Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:42

Makron: NATO ittifoqchilarining umumiy dushmani Rossiya bilan Xitoy emas, terrorizmdir


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya bilan muloqot qilish kerakligi haqidagi fikrida qat’iy ekanligini bildirarkan, uch hafta oldingi NATOning “miyasi o‘lgan” degan so‘zlaridan qaytmasligini aytdi.

Makron 7 noyabrda “Economist” jurnaliga bergan intervyusida NATOga a’zo mamlakatlar o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘qligidan taassuf bildirib, Qo‘shma Shtatlarning G‘arbiy harbiy ittifoqqa e’tibori sustlashib borayotganini ta’kidlab o‘tgan edi.

Uning bu fikri ittifoqchi mamlakatlar vakillarinng keskin taqidiga uchradi, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Transatlantik ittifoqqa qarshi qo‘poruvchilik qilmaslik kerakligidan ogohlantirdi.

‒ Men oldingi fikrlarimda qolaman, chunki ayni paytda duch kelayotgan muammolarimizni hisobga olsak, moliyaviy yoki texnik masalalar haqida gapirish mas’uliyatsizlikdan boshqa narsa emas, ‒ dedi Makron 28 noyabrda Stoltenberg bilan o‘tgan muzokarasidan so‘ng.

Makron bilan Stoltenbergning uchrashuvi NATOga a’zo mamlakatlar rahbarlarining kelasi oy London tashqarisida harbiy blok tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishi oldidan bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda G‘arb mamlakatlari bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ham Ukraina va Suriyadagi urush hamda Moskvaning boshqa mamlakatlar saylovlariga aralashuvi sabab tarang bo‘lib turibdi.

NATO Xitoyning Shimoliy Atlantika hududida hozirligidan va faoliyati kengayib borayotganidan ham xavotir izhor qildi.

− Uyg‘otish qo‘ng‘irog‘i zarur edi. Buni chalganimdan xursandman. Endi hamma strategik maqsadlarimizni o‘ylab ko‘rishimiz haqidagi o‘ylayotganidan xursandman, − dedi Makron Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot konferensiyasida. – Ba’zan qulog‘imga chalinib qolayotganiday, Rossiya bizning dushmanimizmi? Yo Xitoymi? NATOning vazifasi ularni dushman qilishmi? Men bunga ishonmayman. Bugungi asosiy dushmanimiz terrorizmdir, u har birimizning mamlakatimizga hujum qildi.

Stoltenberg “hamma narsa mujmal bo‘lgan zamonda bizga NATOga o‘xshash ko‘ptomonlama institutlar kerak”ligini aytdi.

U yana islom terrorizmiga qarshi kurashda Fransiyaning Sohil mintaqasidagi sa’y-harakatlarini maqtadi. Joriy haftada Malida 13 nafar fransuz askari halok bo‘lgan edi.

Makron Turkiyani ham “quruq qo‘ymadi”. Uning fikricha, Suriya shimolidagi kurd xalq jangchilariga qarshi harbiy hujum “NATO ham a’zosi bo‘lgan” koalitsiyaning Islom davlati ekstremistik tashkilotiga qarshi “harakatlarini xavf ostiga qo‘yadi”.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Fransiya rahbarining tanqidini rad etdi va uni “terrorizmga homiylik qilayotganlik”da aybladi.

Makron o‘tgan oyda kurdlar yetakchiligidagi Suriya demokratik kuchlari amaldorlaridan birini qabul qilgani rasmiy Anqarani darg‘azab etgan edi.

Makron Rossiya haqida gapirib, Parij Moskvaning Yevropaga raketalar joylashtirishga moratoriy e’lon qilish taklifini “mutlaqo qabul qila olmasligi”ni aytdi. Uning ushbu gapi hafta boshida Germaniya matbuotiga sizdirilgan edi.

Makronga ko‘ra, Moskvaning ushbu taklifini muhokamalarga asos qilib olish mumkin, chunki “Moskva bilan muloqotning yo‘qligi” Yevropani xavfsizroq qilgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG