Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:08

Oilaning 7 a’zosi halok bo‘ldi - AQShda yashayotgan o‘zbekistonlikning samolyoti quladi


Otabek Obloqulov Texas shtatidan qo‘nim topgan tadbirkor edi. (UAAC)
Otabek Obloqulov Texas shtatidan qo‘nim topgan tadbirkor edi. (UAAC)

Texasning Hyuston shahrida yashovchi o‘zbekistonlik oila Kanadadagi yaqinlari bilan havo halokatiga uchrab nobud bo‘ldi. Fojia 27-noyabr kechqurun yuz berganini "Amerika ovozi" Kanada Transport xavfsizligi boshqarmasiga tayanib xabar qildi.

Ontario provinsiyasining Markam shaharchasidan ko‘tarilgan kichik xususiy samolyot Kingston degan o‘rmonli hududda qulagan. Manzil Kvebek shahri bo‘lgan, deydi rasmiylar. Kvebek provinsiyasining bu qismi qishin-yoz sayyohlarni o‘ziga jalb etadigan xushmanzara go‘shadir.

Samolyot AQShda ro‘yxatdan o‘tgan va uni bu vositaning egasi Otabek Obloqulovning o‘zi boshqarayotgan bo‘lgan. Otabekni yaxshi taniydigan vatandoshlarning aytishicha, marhum Amerikada o‘z yo‘lini topgan tadbirkor edi. Oilasi bilan Torontodagi qarindoshlarining oldiga ketgan va birgalikda vaqt o‘tkazishni rejalagan.

Otabek Obloqulov (Arxiv)
Otabek Obloqulov (Arxiv)

Texas va Kanadadagi manbalarga ko‘ra, uchuvchi sifatida tajribaga ega Otabekning yonida rafiqasi va uch farzandi, shuningdek, qaynisi va uning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Kanada rasmiylari halok bo‘lganlarning ism-shariflarini hali e’lon qilgani yo‘q. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Amerikadagi vatandoshlar Otabek Obloqulovning yaqinlariga hamdardlik bildirmoqda. Uzbek American Association of Chicago (foto ham shu tashkilotdan) O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi Kanadadagi vatandoshlar bilan bu borada yaqindan ishlayotgani ma’lum.

Qoldiqlar... Kingston, Kanada.
Qoldiqlar... Kingston, Kanada.

XS
SM
MD
LG