Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:21

Samarqandda fuqaro muhofazasi yer osti inshootlaridan bir nechasi buzib tashlangani aniqlandi


So‘nggi yillardagi qurilishlar doirasida Samarqandda bir qator davlat strategik ob’yektlari - fuqaro muhofazasi yer osti inshootlarining ham buzib tashlanganligi aniqlandi, deb xabar qildi Ozodlikning bu sohadagi vaziyatni o‘rgangan mobil muxbiri.

Ozodlikning mobil muxbiri qo‘lga kiritgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, (mobil muxbir taqdim etgan hujjatlar Ozodlikda mavjud) Samarqand shahridagi kamida 5ta: «Zarafshon» AJ (1ta), «O‘zbekiston pochtasi» AJ Samarqand filiali (1ta), «Alpomish» MChJ (1ta) va «Samarqand Afrosiyob» SMUN (2ta) tasarrufilagi fuqaro muhofazasi inshootlari buzib tashlangan. Shulardan faqatgina «Alpomish» MChJ tasarrufidagi muhofaza inshooti buzilishiga Bosh vazir A. Aripov tomonidan ruxsat berilgan xolos.

Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 31 dekabrlagi №291-26 sonli Nizomiga asosan fuqaro muhofazasi ob’yektlarini hisobdan chiqarish yoki buzish faqatgina Bosh vazir ruxsati va buziladigan ob’ektning o‘rniga yangi xuddi shunday inshoot qurib berish majburiyati bilangina amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Samarqanddagi buzib tashlangan fuqaro muhofazasi inshootlari o‘rniga yangi inshootlarning qurib berilishi bo‘yicha Samarqand viloyat hokimligidan ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi. Viloyat hokimligi qonunchilik bo‘yicha fuqaro muxofazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning jamoatchilikga oshkor etilmasligi bilan cheklanmoqda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda «Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan bo‘lib, uning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilinganligi ko‘rsatilgan.

Fuqaro muhofazasi inshootlari alohida davrda foydalanadigan ob’yektlar turiga kirib, ular aholini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga mo‘ljallangan.«O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘i, Viloyat hokimlari - viloyat fuqaro muhofazasi rahbarlari ekanliklari ko‘rsatilgan.

XS
SM
MD
LG