Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:24

O‘zbekiston hududida afg‘on ayollari va qizlari uchun maxsus dasturlar amalga oshiriladi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan. TIV saytidan olingan surat.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan. TIV saytidan olingan surat.

Bu haqda Bryusselda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiyaning tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi.

Ўзбекистон ҳудудида афғон аёллари ва қизлари учун махсус дастурлар амалга оширилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

-Afg‘oniston ham Markaziy Osiyoning bir qismidir. O‘ylaymanki, biz Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash va bu davlatda tinchlik o‘rnatilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Afg‘onistonni biz tahdid sifatida ko‘rmaymiz. Afg‘oniston biz uchun transport kommunikatsiyalari, savdo, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatdir. Bir oz keskinlikka qaramay, biz O‘zbekistonning chegara oldi hududida afg‘onlar uchun ta’lim va tibbiyot muassasalarini tashkil qildik. Bizda juda ko‘p afg‘on talabalari o‘qiydi va biz O‘zbekiston hududida Afg‘oniston ayollari hamda qizlari uchun maxsus dasturlarni amalga oshiramiz,-dedi Abdulaziz Komilov.

Rasmiy afg‘on ayol va qizlari uchun aynan qanday dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani, bu dasturlarni amalga oshirish uchun moliya qaysi manbalardan olinishi haqida ma’lumot bermadi.

Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiyaning tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto esa:

-Uchrashuvda biz Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarning yakunlarini xulosaladik. Bu yo‘nalishdagi muzokaralar tezkor tempda va samarali ketmoqda. Hozirgacha biz muzokaralarning uch bosqichini o‘tkazdik. To‘rtinchi bosqich dekabrda o‘tkaziladi. Umid qilamizki, agar muayyan ishlarni bajarishga ulgursak, shartnomani 2020 yilda imzolaymiz, - deb bildirdi.

Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi hamkorlik shartnomasi 2020 yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga qiladigan tashrifi doirasida imzolanishi kutilayotganini aytdi.

-Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistonning hamkorlik istiqbollari qanday? Bu masalada men e’tiboringizni eng avvalo Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik shartnomasini tayyorlash jarayoniga qaratmoqchiman. Bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirmoqdamiz. Mazkur shartnoma 2020 yilda prezidentimizning Bryusselga qiladigan tashrifi doirasida boshqa jiddiy loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan birgalikda imzolanishiga umid qilamiz, - dedi Abdulaziz Komilov.

Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, muzokaralar chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi bir qator masalalar, siyosiy, iqtisodiy, investitsiya, inson huquqlari, ta’lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Yevropa Ittifoqiga safari 11 noyabr kuni boshlangan. Safar doirasida Yevropa Ittifoqi bilan 10 million 200 ming yevrolik grant shartnomalari imzolandi.

Bu grantning 5 million yevrosi O‘zbekistonning Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish, 5 million 200 ming yevrosi Orolbo‘yida inson xavfsizligini ta’minlash loyihalariga sarflanadi.

14-15 noyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaga safar qiladi.

XS
SM
MD
LG