Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:23

AQSh: Prezidentlikka da’vogar demokratlar yagona nomzodlik uchun kurashmoqda


Uch asosiy nomzod - Berni Sanders (chapda), Jo Bayden (o‘rtada) va Elizabet Uorren (o‘ngda)
Uch asosiy nomzod - Berni Sanders (chapda), Jo Bayden (o‘rtada) va Elizabet Uorren (o‘ngda)

CNN telekompaniyasi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Demokratik partiyadan prezidentlikka yagona nomzod bo‘lish uchun partiya ichidagi bellashuvda qatnashayotgan sobiq vitse-prezident Jo Bayden hozircha 15 foiz farq bilan oldinda ketmoqda.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Massachusets va Vermont shtatlaridan senatorlar Elizabet Uorren va Berni Sanders egallab turibdi.

Alohida jo‘shqinlik bilan ajralib turuvchi Elizabet Uorren siyosiy islohotlarga chaqirmoqda.

“Amerika tarixida bizning vaqtimiz keldi. Katta orzularga erishish, qattiq kurashib, g‘alaba qilish vaqti”, - dedi u.

Uorrenning asosiy raqibi – so‘rovlardagi peshqadam Jo Bayden. Sobiq vitse-prezident ham Uorenni nishonga olarkan, senator ayol taklif etayotgan davlat tibbiy sug‘urtasiga pul qaerdan kelishini so‘radi.

“Haqiqatgo‘ylik muhimdir. Senator Uorren bizga haqiqatni so‘zlashi kerak, aks holda Amerika xalqi bilan ochiq va samimiy bo‘lolmaydi”, - dedi Bayden.

So‘rovda uchinchi o‘rinda ketayotgan vermontlik senator Berni Sanders yaqinda yurak xurujini boshdan kechirib, muolajadan so‘ng saylov tashviqotlarini jonlantirdi. Nyu Yorklik birinchi muddat kongressmen ayol Aleksandriya Okasio-Kortes Sanders nomzodini rasman qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

“AQSh prezidenti bo‘lishga tayyorman”, - dedi Sanders.

Jurnalist Stiv Piplsning aytishicha, teledebatlardagi chiroyli chiqishlari tufayli so‘rovlarda yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan Uorren endi boshqa nomzodlar nishoniga aylandi.

“Elizabet Uorren katta bosim ostida hozir. U qattiq turdi, ikkilanmadi, tebranmadi. Biroq jadval tepasida uzoqroq turish uchun ayrim narsalarni aniqlashtirib olishi kerak”, - deydi “Assoshieytid Press” muxbiri.

Partiyaviy saylovda ayni damda 10 dan ortiq nomzod bellashmoqda. Tahlilchi Jon Fortening aytishicha, matbuot asosiy diqqatni Bayden-Uorren qarama-qarshiligiga qaratmoqda.

“Jo Baydenni afro-amerikaliklar, katta yoshdagi oq tanlilar va mo‘’tadil qarashlarga ega saylovchilar qo‘llab-quvvatlaydi. Uorren va Sandersga esa progressiv aholi ovoz berishga tayyor”, - deydi Forte.

Demokratlar o‘rtasidagi poygani respublikachilar diqqat bilan kuzatmoqda. Strateg Jon Fieri nazarida, Uorren peshqadamlikni qo‘lga kiritishi mumkin.

“Uorren progressiv kuchlarning Demokratik partiya negizini tashkil qiluvchi qatlami bilan eng uyg‘unlashgan nomzoddir. Gaplari dadil, demokratlarning turli qatlamlari dardini, muammolarini ko‘tarib chiqayotgan nomzod. Jo‘shqin nomzod”, - deydi Fieri.

Bayden so‘rovlarda hozircha peshqadam. Uning tarafdorlari Baydenni kelasi yili bo‘ladigan saylovda respublikachi nomzod, amaldagi Prezident Donald Trampni mag‘lub qilishga qodir da’vogar deb biladi.

XS
SM
MD
LG