Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:41

Jizzaxda itlar qirg‘ini aholi noroziligiga sabab bo‘ldi


Jizzax shahar Obodonlashtirish bo‘limining qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash brigadasi mulozimi daydi itlar ko‘payib ketgani haqida aholidan tushgan shikoyat asosida ular otib yoki zaharlab o‘ldirilganini Ozodlikka tasdiqladi.
Jizzax shahar Obodonlashtirish bo‘limining qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash brigadasi mulozimi daydi itlar ko‘payib ketgani haqida aholidan tushgan shikoyat asosida ular otib yoki zaharlab o‘ldirilganini Ozodlikka tasdiqladi.

Jizzax shahrida obodonlashtirish bo‘limining qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash brigadasi xodimlari o‘nlab daydi itni o‘ldirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, faqat daydi itlar emas, balki uy jonivorlari ham otib ketilgan.

Jizzax shahar Obodonlashtirish bo‘limining qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash brigadasi mulozimi daydi itlar ko‘payib ketgani haqida aholidan tushgan shikoyat asosida ular otib yoki zaharlab o‘ldirilganini Ozodlikka tasdiqladi.

Bundan avval Samarqand shahrida "Sharq taronalari" festivali arafasida itlarning ommaviy zaharlab o‘ldirilishi o‘zbekistonlik hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar hamda xorijlik sayyohlar noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Jizzax shahrida yashovchi 32 yoshli Yuliya Nikolayeva 6 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda itlar qirg‘ini o‘tgan oy o‘rtalarida shaharning Bobur mahallasidagi bolalar bog‘chasi joylashgan hududda bo‘lganini aytdi:

- O‘q va itlarning uligan ovozlarini eshitib ko‘chaga chiqdik. Qarasak itlarni o‘ldirishyapti. Qirg‘in mahallamizdagi ikkita bolalar bog‘chasining oldida, bolalarning ko‘zi o‘ngida bo‘lyapti. 1 kishi itlarni otyapti, 5-6 kishi esa qochayotgan itlarni quvib yetib, o‘tkir tig‘li to‘qmoq bilan urib o‘ldiryapti. Hamma yer qon. Yo‘laklarni qondan o‘zimiz tozaladik.

Yuliya Nikolayeva yigirmadan ortiq it o‘ldirilganini ko‘rganini aytdi.
Yuliya Nikolayeva yigirmadan ortiq it o‘ldirilganini ko‘rganini aytdi.

Jizzax shahar Obodonlashtirish bo‘limi, qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash brigadasining o‘zini tanishtirishni istamagan xodimi Bobur mahallasidagi bog‘cha atrofida qarovsiz daydi itlar ko‘payib ketgani va ular bolalarga tashlanishi mumkinligi haqidagi aholidan tushgan shikoyat asosida otib yoki zaharlab o‘ldirilganini Ozodlikka aytdi.

- Fuqarolardan jaloba tushdi, xodimlarimiz borib itlarni o‘ldirishdi. Chunki odamlarga tashlanishi mumkin-da ular. Lekin, bizni xodimlarimiz odamlar yurgan payti o‘q ishlatishmaydi, zaharlashadi. Kichkina-kichkina go‘shtchalar bo‘ladi, shuni itlarni oldiga otadi, yeydi, o‘ladi. Bizda to‘qmoq bilan urib o‘ldirish yo‘q, zaharlab yoki otib o‘ldiriladi, - dedi Jizzax shahar Obodonlashtirish bo‘limi, qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash brigadasi xodimi.

Yuliya Nikolayeva hovlisidagi qarovsiz itlarni o‘zi boqib kelgani, ular bolalarga xavf tug‘dirmaganini aytdi:

- Qari, yuvosh itlar edi. Har kuni ovqat olib chiqib berar edik. Bog‘chaning bolalari ham shu itlar bilan o‘ynar edi. Ular ham ovqat berishar edi. Bir kunda kelib hammasini o‘ldirib ketishdi. Yigirmadan ortiq itni o‘ldirishganini ko‘rdim. Qo‘shnimizni itini ham daydi, deb o‘ylab otib o‘ldirishdi.

Jizzaxning Bobur mahallasida itlar o‘ldirilgan.
Jizzaxning Bobur mahallasida itlar o‘ldirilgan.

Jizzaxlik 82 yoshli nafaqaxo‘r Svetlana Fyodorova uning "Chappi" laqabli itini ham obodonlashtirish xodimlari otib o‘ldirishganini aytdi.

- Itni doim uyda saqlamaysizku, aylanirishga esa madorim yo‘q. Uyda bitta o‘zimman. Ba’zi paytlari ko‘chaga o‘zi chiqib ketar edi. Sentabr oyida otish bo‘lganida mening itimni ham o‘ldirishibdi. Daydi it deb o‘ylashgan. Juda aqilli it edi.

Jizzax shahar Obodonlashtirish bo‘limi, qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash brigadasi xodimiga ko‘ra: "uy darvozasidan egasiz chiqib ketgan it daydi hisoblanadi. Har bir it egasi hayvonni yonida olib yurishi kerak. Katta it bo‘lsa tumshug‘iga namordnik qistirib olib yurishi kerak yoki uyida saqlashi kerak".

Bundan avval Samarqand shahrida "Sharq taronalari" festivali arafasida itlarning ommaviy zaharlab o‘ldirilishi o‘zbekistonlik hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar noroziligiga sabab bo‘lgandi.

O‘tgan yilning sentabr oyida itlarga shafqatsiz munosabatni ko‘rgan xorijliklar Samarqandga safarini bekor qilishlarini aytishgandi.

Itlarning ommaviy qirg‘in qilingani xalqaro matbuot sahifalariga chiqqach, Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining bir qancha rahbari ishdan olindi.

Дайди итлар учун янги "Ҳаёт"
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:25 0:00

Mahalliy faollar esa O‘zbekistonda hayvonlar uchun boshpana tashkil qilish, ularning huquqini himoya qilish uchun qonun qabul qilishni talab qilib chiqishdi.

Toshkentdagi "Happy Animals" tashkiloti faoli Lyudmila Batalova itlarni "daydi" deb qirg‘in qilish shavqatsizlik ekanini aytdi:

- Daydi bo‘ladimi, uy hayvoni bo‘ladimi hammasi jonivor. Ularni o‘ldirish shavqatsizlikdan boshqa narsa emas. Toshkentda itlar nazoratimizda. Lekin, viloyatlarda otishlar ko‘p bo‘lyapti. Chunki qarovsiz hayvonlarni ushlash va keyinchalik ularni boqish qimmatga tushadi. Viloyatlarda priyutlar, ya’ni hayvonlar uchun turar joylar ham yo‘q. Shuning uchun obodonlashtirish bo‘limlari muammoni ularni o‘ldirish bilan hal qilmoqda, afsus, - deydi Batalova.

Bundan avval Xorazmning Shovot va Hazorasp hamda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanlarida daydi itlar aholi chorvasiga hujum qildi, deya ommaviy qirg‘in qilingan edi.

Янгийўлда чорвани еб кетаëтган ëввойи итлар отиб ўлдирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

O‘zbekistonda daydi itlar masalasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi "Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 202-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.

Qarorda ko‘chalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil etish, shuningdek ularni vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar barpo etish ko‘zda tutilgan.

Daydi hayvonda quturish kasalligi alomati bo‘lgan taqdirdagina otib tashlanishi qarorda aytilgan.

XS
SM
MD
LG