Adliya vazirligining xabar qilishicha, 5 yanvarda 25 ta saylov okrugida o‘tkazilgan takroriy ovoz berish natijalarini qo‘shganda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari to‘liq shakllandi. Unda siyosiy partiyalar quyidagi miqdorda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘ldi:
1. O‘zLiDeP - 53 (35 %)
2. “Milliy tiklanish” - 36 (24 %)
3. “Adolat” SDP - 24 (16%)
4. Xalq demokratik partiyasi - 22 (15%)
5. Ekologik partiya - 15 (10%)
Partiyalar parlamentdan egallagan o‘rinlar miqdori bundan 5 yil muqaddam o‘tkazilgan saylovdagi ko‘rsatkichlardan deyarli farq qilmaydi.
Saylov nitajalarini publitsist Sharof Ubaydullayev bilan muhokama qildik.