Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:47

Koreyaga ketish uchun "Trust Vision"ga $4000 dan to‘laganlar pulini qaytarib olishga Prezidentdan yordam so‘radi


"Trust Vision"ga Janubiy Koreyaning Yondon shahridagi U1 universitetining koreys tili kurslariga o‘qish uchun topshirilgan hujjatlar.
"Trust Vision"ga Janubiy Koreyaning Yondon shahridagi U1 universitetining koreys tili kurslariga o‘qish uchun topshirilgan hujjatlar.

Namangan shahridagi "Trust Vision" xususiy til o‘rgatish markazining Janubiy Koreyaga o‘qishga jo‘natish haqidagi va’dalariga uchib, shu tashkilotga millionlab so‘m to‘lab qo‘ygan o‘nlab o‘zbekistonlik pullarini qaytarib olishda yordam so‘rab O‘zbekiston prezidenti qabulxonasiga arz qildi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan ​arzchilarning da’vosiga ko‘ra, "Trust Vision" ularni Janubiy Koreyaning Yondon shahridagi U1 universitetining koreys tili kurslariga o‘qishga yuborish va’dasi bilan har biridan bir necha million so‘m miqdorida haq olgan, ammo va’da qilingan muddat yakuniga yetsa ham, hech kim o‘qishga yuborilmagan.​

Ozodlik "Trust Vision" xususiy til o‘rgatish markazi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilganida, telefonni ko‘targan shaxs markaz yopilib ketgani, uning rahbari qamoqqa olinganini aytdi.

Namanganlik 20 yoshli Saidolim Tojiboyev 2018 yilning oktabrida "Trust Vision" xususiy til o‘rgatish markaziga Janubiy Koreyaga ketish uchun 4 ming AQSh dollariga yaqin pul to‘lagani, ammo va’da qilingan muddat ichida markaz hech kimni o‘qishga jo‘natmaganini aytdi:

Hammasi bo‘lib 4 ming AQSh dollariga yaqin pulni to‘ladik. Mana bir yildan oshdi, hech kim Koreyaga o‘qishga ketgani yo‘q, pulni ham qaytarib berishgani yo‘q.

- Namangan shahridan men bilan birga qirqdan ortiq bola topshirganmiz. Oldiniga 800 ming so‘m oldi. Keyin 8 million 800 ming so‘m to‘ladim. Bu ularning xizmat haqi ekan. Bir oydan so‘ng ana ketasizlar mana ketasizlar deb 2600 AQSh dollarini olishdi. Hammasi bo‘lib 4 ming AQSh dollariga yaqin pulni to‘ladim. Mana bir yildan oshdi, hech kim Koreyaga o‘qishga ketgani yo‘q, pulni ham qaytarib berishgani yo‘q.

Namanganlik Sherzod ham "Trust Vision"dan kuyganlardan biri. U Trust Vision"ning mahalliy telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan reklamasiga uchganini aytdi:

Bu ham Ahmadboynikiga o‘xshagan piramida ekan-da. Bular nafaqat Namanganda butun respublika bo‘yicha odamlardan pul olib tuya qilishgan.

- Ikki yil oldin bu markaz 8 ta bolani Koreyaga o‘qishga jo‘natgani ovoza bo‘lib ketib, hamma "Trust Vision"ga hujjat topshirib, ishtonini sotib bo‘lsa ham pulini to‘lagan edi-da. Har kuni reklamasi aylantirildi, tarmoqlarda e’lonlari berildi. Bu ham Ahmadboynikiga o‘xshagan piramida ekan-da. Bular nafaqat Namanganda butun respublika bo‘yicha odamlardan pul olib tuya qilishgan ekan.

Ozodlik mazkur masala yuzasidan izoh olish maqsadida "Trust Vision" markazi telefoniga qo‘ng‘iroq qildi.

Telefonni ko‘targan shaxs markaz o‘tgan yili avgust oyida yopilib ketgani, uning rahbari qamalganini aytdi.

Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Ozodlik suhbatlashgan xodimi "Trust Vision" markazi ta’sischisi va rahbari J.K. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha gumonlanib o‘tgan yil o‘rtalarida hibsga olinganini tasdiqladi.

Mijozlarning Koreyaga o‘qishga ketish uchun markazga to‘lab qo‘ygan pullarini endi kim qaytaradi?

Ozodlik bu savolga Namangan IIBdan javob ololmadi.

Saidolim Tojiboyev va "Trust Vision"ga millionlab so‘m to‘lab qo‘ygan boshqa namanganliklar pullarini qaytarib olish uchun viloyat prokuraturasidan tortib O‘zbekiston prezidenti qabulxonasigacha murojaat qilganliklari, lekin hozirgacha natija bo‘lmayotganini aytishmoqda.

- Shuncha pul to‘laganmiz. Qarz olganlar bor. Kvitansiyalari saqlanib turibdi. Iltimos, shu murojaatimizni Mirziyoyevga yetkazinglar, pulimizni qaytarib olishga yordam bersin, chunki prokuraturadan ham IIBdan ham natija bo‘lmayapti. U odamni qamalgan, qamalmagani bilan ishimiz yo‘q, bizni pulimizni qaytarsin, - dedi Saidolim Tojiboyev.

"Trust Vision" O‘zbekistonda norozilikka sabab bo‘layotgan yagona hususiy tashkilot emas.

Bundan oldin tuyaqush jo‘jalari va’da qilib, odamlardan millinlab so‘m pul olgan "Straus House" shirkati, Germaniya, Chexiya, Turkiya kabi mamlakatlarga ishga yuborish va’dasi bilan fuqarolardan bir necha o‘n million so‘mdan olgan Human, International Job Organization, Korean & Migrations kabi xususiy bandlik agentliklari janjal markazida qolgan edi.

XS
SM
MD
LG