Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:03

Bishkekda korrupsiya haqida maqola e’lon qilgan sayt redaktori kaltaklab ketildi


«FactCheck» portali muharriri Bo‘lo‘t Temirov.
«FactCheck» portali muharriri Bo‘lo‘t Temirov.

Bishkekdagi «FactCheck» portali muharriri Bo‘lo‘t Temirov 9 yanvarda poytaxt markazida kaltaklab ketildi. Jurnalist xujumni o‘zining kasbiy faoliyati bilan bog‘lamoqda. U rahbarlik qilayotgan «FactCheck» sayti so‘nggi paytlarda bir qator shov-shuvli materiallarni e’lon qilgan edi.

«FactCheck» portalida e’lon qilingan Davlat bojxona xizmati raisi sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovning turmush o‘rtog‘i Uulqan Turg‘unova va uning o‘g‘liga tegishli qimatbaho soatlar, kiyim-kechak va avtomashinalar to‘g‘risidagi jurnalistik surishtiruv Qirg‘izistonda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

Bo‘lo‘t Temirovga ko‘ra, tushlik payti sayt idorasi yonida uni uch yigit yerga yotqizib tepkilagan:

- Soat 12:30lar atrofida idora yonidagi arkadan o‘tayotganimda uch yigit hujum qildi. Hech narsa gapirmay kaltaklay boshlashdi. Bizga qo‘shnilar: “Sport kiyimdagi odamlar ikki kundan beri «FactCheck» saytining idorasi shu uydami?” deb izlab yurishibdi”, deb aytishgandi. . Men bugun yo‘lda ketayotganimda yigitlardan biri orqamdan kelib urib yiqitdi. Shundan so‘ng ular hech narsa demay, yuzimga urishni boshlashdi, - dedi jurnalist.

Temirov mazkur hujum «FactCheck» portalida Davlat bojxona xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov turmush o‘rtog‘ining buyumlari borasidagi maqola e’lon qilingani sababli uyushtirilgan, deb hisoblamoqda.

Bo‘lo‘t Temirov kaltaklangani yuzasidan militsiyaga murojat qilgani va tibbiy tekshiruvdan o‘tganini ham ma’lum qildi. Biroq jurnalistning kaltaklanishi «FactCheck» portalida chiqqan maqolaga bog‘liq ekani to‘g‘risidagi iddaolarga Matraimovlar oilasi hozircha munosabat bildirmadi.

Ko‘chadagi nazorat kameralariga jurnalistni kaltaklagan uch odamning qochib ketayotgani tushib qolgan.

Bishkek shahar Ichki ishalar boshqarmasi matbuot kotibi Ulan Jumakov jurnalist Bo‘lo‘t Temirovga hujum qilganlar bo‘yicha tezkor guruh ishlayotganini, hozircha gumonlanuvchilar qo‘lga olinmaganini bildirdi.

17-dekabrda Factcheck.kg sayti Davlat bojxona xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Raimbek Matraimovning turmush o‘rtog‘i Uulqan Turg‘unova va uning o‘g‘liga tegishli qimatbaho soatlar, kiyim-kechak va avtomashinalari to‘g‘risida izlanishlar natijalarini e’lon qilgan.

Maqola mualliflari Matraimov oila a’zolari 2015-2017-yillari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan suratlardagi buyumlarning haqiqiy bahosi 24 million qirg‘iz so‘mi, ya’ni taqriban 342 857 dollarga teng ekani aniqlangan.

Rayimbek Matraimovning 2015-2016-yilgi soliq deklaratsiyalarida ko‘rsatgan daromadi esa bu kabi qiimatbaho buyumlarni sotib olishga yetmaydi. Soliq deklaratsiyasida Matraimovning oilasi ikki yilda 15,6 million qirg‘iz so‘mi miqdorida daromad topgani ko‘rsatilgan.

O‘sha kunlari Factcheck.kg saytining Matraimovlar yaqinlari to‘g‘risidagi maqolasini ko‘chirib e’lon qilgan bir qator saytlar ishlamay qolgan.

2018-yildan beri ishlab kelayotgan factcheck.kg sayti bir qancha bahsli ma’lumotlar va voqealarga bog‘liq faktlarni o‘rganib, o‘nlab maqolalarni e’lon qilgan.

Mazkur resurs “Qirg‘izistonda media savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar” loyihasi asosida “Soros Qirg‘iziston” fondi tomonidan qo‘llab kelinadi.

XS
SM
MD
LG