Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:42

Vladimir Putin: Rossiya iqtisodiyotiga migrantlar zarur!


19 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan yillik matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “migratsiyani taqiqlash emas, uni kalla bilan ishlatish kerak”, dedi.

Putin bu gap nafaqat Markaziy Osiyo, balki Rossiyaning Shimoliy Kavkazidan kelgan ichki muhojirlarga ham tegishli ekanini bildirdi.

- Ayrim migrantlar o‘zlarini Rossiyada o‘z uylarida tutmagandek tutadi. Ammo iqtisodiyotimizga migratsiya zarur! Shu bois uni taqiqlamasdan, kallani ishlatish kerak ,- dedi Rossiya rahbari.

Putin shu tariqa jurnalistlardan biri demografiya masalasida “Aholi migrantlar hisobiga ko‘paytirilishi kerakmi? Rus tilida so‘zlashuvchi yurtdoshlarimiz uchun yengillashtiruvchi choralar kiritiladimi?deya bergan savoliga javob berdi.

Rossiya rahbari demografiya masalasini ikki yo‘l – tug‘ilishni o‘stirish va immigratsiya bilan hal etish mumkinligini eslatdi. Kanadani misol keltirgan Vladimir Putin u yerda migratsiya masalalari bilan maxsus vazirlik shug‘ullanadi, dedi.

- U yerda amaldorlar grajdanlik olayotganlarni birma-bir suhbatdan o‘tkazadi. Rossiyaga ayni yondashuv zarur. Rossiyaga ko‘chib kelishni istayotganlar bir xildagi madaniy muhitdan bo‘lishi lozim. Markaziy osiyoliklarga, albatta, moslashish qiyinroq. Ammo ularning mamlakatlarida o‘quv kurslari, oliy o‘quv yurtlarimiz filiallarini ochishimiz mumkin, - dedi prezident Putin.

Migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot (MMXT) e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Rossiya migrantlar soni bo‘yicha Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi: mamlakatda bir vaqtning o‘zida 11,6 million mehnat muhojiri yashab keladi.

Bu migrantlarning asosiy qismini markaziy osiyolik, xususan o‘zbek muhojirlari tashkil etadi.

  • 19 dekabrda Vladimir Putin yillik matbuot anjumanini o‘tkazdi. Bu yilgi anjuman Rossiya prezidentining shu formatdagi 15- tadbiridir.
  • Putin har yili o‘tkazadigan katta matbuot anjumanida o‘z imijini yaxshilashga urinib, rossiyaliklar ishonchli qo‘llarda ekanligini aytib keladi. Ammo savol-javoblar qattiq nazorat ostida o‘tadi.
  • Putin mahalliy va xorijdan kelgan jurnalistlar savollariga javob beradigan anjuman odatda juda uzoq davom etadi. Bu yilgi anjuman Putinning reytingi tushib borayotgan hamda Rossiya iqtisodiy tanazzulga yo‘liqqan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
  • Mustaqil “Levada“ markazi o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, rossiyaliklar orasida Putin reytingi 2017 yilga qiyoslaganda 10 foizga tushgan.
XS
SM
MD
LG