Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:34

Turkmanistonda o‘qituvchilarga yashil ruchka va yashil bloknot tutish buyurildi


Turkmaniston parlamenti deputatlari prezidentning aytganlarini yozib olmoqda.
Turkmaniston parlamenti deputatlari prezidentning aytganlarini yozib olmoqda.

Turkmaniston rasmiylari davlat tashkilotlari xodimlarini, xususan maktab o‘qituvchilarini “bir o‘lchamga solish” choralarbni kuchaytirar ekan, ular oldiga yangidan-yangi talablar qo‘ymoqda.

Oldinroq maktab o‘qituvchilarining faqat tashqi ko‘rinishiga doir talab qo‘yilgan edi. Masalan erkak o‘qituvchilar bir xil do‘ppi kiyishi, ayol o‘qituvchilar esa bir xil ro‘molda bo‘lishi lozim edi. Endilikda ular bir xil ruchka va bloknotlardan foydalanishga majbur qilinmoqda. Bu boradagi tafsilotlarni 17 fevral kuni Ozodlik radiosi turkman xizmatining Turkmanistondagi muxbiri ma’lum qildi.

"Ashxoboddagi 2-, 4- va 7- o‘rta maktablarning o‘qituvchilariga turkman gilami rangida bo‘lgan, har birining narxi 45 manat turadigan 5 dona ruchka va narxi 50 manat bo‘lgan yashil rangli bloknot sotib olish buyurildi", - deb xabar qildi Ozodlik muxbiri 17 fevralda. Manatning dollarga rasmiy kursi 3.5:1

Muxbirning aytishicha, yashil ruchkalar Turkiyadan olib kelingani bois Turkmanistonda juda ham qimmat turadi. «Turkmanistonda ruchka ishlab chiqarilmaydi, buyurtma asosida Rossiya, Turkiya va Xitoyda ishlab chiqariladi va shu mamlakatlardan olib kelinadi», - deya ta’kidlaydi muxbir.

Turkman gilamlari naqshi aks etgan yashil ruchka va bloknotlar majlislar vaqtida o‘qituvchilar yozib o‘tirishi uchun kerak bo‘ladi.

O‘qituvchilar uchun yashil ruchka va daftarlar ularning kiyimiga oid talablarga qo‘shimcha bo‘ldi. Turkmanistonda ta’lim muassasalari xodimlarining tashqi ko‘rinishi va kiyimlari, shuningdek, o‘quvchilarning kiyimi davlat tomonidan qat'iy nazorat qilinadi.

11 fevral kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning parlament deputatlari bilan uchrashuvi davlat televideniyesi orqali namoyish qilinar ekan, deputatlar boshqa amaldorlarning yashil ruchkalarda yashil daftarlarga nimalarnidir yozayotganini ko‘rish mumkin edi. Videolavhadan yashil ruchkalar egalarining maqomiga qarab bir-biridan farq qilishini ko‘rish mumkin.

Masalan, prezidentning qonun chiqaruvchilar bilan uchrashuvida Mejlis raisi Gulshat Mammedovaning ruchkasi ingichka va oddiy ruchka bilan qaydnoma yozayotgan deputatlarga nisbatan ancha chiroyli va kattaroq ekanini ko‘rish mumkin.

XS
SM
MD
LG