homiladorlikning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan siyosat doirasida amalga oshirilayotgani tushuntirilgan.

− Amaldorlar bunday ko‘rikning ahamiyatini ota-onalarga tushuntirar ekan, ayrim qizlar yaxshi hayot qidirib, yo‘ldan adashib qolayotganini aytdi, − deya xabar qildi “Ozodlik” radiosi Turman xizmati muxbiri Marv viloyatining 8- va 14- maktablaridagi majlislarda qatnashgan bir necha ota-onaning so‘zidan iqtibos keltirar ekan.

Ota-onalar rasmiylar balog‘atga yetmagan qizlarning uyda hech kimga
bildirmay ko‘zi yoriyotgani yoki abort qildirayotgani bilan bog‘liq noxush
hodisalar haqida gapirganini aytdi.

Axloq darslari

Maktab direktorlari bunday holatlarning oldini olish uchun ota-
onalarga sergak bo‘lish, farzandlarini yaqindan kuzatib yurish, ularning mobil telefonlarini tekshirib va qaysi vebsaytlarga kirayotganini nazorat qilib turishga ko‘rsatma berdi.

Ota-onalarga qizlarini maktab yoki uydan boshqa joyga borganda,
hamrohlik qilish ham topshirildi.

O‘qishdan bo‘sh paytida ishlaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga farzandlarini ishlatmaslik vazifasi yuklandi.

Xabarlarga qaraganda, ayrim o‘smir o‘quvchilar Marvdagi mahalliy
restoran va kafelarda ishlab, kuniga 10 dollardan topib
turadi.

Ota-onalarga ginekologiya ko‘rigi qachon va qaerda bo‘lishi aytilmagan.

“Ozodlik” radiosi xodimlari Marv viloyati ta’lim boshqarmasi hamda 8- va 14-maktablar rahbarlari bilan bog‘lanishga harakat qildi, biroq
ularning telefonlari javob bermadi.

Marv viloyatidagi majburiy ko‘rik haqidagi e’lonlardan bir necha kun
oldin qo‘shni Lebap viloyati maktablarida o‘quvchi qizlar uchun axloq
darslari o‘tkazilgan edi.

Lebapdagi axloq darslari viloyat prokuraturasi, politsiyasi va sog‘liqni saqlash xizmati vakillarining leksiyalaridan iborat bo‘lgani
aytilmoqda.

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda ham ota-onalar uchun shunday darslari o‘tilganini shu oy boshida “Ozodlik” radiosi xabar qilgan edi.

Axloq darslarining asosiy mavzulari spirtli ichimliklar, tamaki va
o‘smir qizlar homiladorligi xavfi haqida bo‘lgan. Ta’lim sohasi
mutasaddilari ota-onalarga so‘nggi yillarda Turkmanistonda o‘smirlar
o‘rtasida sigareta chekish va spirtli ichimliklar ichish hollari
ko‘payganini ma’lum qilgan.

Turkmaniston hokimiyat idoralari rejalashtirilayotgan ginekologiya
ko‘riklari yoki axloq darslari haqida hech qanday rasmiy bayonot bermadi.

Turkmanistonni uzoq vaqtdan boshqarib kelayotgan prezident Gurbanguli
Berdimuhamedov rahbarlarigida hukumat aholi hayotining barcha
jihatlarini cheklab va nazorat qilib keladi. Turkmaniston erkinlikni
o‘lchashga oid barcha xalqaro indekslar bo‘yicha eng quyi o‘rinlarda turuvchi mamlakat sifatida baholanadi.

XS
SM
MD
LG